KAMQONLIKNI DIFFERENSIATSIYA QILISH
VA DAVOLASH
9-masala. 45 yoshli bemorda hayz ko‘rish natijasida kamqonlik paydo bo‘lgan (Nb—80 g/l, rang ko‘rsatkichi—0,7). Unga 1 tabletkadan 3 mahal gemostimulin ichish buyurilgan. Davolashning o‘ninchi kuni bemorning qornida og‘riq paydo bo‘lib, ko‘ngli aynigan va axlati qora rangga kirgan. Qon qayta tekshirilganda: Nb— 85 g/l, rang ko‘rsatkichi—0,8, qon zardobidagi temir miqdori—25,5 mkmol/l, retikulotsitlar—25%.
1. Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri?
a) bemorning oshqozon-ichagidan qon ketayapti;
b) kon zardobidagi, temir miqdori temir yetishmovchiligidan kelib chiqqan kamqonlikka o‘xshamaydi;
v) qon zardobidagi temir miqdori tanada to‘plangan haqiqiy temir miqdorini ko‘rsatmaydi.
g) bemorda gemolitik kamqonlik bor;
d) retikulotsitlarning ko‘payishi gemostimulin ichishga bog‘liq emas.
2. Bemorni qanday davolash kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |