51
Masofaviy ta’limning asosiy texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
INTERAKTIV texnologiyalar:
1. Internet masofaviy ta’lim portali.
2. Video va audio konferentsiyalar.
3. Elektron pochta orqali ta’lim.
4. Internet orqali mustaqil ta’lim olish.
5. Uzoqdan boshqarish sistemalar.
6. Onlayn simulyator va o‘quv dasturlar.
7. Test topshirish sistemalari.
8. INTERAKTIV bo‘lmagan texnologiyalar:
9. Video, audio va bosmaga chiqarilgan materiallar.
10. Televizion va radio ko‘rsatuvlar.
11. Disklarda joylashgan dasturlar.
Video va audio konferentsiyalar - bu Internet va boshqa
telekomunikatsion
aloka
kanallari
yordamida
ikkita,
uzoqlashgan
auditoriyalarni telekommunikatsion holatda bir biri bilan bog‘lab ta’lim olish
yo‘li. Video va audio konferentsiyalar uchun katta xajmda maxsus texnika,
yo‘qori tezlikga ega bo‘lgan a’loka kanali va o‘qitishni tashkil qilish uchun
xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni jalb etish kerak bo‘ladi.
Internet orqali mustaqil ta’lim olish - bu Internetda joylashgan ko‘pgina
saytlarda joylashgan katta xajmdagi ma’lumotlar ustidan mustaqil ravishda
ishlash va yangi bilimlar olish yo‘li. Elektron pochta orqali ta’lim esa eng
ommaviy Internet xizmatlaridan foydalanib, o‘quvchi va o‘qituvchi urtasida
xatlar orqali mulokot urnatib ta’lim olish yo‘li. U yordamida har xil test, vazifa,
savol-javob va ko‘rsatmalarni (matn, grafika, multimediya, dasturlar va boshqa
kurinishida) junatib kabul qilishimiz mumkin.
Uzoqdan boshqarish sistemalar - murakkab dastur, sistema va
uskunalarni
real holatda boshqarish va ularda ishlash imkoniyatlarini yaratuvchi maxsus
sistemalar yordamida bilim olish yo‘li. Uzoqdan boshqarish sistemalarning
asosiy vazifasi o‘quvchiga fakatgina amaliy bilimlarni berish.
Simulyator, elektron darsliklar va o‘quv dasturlar - bu asosan nazariy va
amaliy bilimlarni kompyuter dasturlari orqali o‘quvchilarga off-layn holatida
olish yo‘li. Simulyator va elektron dasrliklar hozirgi kunda ta’lim sohasida juda
keng qo‘llanilyapti.
Test topshirish sistemalari - bu maxsus dasturlar yordamida o‘quvchilarning
amaliy va nazariy bilimlarni tekshirish ing asosiy vazifasi bu talabalar
bilimlarini tekshirib ularni baxolash.
Internetning masofaviy ta’lim portali bu maxsus Internet saytlar (onlayn
resurslar). Ush bu saytlarning asosiy vazifasi - ta’lim jarayonini tashkil qilish,
52
yoki boshqa so‘zlar bilan o‘quvchi va o‘qituvchi urtasida elektron on-layn
mulokotni urnatish, o‘qituvchilarga o‘quv materiallarni joylashtirish va
o‘quvchilarga shu ma’lumotlar bilan hamda boshqa masofaviy ta’lim
servislardan foydalanishga imkoniyat yaratish.
IDC (http://www.idc.com) kompaniyaning ilmiy izlanish natijalari buyicha,
global onlayn-ta’lim bozori 2000 yilda 2,2 milliard AQSh $ ga teng bo‘lsa,
2005 yilga kelib jaxonda ta’lim sohasiga tegishli internet-dasturlar 18.5
milliard AQSh $ ga teng sotilishi kutilmoqda.
Nielsen-NetRatings kompaniyaning izlanishlari natijasida, 2000 yil mart oyida
Internet foydalanuvchilar soni 379 mln. ga teng bo‘lgan bo‘lsa ulardan 211
mln. internetning aktiv foydalanuvchilari. Ushbu kompaniya ma’lumotlariga
kura eng aktiv foydalanuvchilar Janubiy Koreyada joylashadilar - bir oyda
2164 Web sahifani ko‘rib chikishadi (dune buyicha urtacha 774 Web sahifa).
Undan keyingi urinlarda Singapur, Germaniya, Yaponiya va Kanada
mamlakatlari turishadi. AQSh esa 7 urinda.
2005 yilga Internet foydalanuvchilar soni 1 milliardga teng bo‘lishi
kutilmoqda. 135 million AQSh fukorolari Internet xizmatlaridan doimiy
foydalanmoqda bo‘lib, 2002 yildagi har bir ishlatilgan dollarning yarimi
Internet orqali ishlatilgan.
Masofaviy ta’limni jarayonida quyidagilar qatnashishi shart, bular -
masofaviy kurs avtori, metodist, o‘qituvchi (tyutor, koordinator), ruxshunos,
administrator, dokumentovod, telekommunikatsiya va dasturiy ta’minot
gruppasi hamda o‘quvchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: