Navoiy davlat pedagogika instituti fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi



Download 310,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana29.05.2022
Hajmi310,56 Kb.
#618614
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jismoniy tarbiya soglom bolalikning asosiy omili

65 dan 85-90 tagacha.
Bu ko’rsatkich ayrim bolalarda nafas olish va 
chiqarish organlariga bog’liq bo’ladi. Turli xududda yashayotgan bolalarning yurak 
qon tomirlarining urishi turlicha bo’ladi, chunki tog’li hududlarda yashayotgan 
bolalar o’rtacha tekislik hududlarida yashayotganlardan farq qiladi. 
Bolalar sportini rivojlantirish va yuksak mahoratli kadrlar tayyorlashda 
jismoniy madaniyat va sport mutaxassislarining alohida o’rni bor. CHunki yosh 
bolalarning sportga bo’lgan qiziqishlarini anglagan holda ularni sport turlariga 
yo’naltirish vazifasi mutaxassis kadrlar tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston 
Respublikasida jismoniy madaniyat va sport sohalarida mutaxassislar tayyorlash 
masalasiga katta e’tibor berilayotganligi bejiz emas, albatta. «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi» (1997 yil 27-avgust) qabul qilinganligi, so’zsiz kadrlar tayyorlashning 
sifatini yaxshilashga qaratilgan. O’zbekiston Respublikasi jismoniy madaniyat va 
sport mutaxassislarini tayyorlash borasida O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya 
oliygohi jismoniy madaniyat fakulteti, Olimpiya zahiralari kasb-hunar sport 
kollejlarining salmog’i katta bo’lib, ularda har yili 1000 dan ortiq jismoniy madaniyat 
va sport mutaxassislari tayyorlanmoqda. Bu bilim dargohlarida umumta’lim 
maktablarida jismoniy madaniyat o’qituvchilari, sport murabbiylari va darsdan 
tashqari vaqtlarda ommaviy sport tadbirlarini o’tkazadigan mutaxassislar 


tayyorlanadi. Jismoniy madaniyat o’qituvchilarining faoliyati ko’p qirrali bo’lib, ular 
bir kechada 24 soat bo’lsa, shundan 15-16 soatini o’quvchilar bilan o’tkazadilar. 
SHuning uchun ham, o’quvchilar jismoniy madaniyat o’qituvchisi bilan 
kommunikativ aloqalar orqali musobaqalashib bormoqda. Masalaning boshqa tomoni 
shundaki, jismoniy madaniyat darslarida olgan bilimlarini sinfdan va darsdan tashqari 
vaqtlarda 
sport 
to’garaklariga 
qatnashib 
mukammallashtirib 
turishlari 
o’quvchilarning sport mahoratlari oshirishga ko’maklashib boradi. Bunda ham 
jismoniy madaniyat o’qituvchisining katta ahamiyati bor.
Jismoniy madaniyat va sport mutaxassislari tayyorlayotgan bilim maskanlarida 
katta ma’suliyat yuklatiladi. CHunki keyingi yillarda viloyat, shahar va tuman 
qishloqlarida istiqomat qilayotgan bolalarni har tomonlama bilimli qilib tarbiyalash 
masalasi dolzarblik kasb etdi. Buning uchun jismoniy madaniyat mutaxassislari 
tayyorlash jarayonida, qishloqlarda yashayotgan bolalar xususiyatlarini hisobga olish, 
imkoniyati bo’lgan maktablar jismoniy madaniyat darslarini o’tishga bog’liq bo’lgan 
bilimlarini mutaxassislarga o’rgatib berishlari kerak. Aks holda mashqlarni hamma 
umumiy tarzda olib borgan bilan maqsadga erisha olmaydi. Bugungi kunda bolalar 
sportini rivojlantirishga e’tibor berilayotgan bo’lsa-da, bunday holat hozirgi zamon 
talabiga javob bermaydi. Kadrlar o’z ishiga sodiqlik bilan xizmat qilmasalar, bu soha 
muammoligicha qolaveradi. Fidoyi deganda o’z kasbini va ishini sevgan holda 
tinimsiz ish olib borishni ko’ramiz va eng avvalo turli tumanlarda g’olib bo’lgan 
o’quvchilarning milliy xususiyatlarini yaxshi o’rganib, ularni jismoniy tayyorgarligi, 
hususiyatlariga qarab mashqlarni me’yorlab borish maqsadga muvofiq. Organizm 
o’zining tez o’sishi bilan farq qiladi. SHuning uchun tez sur’atlar bilan rivojlangan 
organizm mashqlarni oson o’zlashtira oladi. SHunday ekan, organizm mashqlarni 
oson va qiyin bajarishiga qarab ham o’quvchilar turli guruhlarga bo’linishi 
muqarrardir. Bunday holatda o’quvchilarning fiziologik imkoniyatlari ya’ni ularning 
irodasi, kuchi, qiziqishi kabi jismoniy sifatlari, fazilatlari va imkoniyatlarini hisobga 
olish sportga yo’naltirishda maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun pedagogik 
mutaxassis kadrlar o’z ishlariga o’ta mas’uliyatli bo’lishi, hozirgi zamonaviy 
bilimlarni o’zlarida mujassam etishlari kerak. Bunda o’quvchilarning jismoniy 


rivojlanish xususiyatlarini doimiy ravishda o’rganib, ularni jismoniy tarbiyalash va 
sport turlariga shug’ullantirish bo’yicha rejalariga o’zgarishlar kiritib borishlari 
kerak. Bugungi kunda jismoniy madaniyat va sport mutaxassislari tayyorlaydigan 
o’quv dargohlari tomonidan har yili 1000 ga yaqin tayyorlanadigan kadrlar 
umumta’lim maktablarida yetishmaydi. Agar, umumta’lim maktablarida, faraz 
qilaylik, haftasiga har bir sinfda 4-5 soat jismoniy madaniyat darsi o’tkaziladigan 
bo’lsa, unda jismoniy madaniyat mutaxassisi, kadrlar yetishmasligi muqarrar. Buning 
uchun har yili Oliy bilim dargohlarida qariyb 4-5 mingga yaqin jismoniy madaniyat 
o’qituvchilari tayyorlanganda umumta’lim maktablarini jismoniy madaniyat 
o’qituvchilari bilan ta’minlash mumkin bo’ladi. Ayni vaqtda 10-15% umumta’lim 
maktablarida sport razryadlari, maxsus ma’lumoti bo’lmagan sportchi mutaxassislar 
jismoniy madaniyat darslarini o’tib kelmokda. Biz xohlaymizki, kadrlar asosiy shaxs 
sifatida bolalar sportini rivojlantirishimizda muhim vosita bo’lib xizmat kilsin. Bu 
masalaning bir tomoni. Masalaning ikkinchi tomoni shundaki, bu holat sinfdan va 
maktabdan tashqari sport ishlarini rivojlantirishda bolalar va o’smirlar sport 
maktablari murabbiylari yordamida sport to’garaklari, sport musobaqalarini amalga 
oshirib borishning o’ziga xos muammolarini keltirib chiqaradi. 
Bu qiyinchiliklar ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ega va o’ylaymizki, ular 
asta-sekin bartaraf etiladi. Sub’ektiv qiyinchiliklarni yengishda faqat yaxshi 
ko’nikma, malaka va mumkin qadar har tomonlama bilim bo’lishi kerak. YUqorida 
keltirilgan sub’ektiv muammolarni bartaraf etish jarayoni bir oz qiyinchilik bilan
kechadi. Unda maxsus tarbiyaviy maqsad bo’lib, yuqori sport mahoratini talab etadi. 
Ob’ektiv qiyinchiliklarni bartaraf etish esa ustoz-murabbiylar hamda joylarda 
ommaviy sport ishlarini yaxshi tashkil qilish, barcha imkoniyatlardan foydalanish 
bilan amalga oshiriladi. Maxsus pedagogik jismoniy madaniyat ma’lumoti 
bo’lganlarni shartli rasishda 1-guruhga, xuddi shunday ma’lumoti, ya’ni maxsus 
ma’lumoti bo’lmaganlarni 2-guruhga bo’lamiz. Bizdagi ma’lumotlarga ko’ra,
ommaviy sport ishlarini tashkil qiluvchilar ichida 45 % ini 1-guruh murabbiylari 
tashkil qilsalar, 55% ni, jismoniy madaniyat o’qituvchilaridan esa, 24-31% ni 2- 
guruxdagilar tashkil etishadi. Bunda ustoz-murabbiylarning’ tayyorgarliklari 


darajasini amaliyotda aniqlashda jismoniy mashqlarning qiyinchiligi, xarakteri 
hisobga olinadi. Birinchi guruhdagi ustoz-murabbiylar ikkinchi guruh murabbiylariga 
qaraganda ancha zehnli bo’ladilar, chunki ikkinchi guruh ustoz-murabbiylari to’g’ri 
kelgan ishlarni bajarishga qaror qiladilar. Ana shuning uchun ham jismoniy 
madaniyat o’qituvchilari tayyorlaganda ularning har tomonlama tayyorlanishi 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun sport pedagogik fanlarini yaxshi 
o’zlashtirishlari shu bilan bir qatorda anatomiya, fiziologiya, jismoniy madaniyat 
nazariyasi fanlarini, aylanma tizimda sport mashqi jarayonini yaxshi bilishlari kerak 
bo’ladi va hokazo. 
Bolalar sportini rivojlantirishda sport moddiy-texnika bazasining ahamiyati 
katta. Bolalar o’rtasida jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishda moddiy-
texnika bazasi asosiy ahamiyat kasb etadi. CHunki har bir sohada o’zining moddiy-
texnika bazasi bo’lishi muhimdir. Ayniqsa, bolalar sportining 1-sinfdan 9 sinfgacha 
va kasb-hunar kollejlarining guruhlarida, bilim maskanlarida rivojlanishi doirasiga
jismoniy madaniyat davlat dasturidan o’rin olgan gimnastika, yengil atletika, sport 
o’yinlari (basketbol, futbol, voleybol, qo’l to’pi), kurash, suzish, harakatli o’yinlar 
kiradi. Bu sport turlarini rivojlantirishda har qaysi bilim maskanlari rejasi faqat 
qog’ozda qolib ketishi natijasida bolalar sporti seksiyasi 10 yil ichida pasayib qoldi. 
Buning birinchi sababi shundaki, savdo do’konlarida sotiladigan sport jihozlari 
haddan tashqari qimmatlashib, sotib olish muammosi paydo bo’ldi. Ayrim sport 
jihozlarini pul ko’chirish yo’li bilan sotib olish mumkin. Ammo ayrimlarini pul 
ko’chirish yo’li bilan ham sotib olish mumkin emas. CHunki do’konlarning 
ko’pchilik qismi shaxsiy tijorat do’konlariga aylantirilgan. SHuning uchun faqat naqt 
pulga sotib olish mumkin. Savdo va tijorat do’konlari shaxsiy do’konlarga aylanishi 
natijasida sport anjomlarini olish tizimi buzilib qetganini ko’ramiz. Bizning bu 
yo’nalishdagi tahlilimiz shuni ko’rsatmoqdaki, O’zbekiston Respublikasida bolalar 
sportini rivojlantirish muhitini yaratish har bir rahbarning muhim vazifasiga aylanishi 
kerak. SHuning uchun xalqimiz orasida shunday hikmatli so’z bor: «Niholning 
o’sishi bog’bonga bog’liq». Sportning rivojlanishi moddiy-texnika bazasiga bog’liq 
deb yana bir karra eslatmoqchimiz. Oxirgi yillarda bolalar sportini rivojlantirishda, 


ayniqsa, bolalar bog’chasida bu borada amaliy ishlarga qaratilgan keng ko’lamli 
rejalar tuzilgan. Bugungi kunda respublikamizdagi bolalar bog’chalarida 27 ta, 
jismoniy tarbiya sport saroylarida 3453 ta turli o’lchovlardagi ochiq sport maydoni, 
144 ta turli hajmdagi yopiq inshootlar mavjud. SHunday sharoitlar umumta’lim 
maktablarida qanday, degan savol tug’iladi. Albatta, umumta’lim maktablari turli 
hududlarda joylashganligi bir qator muammolarni yuzaga keltiradi. Sport inshootlari 
deganda nimani tushunish kerak? Gap shundaki, Baxmal, Zomin, Nurota, Urgut, 
Qo’shrobod, CHirchiq kabi tog’ hududlarida joylashgan sport zallari zamonaviy 
bo’lmaganligi sababli yosh sportchilarni sportga jalb qilish qiyinchiliq 
tug’diradi.SHunday bo’lsada, imkoniyat topib sportga qiziqishi bo’lgan yoshlarni 
hech bo’lmaganda 50-60 % jalb qilish maqsadga muvofiq. 
Har qaysi umumta’lim maktabi sport maydoni uchun alohida joy ajratadi. 
Mana shu maktablardagi jismoniy madaniyat va sport mashg’ulotlari o’tkazish uchun 
alohida sport turlari bo’yicha maydonlar tashkil etiladi. Sport maydonlarining 
o’lchamlari maktabning sharoitiga qarab belgilanadi. Unda o’quvchilar soni hisobga 
olinishi shart. Qishloq joylarida joylashgan sport maktablaridagi sport maydonlari 
qurilishi uchun yer maydoni yetarli. Bu holat shahar maktablarida birmuncha qiyin 
kechadi, chunki shaharda aholi zich yashashi tufayli maktablardagi sport maydonlari 
uchun joy ajratib berish qishloqqa qaraganda qiyinroq bo’ladi. O’quv va to’garak 
ishlarini olib borish uchun qo’yidagicha sport maydonlari bo’lishi kerak: Kompleks 
sport majmuasi - unda chimlangan futbol maydoni 90x60, basketbol maydoni 15x28, 
2 ta voleybol maydoni 9x18, yengil atletika, yugurish yo’lakchasi 110 m, maydon 
bo’ylab yugurishga mo’ljallangan aylanma yo’lakcha 350-400 m, yuqoriga sakrash 
sektori, uzunlikka sakrash - qumga to’ldirilgan handak, lappaq, yadro uloqtirish 
sektorlari va gimnastika maydoni 20x15 m. Futbol maydoni atrofida yo’laklarga 
tomoshabinlar uchun o’rindiqlar o’rnatilishi lozim. 
Sport majmuasida joylashgan sport maydonlari o’lchamlari boshqacha bo’lishi 
ham mumkin, bu ajratilgan yer maydoniga bog’liq bo’ladi. Bunda sport turlari 
bo’yicha mini, ya’ni kichik maydonlar qurish ham mumkin. Umumta’lim 
maktablaridagi sport maydonlarini shunday joylashtirish kerakki, bir maydonning 


o’zida o’quvchilarga jismoniy madaniyat darslarini o’tish jarayoni bir-biriga xalaqit 
bermasligi kerak. Mavjud maydonlar o’rtasida maxsus to’r tortilishi yoki maydonni 
ajratib turadigan jihozlar bilan belgilanishi kerak. Umuta’lim maktablarining 
sharoitiga qarab sport majmuasi atorofida suv havzasi, o’quvchi-sportchi yoshlarning 
dam olishi uchun sharoit yaratib berish ham mumkin. 
Umumta’lim maktablari va kasb-xunar kollejlarida yangi tipdagi qurilish 
inshootlari hozirgi zamon talabiga mos bo’ladi, ya’ni 1-, 2-, 3-, 4-tip. Sport saroyi va 
shu bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha binolar bo’ladi. Jismoniy mashqlar jarayoni 
uchun qurilgan maydonlar sport turlari bo’yicha musobaqa qoidalari talabiga mos 
bo’lishi talab etiladi. SHuning uchun ham bolalar sportini rivojlantirish uchun, 
so’zsiz, sport maydoni va sport anjomlari talab darajasida bo’lishi shart. Birobarin, 
yuqorida ta’kidlaganimizdek, moddiy-texnika bazasi sportni rivojlantirishda asosiy 
vosita bo’lib xizmat qiladi. 
O’zbekiston Respublikasida 9650 dan ortiq umumta’lim maktablari mavjud bo’lib, 
unda 9700000 dan ortiq o’quvchi jismoniy tarbiya bilan shug’ullanadi. Umumta’lim 
maktablari geografik joylashishi o’ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. 
Masalan, tog’ning yuqori, o’rta va pastki tekistliklarida joylashgan maktab 
sharoitlarining, ularda tahsil olayotgan o’quvchilarning hususiyatlari o’ziga xos 
bo’lgan sharoitlarda shakllanib borayotganini ko’ramiz. Mavjud maktablarda maxsus 
sport sinflari tashkil qilish, ularga shart-sharoitlar yaratib berish, moddiy, iqtisodiy-
ijtimoiy yo’nalishlar bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan 
muammolar mavjud. 
Maxsus sinflarning tashkiliy tomonlari har bir umumta’lim maktablarida 
muammo uyg’otadi, chunki o’quvchilarning sport turlariga bo’lgan qiziqishlari, 
jismoniy tayyorgarligi, jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda, ularni bir sinfga 
jamlab olishning o’zi bir oz qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Buning uchun bunday 
maxsus sinflarda tahsil olayotgan o’quvchilar bilan kamida 2-3 ta jismoniy 
madaniyat o’qituvchisi va ustozlari jalb qilinadi. Bu sinflar ish kuni uzaytirilgan 
maktablarda faoliyat ko’rsatadi. Unda o’quvchilar bir kunda 10-12 soat umumta’lim 
maktablaridagi fanlar bo’yicha va sport turlari bo’yicha mashg’ulotlar o’tib, ularda


fanlar bilan va sport turlari bilan shug’ullanib sport mahoratini oshirib borish, 
ko’nikma va malaka hosil qilish imkoniyatlari yaratiladi. Bugungi kunda maxsus 
sinflar kerakmi?- degan savol tug’iladi. O’zbekiston Prezidentining «O’zbekistonda 
bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish» bo’yicha 2002 yil 24-oktyabrdagi 
farmoni ayni shu masalaga daxldor bo’lib, maxsus sinflar tuzish orqali farmonning 
bajarilishini ta’minlash mumkin. Farmonda hamma umumta’lim maktablarida joriy 
etilishi to’g’risida alohida bandlar berilgan. Oxirgi vaqtlarda qishloq cho’l 
hududlarida joylashgan 60-70% maktablarda jismoniy madaniyat va sportga e’tibor 
berish borasida ancha choralar ko’rilmoqda. Bu ishlarni yo’lga qo’yish, ayniqsa, 
qishloq joylarida joylashgan maktablarda tahsil olayotgan o’quvchilarni har 
tomonlama sog’lom qilib tarbiyalash maqsadini maxsus sinflar orqali amalga oshirish 
to’g’risida ko’plab manbalarda fikr-mulohazalar bayon etilmoqda. SHularni 
e’tiborga olganda, maxsus sinflar bugungi kunda kerak, degan xulosaga kelamiz. 
CHunki bolalarga qaratilgan bunday e’tibor ular o’rtasida yomon va salbiy holatlar 
paydo bo’lishinining oldini olishga yordam beradi. Bizning fikrimizcha, sportga o’z 
hayotini bag’ishlagan bolalar hayot muammolarini faqat yaxshi yo’l bilan hal etishga 
xarakat kiladilar. Jamiyatda sportning o’z amaliy o’rni bor. Sport o’sib kelayotgan 
yosh bolalarni kuchli, epchil, chaqqon va favqulodda holatlarda o’zlarini tuta bilish 
va idora qilishlari kabi ruhiy va jismoniy fazilatlarni tarbiyalaydi. 
YUqorida qayd qilganimizdek, maxsus sinflarni tashkil qilishda sport turi 
bo’yicha o’quv mashg’ulotlarining moddiy-texnik bazasini, sport anjomlarini pul 
o’tkazish yo’li bilan sotib olish masalasi qiyin kechmokda. Maktablarning maxsus 
sinflari o’z vaqtida sport anjomlari bilan ta’minlanishi yo’lga qo’yilsa, maqsadga 
muvofiq bo’ladi. Sport o’yinlaridan tashkil qilinadigan maxsus sinflarda o’qiydigan 
har ikki o’quvchiga 1 dona to’p, 2 ta kurash gilami mavjud bo’lishi kerak. Jihozlar 
bo’lmasa, maxsus sinflarni tashkil qilishdan ma’no qolmaydi. Negaki, bolalar bilan
o’quv mashq jarayonini tashkil etishda yaxshi natijalarga erishib bo’lmaydi. 
Umuman olganda, maxsus sinfda tahsil olayotgan o’quvchi-sportchilarga, 
jismoniy madaniyat o’qituvchilariga umumta’lim maktab rahbarlari tomonidan shart-
sharoit yaratib berishlari kerakligi, kunday ravshan. Bunday qiyinchiliklarni yengish, 


yotoqhonalarda yaxshi sharoitlarni yo’lga qo’yish, maxsus sport sinflarining muayyan 
maqsadga yo’naltirilgan faoliyatini 5-6 sinfdan boshlab tashkil qilish ayni 
muddao bo’ladi. CHunki bu davrda o’quvchi 11-12 yoshga yetgan bo’lib, unda 
jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik sifatlari ko’zga tashlanadi. Bu kabi 
yoshlarga u yoki bu sport turlari texnik va taktik usullarini o’rgatish jismoniy 
madaniyat va sportni targ’ibot qilishning asosiy vositasi deb bilmog’imiz kerak. 

Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish