35-rasm. Kalistov usulida sun’iy nafas berish
| Narkoz qaysi usulda berilishidan kat’i nazar, narkotizator stolchasini tayyorlab, bemor yotgan operatsiya stolining bosh tomoniga qo‘yadi. Stolchada quyidagilar: 2-3 flakon efir, efirni tomchilab quyish uchun maxsus shisha idish kapelnitsa, tiltutqich, og‘iz kengaytirgich, sterillangan shprits va ninalar, korntsang, efir flakonini ochish uchun shtopor yoki pichoqcha, fonendoskop yoki stetoskop, sterillangan sharik va salfetkalar, qusishda ishlatiladigan idish, har xil qisqichlar, traxeotomik naychalar bo‘ladi. Bulardan tashqari, kamfora, kofein, lobelin, adrenalin, efedrin, strixnin, digalen eritmalari, vazelin hamda yostiqchalarda kislorod taxt turishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |