2.4..Uslubiy ko‘rsatmalar
l. Buyruqlar, odatda, ogohlantiruvchi va ijro etuvchi buyruqlarga bo‘linadi: «QADAM BOS!», «ORTGA!» va h.k. Ijroning o‘zidan iborat buyruqlar ham bor: «TEkISLAN!», «ROSTLAN!» va boshqalar. Biroq, bu buyruqlar berilishdan oldin o‘qituvchi ba’zi hollarda talabalarning diqqatini ijro buyrug‘iga qaratish uchun «bo‘lim», «guruh», «diqqat», «ketma-ket» va h.k. so‘zlarini ishlatadi. Masalan, «Guruh, ROSTLAN!», «ketma-ket TO‘XTA!»
Ogohlantiruvchi buyruq tushunarli, baland ovoz bilan va talabalar qanday harakat qilishlari lozimligini tushunib yetib, shunga shaylanishlari uchun biroz cho‘zibroq aytiladi. Ijro buyrug‘i lahzalik tanaffusdan keyin qisqa va qat’iy beriladi.
Buyruqlarni berish chog‘ida ovoz hamda ogohlantiruvchi va ijro buyruqlari o‘rtasidagi uzilish safning katta-kichikligiga mos bo‘lishi lozim: saf qanchalik katta bo‘lsa, ogohlantiruvchi buyruq shunchalik cho‘zib aytiladi, ogohlantiruvchi va ijro buyruqlari orasidagi uzilish kattaroq bo‘ladi, ijro buyrug‘i balandroq ovoz bilan aytiladi.
Harakatni boshlash uchun xizmat qiladigan ijro buyrug‘i bo‘la- jak harakatlar ifodasiga mos ravishda talaffuz etilishi kerak. Masalan, tez sur’atli yugurishdan oldin buyruqni baland ovoz bilan va qisqaroq berish zarur bo‘lsa, barcha talabalar buyruqni birdaniga bajara olmaydigan sekin sur’atli harakatlarni boshlash uchun esa buyruqni baland ovoz bilan va biroz cho‘zib aytish zarur. Shuni esda tutish kerakki, buyruq baland ohangda berilishi shart. Tovush kuchini ham to‘g‘ri o‘zgartirib turish lozim. Buyruq zaruratga mos ravishda baland yoki past berilishi mumkin. O‘rinsiz past va shuningdek, juda baland ovoz orqali buyruqlar qo‘llanilmasligi darkor.
O‘qituvchi tik holatda buyruq berishi kerak.
Har bir ogohlantiruvchi buyruqda talabalar «QOMATNI ROSTLA!» holatini qabul qiladilar, shuning uchun bu buyruqni tez-tez beravermaslik kerak (ayniqsa, umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘tayotganda). Agarda «ROSTLAN!» buyrug‘i berilgan bo‘lsa, u o‘rinlatib bajarilishi kerak.
Ayrim hollarda buyruqlarning o‘rniga topshiriq bermoq maq- sadga muvofiqdir. Agar talabalar buyruqqa ko‘ra, ma’lum dastlabki holatda, belgilangan usul bilan baravariga biror harakatni bajarish- lari kerak bo‘lsa, topshiriq bo‘yicha esa hisobga kirmagan harakatlarni bir qancha boshqa usullar bilan bajarishga ruxsat etiladi. Masalan, polda o‘tirgan guruh uchun «CHAP-GA!» buyrug‘ini berish o‘rniga «CHAP-GA buriling» deb topshiriq berish ma’qulroq.
Qayta saflanish uchun buyruqlar berishda uning qismlari izchilligiga rioya qilish zarur:
safning nomi;
harakat yo‘nalishi;
d) bajarish usuli aytiladi. Masalan, bir ketma-ket qatordan to‘rt ketma-ketga qayta saflanish uchun buyruq quyidagicha beriladi: «Chap (o‘ng)ga ketma-ketga to‘rttadan QADAM BOS!». Yurib ketayotganda, agar harakat yo‘nalishi o‘zgarmasa, buyruq aytilmaydi. Agar yurib ketayotgan guruh uchun qayta saflanish buyrug‘i beriladigan bo‘lsa, u holda «QADAM BOS!» so‘zi tushirib qoldiriladi.
Orani ochishda buyruqning ayrim qismlari quyidagicha takrorlanadi:
yo‘nalishi;
oraliqning katta-kichikligi;
d) bajarish usuli aytiladi. Masalan, «Chapga ikki qadam bilan JIPSLAN!».
Saf mashqlarining turli harakatlarini o‘rgatayotganda ko‘rsatish, tushuntirish talabalarni oldin guruhchalarga bo‘lib o‘rgatiladi. Ushbu harakatlarni bajarish, ko‘rsatish, tushuntirish usuli birga qo‘shib olib boriladi va keyinchalik bu harakatlar butun guruh bilan bajariladi. Murakkab saf mashqlarini bo‘laklarga bo‘lib o‘rgatish kerak. Bunda har bir harakatni bajarish uchun alohida buyruq beriladi.
Masalan, bir qatordan ikki qatorga qayta saflanish uchun ikkinchi tartib raqamlilarga quyidagi buyruqlar beriladi:
«Ortga chap oyoq bilan, BIR!».
«Yonga o‘ng oyoq bilan, IkkI!».
d) «Chap oyoqni qo‘yib, UCH!».
Ushbu harakatlarni bo‘laklarga bo‘lib o‘rgatganda talaba o‘z harakatlarini ongli ravishda bajarsa, uni uzoq esda saqlab qoladi.
O‘qituvchi esa navbatdagi buyruqni berishdan oldin talabalar yo‘l qo‘ygan xatolarni ko‘rsatib o‘tadi. Turgan joyda va yurib ketayotganda burilishlarni, bir ketma-ketdan yoki qatordan ikki ketma-ket yoki qatorga qayta saflanish, shaxdam qadam va joydan joyga ko‘chishning boshqa turlari, juftlama qadam bilan orani ochishni bo‘laklarga bo‘lib o‘rgatishni tavsiya qilamiz.
O‘rgatishni mashg‘ulotga eng zarur bo‘lgan saf mashqlaridan boshlash kerak. Avvalo, saflanishlar, saf usullari, joydan joyga ko‘chish usullari va nihoyat, orani ochish va yaqinlashtirish o‘rganiladi. Ayrim saf usullarini talabalar bilan juft-juft bo‘lib o‘tkazish mumkin, bunda talabaning biri buyruq beradi, ikkinchisi uni bajaradi.
XULOSA
Saf mashqlari - bu shug`ullanuvchilarning ma‘lum bir safda birgalikda yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg`ulotni tashkil etish marom va sur‘at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi, jamoa bo`lib mehnat qilish malakalari shakllantiriladi.Bu mashqlar kishi qaddi-qomatini to`g`ri shakllantirish vositasi hamdir. Saf mashqlari aniq ijro etilishiga bo`lgan talabchanlik, intizomlilik va uyushqoqlikni tarbiyalaydi.
Saf mashqlari to`rtta guruhga bo`linadi:
Saf usullari.
Saflanish va qayta saflanish.
Joydan - joyga ko`chish.
Orani ochish va yaqinlashtirish.
Saf - shug`ullanuvchilaming birgalikda harakatlanishi uchun belgilan-gan qoidaga ko`ra joylanishidir. Mashg`ulotda safni o`qituvchi va talabalargumh xalfasi, o`quv bo`linmalarining boshliqlari va navbatchilar odatda yoki belgilangan signal bilan beriladigan bevosita buyruq va topshiriqlar orqali boshqaradilar.
Zich saf - shug`ullanuvchilaming qatorda bir-biridan kaft kengligida (tirsaklar o`rtasi) oralig`ida yoki ketma-ket qatorda bir-biridan oldinga uzatilgan qo`l uzunligidagi masofada joylashgan safdan iborat.
Orasi ochiq saf - shug`ullanuvchilaming qatorda bir qadam yoki o`qituvchi belgilagan oraliqda joylanishidan iborat safdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |