K I R I SH.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 12-
noyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining qo`shma majlisidagi ma’ruzadan kelib chiqqan vazifalar belgilab olindi,
hamda unlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ta’lim sohasida
bir qator vazifalarni bajarish asosiy vazifalar hisoblanadi. Ma’ruzada O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2010 yil 28 iyuldagi “Тa’lim muassasalarining
bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo’shimcha chora –
tadbirlar to’g`risida”gi Farmonni shuningdek O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2009 yil 15 maydagi “Тadbirkorlik faoliyatini yanada qo’llab-
quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g`risida” O’zbekiston Respublikasi
qonunining 5-moddasiga o’zgartirish kiritish haqidagi loyihasi ko’rib chiqldi.
Ushbu qonuning asosiy maqsadi ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini
tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishdan hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada qo’llab-
quvvatlash va rivojlantirishdan iborat ekanligi qayd etildi.
Ushbu qonun bilan “Тadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunida mikrofirmalar va kichik
korxonalar tomonidan mamlakatimizdagi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar
va oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchilar bilan mehnat shartnomalari tuzilganda
band xodimlarning o’rtacha yillik soni qonun hujjatlar bilan belgilab qo’yilgagn
cheklangan normativdan ko’pi bilan 20% oshirilgan hollarda mikrofirmalar va
kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, kafalatlar va huquqlar
saqlanib qoladi. Bunda ishlovchilar soninig oshib ketishiga bitiruvchilar
O’zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy ta’lim
muassasalarini tomolaganlaridan keyin o’tgan uch yildan oshmasligi sharti bilan
belgilab qo’yilgan. (1)
Mazkur qonunning qabul qilinishi mikrofirmalar va kichik korxonalarni
yanada rag`batlantirishi hamda rivojlantirish, ularning iqtisodiyotdagi ulushini
oshirish, ular tomonidan yangi ish o’rinlarini yaratish, kasb-hunar kollejlari,
akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish,
ularninghuquq va manfaatlarini himoya qilishni kafolatlashga yordam beradi.
Тa’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va
jihozlashning byudjetdan tashqari jamg`armasini tashkil etish yo’li bilan
umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasab-hunar kollejlarini kapital
rekonstruksiya qilish va ta’mirlashni, mebel, zamonaviy kompyuter texnikasi va
o’quv–laboratoriya uskunalari bilan jihozlashni moliyalashning ishonchli va
doimiy manbalarni yaratish nazarda tutiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish
Davlat umummiliy dasturining amalga oshirilish natijasida 1 ming 536 ta
akademik litsey va kasb-hunar kolleji, umum ta’lim maktablarining qarib 9
mingtasi 1800 dan ortiq sport zali na’munaviy loyhalar asosida barpo etildi.
Ushbu o’quv muassasalarining moddiy texnika ba’zasini muntazam yangilab
borish, tizimli asosda zamonaviy kompyuter texnikasi, o’quv –laboratoriya
uskunalari, mebel va o’quv anjomlari bilan qayta jihozlash ularni talab darajasida
saqlash hamda yaratilgan salohiyatdan samaraliy foydalanish vazifalari qo’yildi.
Shu bilan birga zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli va
keng formatli telekommunikatsiyalar, internetni nafaqat maktab, litsey, kollej va
oliy o’quv yurtlariga joriy qilish harakatlari bugungi kunda tobora kuchayib
bormoqda. Zamonaviy aloqa va axborot texnologiyalari tizimini keng ko’lamda
rivojlantirish mamlakatimiz va jamiyatimizning taraqqiyot darajasini belgilaydigan
asosiy mezonlardan biri bo’lib xizmat qilish kerak.
Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi,
raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini
o‘zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg‘or
yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o‘quv yurtlariga, balki har qaysi
oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug‘dirishning ahamiyatini chuqur
anglab olishimiz lozim. Ayni paytda kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarini
bitirib chiqayotgan yoshlarimiz egallayotgan eng zamonaviy bilim va
ko‘nikmalarni amalda joriy etishi uchun
Do'stlaringiz bilan baham: