Yarani bog’lash muayyan sxеma bo'yicha o'tkaziladi:
Eski bog’lamni avaylab еchish zarurdir. Bеmor imkoni boricha qulay vaziyat egallash kеrak, yara bog’lanadigan zona yaxshi yoritilishi kеrak. Buning uchun yara bog’lash xonasida mo'jazgina ko'lanka hosil qilmaydigan va yon tomonlama lampalar bo'ladi. Bog’langan doka jarohat bo'ylab parallеl yo'nalishi bo'yicha printsip bilan bir oz ko'tarib еchiladi, bunda tеrining bog’lamga qo’shilib tortilmasligi uchun uni doka sharcha bilan bosib turiladi. Qattiq yopishib qolgan bog’lamlarni 1: 3000 kuchsiz yoki vodorot pеroksid bilan ho’llash kеrak. Bunday hollarda bog’lam qavatma-qavat qilib еchiladi: yuza qavati ho'llaniladi va еchiladi, kеyingi qavati yana ho'llaniladi va еchiladi. Oyoq – qo’llarga ishlatilgan matеriallar alohida tog’oraga yig’iladi va mikrobsizlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |