8. MAVZU: FAVFQULOTDA VAZIYATLARDA FUQAROLAR VA XALQ XO`JALIGI SOHALARI OBYEKTLARINI HIMOYALASHNING QONUNIY HUQUQIY NEGIZI
Reja:
1. O`zabekiston Respublikasi fuqaro muhofazasining huquqiy asoslari.
2. O`zabekiston Respublikasida fuqaro muhofazasining roli va vazifalari.
3. O`zabekiston Respublikasi Prizendintining va Vazirlar mahkamasining fuqaro muhofazasi to`g`risidagi qonun va farmonlari haqida ma’lumot.
Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishining qonuniy asosalrini O’z. Res. Prezidentining farmonlari. O’z.Res qonunlari, vazifalari mahkamasining qarorlari va favqulotda vaziyatlar vazirligining ko’rsatma va buyruqlari tashkil etadi.
Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishning mohiyati va asosi. Bizga ma’lumki, XX asrning 60 yillaridan fuqaro muhofazasi tizimi faoliyat ko’rsatib kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush davrida, urush sharoitida mamalkat aholisini yalpi qig’rin qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida mamalakat aholisini xalq xo’jaligi obyektlarining barqaroro ishlashini ta’minlash hamda falokat o’choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o’z vaqtida samarali amalga oshirishdan iborat edi.
Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg’in qurollari emas, balki boshqa xavf xatarlar ham tahdid solib turadiki, ularni nazardan chetga qochirish also mumkin emas. Ular turli tabbiiy ofatlar, avariyalar, halokatlardir. Sodir bo’lib o’tgan bir nechta halokatlar (masalan Chernobil atom ekeltr stansiyasidagi avariya 25000 odamning yostig’ini quritgan, Spitak zilzilasi va boshqalar). Fuqaro muhofazasining o’rni va vazifalariga boshqacha ko’z bilan qarash kerak ekanligini ko’rsatib berdi. Fuqaro mudofaasi qo’shinlari bunday yirik ko’lamdagi ofatlarga qarshi kurashishga tayyor emas ekanligi, fuqaro mudofaasi vazifalari faqatgina harbiy davr chegarasida qolishligi mumkin emasligi, ular oldiga qo’yilgan vazifalar ko’lamini kengaytirish lozimligi ayon bo’lib qoldi. Endilikda fuqaro mudofaasi uchun avariya halokat va tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, avariya qutqaruv ishlarini olib borish bilan birga sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarni bashorat qilish vazifasi yetakchi rol o’ynashi lozim edi.
1990 – yillarda kelib yadro urushi xavfi kamayadi, biologik qurollardan foydalanish cheklab qo’yildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf qilindiki, ular odamlar uchun xavfli bo’lmay, balki xalq xo’jaligi obyektlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Bular hammasi fuqaro mudofaasi tizimi o’rnida yangi bir tizim tashkil qilishi lozimligini isbotlab berdi.
Statistik ma’lumotlarga nazar tashlasak, 1960 – yillarda yer yuzi aholisining 1,6% (har 62 kishidan biri) tabiiy ofat, avariya, falokatlardan jabrlanganligi, 1990 –yillarga kelib esa bu ko’rsatkich 3,5% (har 29 kishidan biri) ni tashkil etganligini ko’ramiz. Bu esa o’z navbatida yuqoridagi fikrlarni to’g’ri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Fuqaro mudofaasi o’rnini bo’lishi mumkin bo’lgan yirik ko’lamdagi favqulotda vaziyatlarga avvaldan tayyorgarlikni ta’minlovchi yangi maxsus davlat tizimi egalashi, bu tinchlik hamda urush davrida aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish lozim edi. Bu tizim aholini favqulotda vaziyatlarda muhofaza qilish va qutqaruv ishlarini o’tkazibgina qolmay, boshqa muhim tadbirlarni xavfli huduhlarni xaritalashtirish, seysmik mustahkam bino va inshootlarni ko’rish, qisqa, o’rta va uzoq muddatli bashoratlash ishlarini tashkil qilish va aholi tayyorgarligini amalgam oshirishi lozim edi.
Shu o’rinda yana bir masalani oydinlashtirib olishga to’g’ri keladi. Favqulotda vaziyatning o’zi nimaq Undan aholi va hududlarni muhofaza qilish deganda nimani ko’zda tutishimiz lozimq
Favqulotda vaziyat - odamlar qurbon bo’lishi, ularning sog’ligi yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishiga mumkin bo’lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa yoki boshqa tabiiy ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat.
Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatalardan muhofaza qilish favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari, tizimi, say-harakatlari majmui.
Favqulotda vaziyatlarning oldini olish, oldinda o’tkazilib, favqulotda vaziyatlar ro’y berishi, xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro’y bergan taqdirda esa odamlar sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitiga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi.
Favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish-favqulotda vaziyatlar ro’y berganda o’tkazilib, odamlar hayoti va sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulotda vaziyatlar ro’y bergan zonalarni olib, xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlar kompleksi.
Aholi va hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo’yilgan dadil qadamlardan biri-avval mudofaa vazirligi qoshida fuqaro mudofaasi va favqulotda vaziyatlar boshqarmasining, so’ngra esa, shu boshqarma negizida O’z.R Prezidentining 1996 - yil 4 - martdagi PF -1378 farmoni bilan favqulotda vaziyatlar vazirligining tashkil etilishi bo’ldi.
Farmon bilan favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini muhofaza qilish shuningdek tinchlik va xarbiy davrda favqulotda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikni asosiy vazifalaridan biri deb belgilanadi.
Aholi va xalq xo’jaligi obeklarini muhofaza etishni taminlashga raxbarlik qilish Respublikada O’z.R bosh vazirining 1 - o’rinbosari favqulotda vaziyatlar vaziriga yuklatildi. Farmonning ushbu bandiga O’z.R. Prezidentining 1998 - yil 11- dekabrdagi FV 2153 - farmoni bilan o’zgartirish kiritilib O’z.R. aholi va xalq xo’jaligi obektlarini muhofaza etishni ta’minlashga raxbar etib O’z.R. bosh vaziri belgilandi.
Favqulotdda vaziyatlardan muhofaza qilish soxasidagi Uz. R. qonunlari.
Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o’rindadir. Asosiy qomusimiz bo’lgan O’z.R. konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati salomatligi tashkil etadi. Insonning xayoti yashashga bo’lgan xuquqi konstitutsiya bilan muhofaza qiladi. Asosiy qomusimizda xavfsizlik fuqorolar muhofazasi masalalariga ham o’rin berilgan. O’z.R. Prezidenti konstitutsiyasining 93- moddasida shunday deyiladi: O’z.R.Prezidenti favqulotdda vaziyatlar ( real tashqi xalq, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat,epedemiya) yuz bergan taqtirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko’zlab O’z.R.ning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulondda holat joriy etadi, qabul qilingan qarorini 3 kun mobaynida O’z. R.Oliy majlisining tastig’iga kiritiladi. Favqulotdda holat joriy etish shartlari va qonun bilan belgilanadi.
Oliy majlisning vakolatlariga O’z R. Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulotda holat joriy etish va uning muddatini uzaytirish,va to’xtatish to’g’risidagi farmonlarni tasdiqlash kiradi. So’ngi yillarda oily majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini kafolatlovchi fuqarolar mas’ulyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zamini belgilovchi bir nechta qonunlar qabul qilindi. “Yo’l harakati xafsizligi to’g’risidagi”, “Gidrotexnika inshootlarining xafsizligi to’g’risida”, “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning oldini olish to’g’risida“, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogin xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”, “Fuqoro muhofazasi to’g’risida“, “Qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilish to’g’risida”, “Radiatsiyon xavfsizlik to’g’risida“, “Terrorizimga qarshi kurash to’g’risida “gi qonunlar shular jumlasidandir. Yuqorida sanab o’tilgan qonunlar ichida 1999 – yil 20 – avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonun favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri hisoblaniladi.
Ushbu qonun aholi va hududlarni tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek favqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararni kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi ham amalga oshiradi;
Aholini va hududlarni favqulotda vaziyatlarda muhofaza qilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
O’z vakolati doirasi vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqorolar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qilinadi;
Boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarning favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo’lishini tashkil etadi,
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshqaruvni amalga oshiradi, boshqaruv punktlarilari xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi;
Favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib
bo’lmaydigan boshqa ishlar o’tkazilishini tashkil etadi;
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlar bo’yicha loyihalar va qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi o’tkazilishida ishtirok etadi;
Qonun hujjatlariga muofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |