Navoiy davlat pedagogika instituti fizika matematika fakulteti informatika o


Baho  Talaba bilimi va malakasiga talablar



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/173
Sana14.07.2021
Hajmi2,98 Mb.
#119153
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   173
Bog'liq
MARUZA-MATN-Masofaviy-123

Baho 
Talaba bilimi va malakasiga talablar 

A’lo 
Talaba  test  savollarining  90%dan  yuqorisiga  to‘g‘ri  javob  berganda. 
Test savollari joriy semestrdagi mavzularning barchasini qambrab olgan 
bo‘lishi lozim va talaba test materiali mohiyatini to‘la tushunib yetgan 
bo‘ladi,  ijodiy  fikr  yuritadi,  mustaqil  mushohada  qiladi,  nazariy 
bilimlarni  amalda  qo‘llaydi,  xulosa  va  qarorlar  qabul  qilishda  faol 
bo‘ladi, test material bo‘yicha to‘la tasavvurga ega deb topilganda. 

Yaxshi 
Talaba test savollarining 89,9%dan 70%gachasiga to‘g‘ri javob berishi 
lozim.  Test  savollari  joriy  semestrdagi  mavzularning  barchasini 
qambrab  olgan  bo‘lishi  lozim  va  talaba  test  materiali  mohiyatini 
tushunib yetgan bo‘ladi, test savollariga javob berishda o‘zining fikr va 
mulohazalariga tayanadi, nazariy bilimlarni amaliy ahamiyatini anglab 
yetgan  bo‘ladi,  test  material  bo‘yicha  yaxshi  tasavvurga  ega  deb 
topilganda 

Qoniqarli 
Talaba test savollarining 69,9%dan 60%gachasiga to‘g‘ri javob berishi 
lozim.  Test  savollari  joriy  semestrdagi  mavzularning  barchasini 
qambrab  olgan  bo‘lishi  lozim  va  talaba  test  material  mohiyatini 


165 
 
tushungan  bo‘ladi,  nazariy  bilimlarni  amaliy  ahamiyatini  anglagan 
bo‘ladi, test material bo‘yicha o‘rtacha tasavvurga ega deb topilganda 

Qoniqarsiz 
Talaba test savollarining 59,9%dan kamiga to‘g‘ri javob berganda. Test 
savollari  joriy  semestrdagi  mavzularning  barchasini  qambrab  olgan 
bo‘lishi  lozim  va  talaba  test  savollarga  javob  berishga  qiynaladi, 
material  mohiyatini  tushunmaydi,  tasavvuri  sayoz  bo‘ladi,  nazariy 
bilimlarni  amaldagi  ahamiyatni  anglab  yetmaydi,  test  savollarni  kattf 
qismiga javob bera olmaydi deb topilganda 
Yakuniy  nazorat  turini  o‘tkazish  va  mazkur  nazorat  turi  bo‘yicha  talabaning  bilimini 
baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. 
Tegishli  fan  bo‘yicha  o‘quv  mashg‘ulotlarini  olib  borgan  professor-o‘qituvchi  yakuniy 
nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. 
Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining 
tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin. 
Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini o‘tkazilishi tegishli oliy ta’lim muassasasining 
ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Bunda nazorat 
turlarini  o‘tkazilish  tartibi  buzilganligi  aniqlangan  hollarda,  o‘tkazilgan  nazorat  turlarining 
natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin. 
Yakuniy  nazorat  turiga  kirmagan  yoki  kiritilmagan,  shuningdek  ushbu  nazorat  turi 
bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 
Nizomning  23  –  bandiga  asosan,  talaba  uzrli  sabablarga  ko‘ra  yakuniy  nazorat  turiga 
kirmagan taqdirda ushbu talabaga  yakuniy nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining 
farmoyishi asosida ruxsat beriladi. 
Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish kamida 2 kun oralig‘ida belgilanishi lozim. 
Yuqorida  kelitirib  o‘tganimizdek,  bitiruvchi  kurs  bo‘lmagan  talabalar  kuzgi  semestr 
natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan hollarda talabaga 
bir oygacha, bahorgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi 
bo‘lgan  talabaga  tegishli  fan  (fanlar)  bo‘yicha  oralik  va  (yoki)  yakuniy  nazorat  turlarini  yangi 
o‘quv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.  
Bitiruvchi  kurs  talabalariga  bahorgi  semestr  natijalari  bo‘yicha  o‘zlashtirmagan  fandan 
(fanlardan)  qayta  topshirish  uchun  yakuniy  davlat  attestatsiyasi  boshlangunga  qadar  ruxsat 
beriladi. 
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta topshirishga 
ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorning buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi. 
Talabaga yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba 
tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Talaba  yakuniy  nazorat  turini  birinchi  marta  qayta  topshirishdan  o‘ta  olmagan  taqdirda, 
fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-
o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. 
Ikkinchi  marta  yakuniy  nazorat  turini  o‘tkazish  va  talabani  baholash  mazkur  komissiya 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo‘yicha 
fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini xabardor qiladi va ushbu talaba rektor 
buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi. 


166 
 
Baholash natijasidan norozi bo‘lan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan 
Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berishhuquqiga ega. 
Apellyatsiya  komissiyasi  tarkibga  talabani  baholashda  ishtirok  etmagan  tegishli  fan 
professor-o‘kituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi. 
Talaba  baxolash  natijasidan  norozi  bo‘lgan  taqdirda,  baholash  natijasi  e’lon  kilingan 
vaqtdan  boshlab  24  soat  davomida  apellyatsiya  berishi  mumkin.  Talaba  tomonidan  berilgan 
apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida kurib chiqilishi lozim. 
Talabaning apellyatsiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. 
Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha 
tegishli  qaror  qabul  qiladi.  Qarorda  talabaning  tegishli  fanni  o‘zlashtirgani  yoki  o‘zlashtira 
olmagani ko‘rsatiladi. 
Apellyatsiya  komissiyasi  tegishli  qarorni  fakuљtet  dekani  va  talabaga  yetkazilishini 
ta’minlaydi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish