39
Yangi axborot texnologiyalarining telekonferentsaloqa va videotelefon
vositalari o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida ikki tomonlama aloqani o‘rnatish
imkonini ta’minlaydi. Bunda bir vaqtning o‘zida videotasvirlarning, ovoz va
grafiklarning 2 tomonlama uzatilishi amalga oshiriladi. Bularning barchasini
mijozning (o‘qituvchi va talabalar) har bir monitori ekranida 3ta oynada bir
vaqtda kuzatish mumkin. Katta auditoriyada guruhli mashg‘ulotlar davomida
monitordagi tasvirni katta ekranda suyuq kristalli yoki boshqa proektsiya
qurilmalari yordamida namoyish qilish mumkin. Bitta ish joyining qurilmaviy-
dasturiy jihozlanish talablari: kompyuter, monitor, printer, videokamera, mos
dasturiy ta’minot, klaviatura, manipulyatorli sichqoncha, modem.
Videotelefonlar
videokonferentsaloqadan
o‘lchamning
chegaralanganligi va vizual axborotni namoyish etish sifati va kompyuter
ilovalarini real vaqtda ishlatish imkoni yo‘qligi bilan farq qiladi. Bu
sinf yangi
axborot texnologiyalarining didaktik xossalari tasvir, ovoz, grafikani real
vaqtda uzatish imkoni va talabalarga o‘quv maqsadlari uchun ko‘rsatish
imkonini o‘z ichiga oladi. Bu xossalar o‘qitishning an’anaviy shaklida tuzilgan
ma’ruza, seminar va nazorat tadbirlarini o‘quv jarayonida to‘la holicha qo‘llash
imkonini beradi.
Masofaviy ta’lim (MT) - bu o‘qituvchi va o‘quvchi bir biri bilan masofa
yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan
ta’lim turi. Bu ta’lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim
tashkil qilinishiga sabab bo‘lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik
sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar
mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish
darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta’lim
uchun
mutaxasislar mavjudligi, ta’lim sohasida informatsion va
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta’lim
sohasidagi odatlari.
1) Birlamchi model. Ushbu model fakat masofaviy o‘quvchilar bilan ishlash
uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual o‘qituvchiga biriktirilgan
bo‘lishadi. Konsultatsiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa
regional bo‘limlar bo‘lishi shart. Shunday o‘quv kurslarda o‘qituvchi va
o‘quvchilarga o‘quv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va
ozodliklar beriladi.
Bu modelga misol qilib Buyo‘q Britaniyaning Ochik Universitetidagi
(http://www.ou.uk) ta’limni olish mumkin.
2) Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim o‘quvchilar
bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruxda bir xil o‘quv dasturi va darslar
jadvali, imtixonlar va ularni baxolash mezonlari mavjud. Shunday o‘quv
40
muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga karaganda ko‘p.
Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yunalishlarni
izlanishlarida qo‘llaniladi.
Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi
(http://www.une.edu.au) ta’limni olish mumkin.
3) Aralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim turlirini
integratsiyalashtirish uchun yaratiladi. O‘quvchilar o‘quv kursning bir qismini
kunduzgi, boshqa qismini esa masofadan o‘qiydi. Shu bilan birga bu ta’lim
turiga
virtual seminar, prezentatsiyalar va lektsiyalar utkazish ham kiradi.
Bu modelga misol qilib Yangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi
(http://www.massey.ac.nz) ta’limni olish mumkin.
4) Konsortsium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashini
talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o‘quv kurslarni tashkil qilib ishini
ta’minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiqlab, kurslarga o‘quvchilarni ta’minlaydi.
Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas balki bitta kafedra yoki
markazi yoki universitet urnida ta’lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham
qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o‘quv kurslarni doimiy ravishda nazorat
qilish va muallif huquqlarini tekshirish zarur bo‘ladi.
Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochik O‘quv Agentligidagi
(http://www.ola.bc.ca) ta’limni olish mumkin.
5) Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan uzlari
yaratgan o‘quv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta’lim sohasida yetakchi
bo‘lgan o‘quv muassasa bu sohada ilk qadam kuyadigan muassasaga o‘zining
o‘quv kurslarni takdim qiladi. Ushbu modelda ikkala muassasa o‘quvchilari bir
xil ta’lim va diplomlar olishadi.
Bu modelga misol qilib Ochik Universitet Biznes maktabi va Sharkiy
Yevropa Universitetlari bilan bo‘lgan hamkorligi bo‘lishi mumkin.
6) Validatsiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan bo‘lgan
munosabatlariga o‘xshash. Bu modelda bitta universitet o‘quv o‘,
diplomlarlarni kafolatlasa, kolgan bir nechta universitetlar o‘quvchilarni
ta’minlaydi.
7) Uzoqlashgan auditoriyalar. Ushbu modelda informatsion va
kommunikatsion imkoniyatlar keng foydalaniladi. Bitta o‘quv muassasada
bo‘lib utgan o‘quv kurslar videokonferentsiyalar, radiotranslyatsiyalar va
telekomunakatsion kanallar orqali sinxron telekursatuvlar kurinishida boshqa
auditoriyalarga uzatiladi. Aralashgan model bilan farqi shundaki, bu modelda
o‘quvchilar kunduzgi ta’limda qatnashmaydi.
Bu modelga misol qilib AQShning Viskonsing Universitetidagi va Xitoyning
markaziy radio va televidenie Universitetidagi ta’limni olish mumkin.