Navoiy davlat pedagogika instituti fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi



Download 310,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana29.05.2022
Hajmi310,56 Kb.
#618614
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jismoniy tarbiya soglom bolalikning asosiy omili

 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.O’ZBEKISTONDA YOSH BOLALAR SPORTINI TASHKIL QILISH 
XUSUSIYATLARI. 
O’zbekistonda keng qamrovda ommaviy sport sog’lomlashtirish ishlari turli 
o’quv bilim muassasalarida tashkillashtirilib borilmoqda. Umumta’lim maktablarida 


bolalar sportini asosan homiylar va pedagogik jamoa tashabbusi asosida jismoniy 
madaniyat darslari va sport to’garaklari jarayonida olib boriladi. Umumta’lim 
maktablarida tahsil olayotgan o’quvchilar ommaviy sportda o’zlarining jismoniy 
mahoratlarini oshirib borishmoqda. Sinfdan tashqari sport ishlari jismoniy madaniyat 
o’qituvchilari jismoniy madaniyat jamoasi tomonidan tashkil qilinmoqda. 
Bola tarbiyasi pedagogik jamoa a’zolari faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan 
biri bo’lib, bu sport turlaridan to’garaklarni, umumiy jismoniy tayyorgarlik, 
sog’lomlashtirish guruhlarini tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni amalga 
oshiradilar. Bu mashg’ulotlarning maqsadi shundan iboratki, unda bolalarni aniq reja 
asosida sport musobaqalariga qatnashishlari uchun tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan 
ishlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Uch bosqichli musobaqalar tizimining I bo’g’ini «Umid nihollari” o’yinlaridan 
o’rin olgan sport turlariga 7-sinfdan boshlab 9-sinfgacha jalb qilinadi. Bu maktab 
bosqichi, ya’ni maktablarning o’zida sinflararo musobaqa rejasi asosida amalga 
oshiriladi. II bosqich tuman (shahar) bosqichi bo’lib, unda maktab terma jamoalari 
ishtirok etadi. Bu bosqich V-VIII, VIII-XI sinflar uchun oktyabr-noyabr oylarida 
bosqich o’yinlari sifatida va I-IV sinflar uchun kuzgi ta’til vaqtida “Quvnoq startlar” 
o’yini tarzidagi yakuniy bosqich, ya’ni final sifatida tashkil etiladi. 
Uchinchi bosqich – tumanlar (shaharlar) terma jamoalari uchun viloyat 
(Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri) bosqichi. Noyabr-yanvar oylarida 
VIII-XI sinflar uchun bosqich o’yinlari o’tkaziladi. V-VII sinflar uchun esa qishqi 
ta’tilda final o’yinlari bilan yakun topadi. 
To’rtinchisi – tumanlarning VIII-XI- sinflari o’quvchilari uchun bahorgi ta’til 
paytida final bosqichi bilan yakunlanadi. 
Mamlakat final bosqichi musobaqalari viloyatlarning (Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, Toshkent shahri) VIII-XI sinflar o’quvchilari terma jamoalari o’rtasida 
aprel oyida bo’lib o’tadi. 
Bu bosqich musobaqalarida 1-sinfdan to 11-sinfgacha o’quvchilarning jalb 
qilinishi asosan umumta’lim maktablaridagi jismoniy madaniyat dasturi vazifalarini 
hamda «Alpomish» va «Barchinoy» test norma talablarini o’zlashtirishga qaratilgan. 


Maktab jamoasining bu borada o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadi yosh bolalar 
o’rtasida bolalarning sportga qiziqishini uyg’otish, sportni targ’ibot qilish bilan
birgalikda, «Alpomish» va «Barchinoy» test-norma talablarini topshirishga 
tayyorlash kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirish bilan bog’liqdir. 
Test norma talablarini qayta ko’rib chiqish, optimal ishlab chiqish maktab 
yoshidagi bolalarni jismonan tarbiyalash, maktabdan tashqari vaqtlarda xalq 
o’yinlaridan foydalanish, bolalar va o’smirlar sport maktablari va keng jamoatchilik 
tomonidan tashkil qilinadi. Bu ishlar quyidagi nizom asosida tashkil etiladi: 
1.
O’zbekistonda jismoniy madaniyat va sport tizimining maqsadi asosida: 
«Alpomish» va «Barchinoy» test-norma talablarini bajarishga tayyorlash, yoshlar 
sport razryadlari bo’yicha sport norma talablarini topshirishga tayyorgarlikni 
tashkil qilish. 
2.
Jamoalar o’rtasida, oilalar o’rtasida, mahalla bolalalari o’rtasida o’zaro 
musobaqalarni tashkil qilish va shunga rioya qilish. 
3.
Umumta’lim maktbalarida jismoniy madaniyat tizimi ketma-ketligini 
ta’minlash, maktabga har tomonlama moddiy yordam ko’rsatish, o’quvchilar 
bilimini chuqurlashtirish, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish, bilim berish 
bilan birga o’quvchilarning dam olishlarini hamda doimiy tarzda chiniqib 
borishlarini tashkil qilish. 
4.
Turli-tuman tashkiliy-uslubiy ish shakllarini joriy qilish. 
5.
O’quvchilarning jismoniy madaniyat va sportga bo’lgan faol qiziqishlarini 
aniqlab ular uchun har tomonlama sport mashg’ulotlarini tashkil qilish. 
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida maktabdan tashqari bajariladigan 
jismoniy madaniyat va sport ishlari bolalar va o’smirlar sport maktablari, ko’ngillilar 
sport jamiyatlari tomonidan sport turlari bo’yicha to’garaklar tashkil qilinmoqda. 
Bunda, asosan, uch tipdagi maktabdan tashqari jismoniy madaniyat va sport ishlarini 
alohida qayd etish lozim. Bular: bolalar-o’smirlar sport maktabi (BO’SM) maxsus 
guruhlarga ega bo’lgan Olimpiya zahiralari kasb-xunar sport kollejlari, oliy sport 
mahorati maktabi (OSMM) kabilar. Bolalar-o’smirlar sport maktabining asosiy 
vazifasi o’quvchilarni sport turlaridan puxta tayyorlab, tuman, shahar, viloyat, 


respublika terma jamoalariga sportchilar tayyorlab berishdan iborat. Bu bolalar-
o’smirlar sport maktabining faoliyatini baholaydigan asosiy ko’rsatkichlaridan 
biridir. Bunday faoliyat ko’rsatish o’quvchilarga sport sohasida chuqur bilim 
berishga olib keladi. Bolalar-o’smirlar sport maktabida tahsil olayotgan o’quvchi-
sportchilarning sport mahoratlari, sport natijalari yuqori bo’lgandan keyin, ular oliy 
sport mahorat maktabida o’zlarining sport turlari bo’yicha bilim va mahoratlarini 
takomillashtirib murakkablashgan tizim asosida shug’ullanadilar. Oliy sport 
maktabining vazifasiga asosan O’zbekiston terma jamoasiga yuqori sport natijalarini 
ko’rsata oladigan sportchilarni tayyorlab berish kabi amaliy ishlar kiradi. 
Olimpia zahiralari kasb-xunar kolleji sport maktabi o’z oldiga muhim, 
murakkab vazifalarni qo’ygan. U ham bo’lsa, Respublika olimpia terma jamoasi 
tarkibiga o’ta yuqori sport natijalariga ega bo’lgan sportchilarni tayyorlab berish 
bilan birgalikda, unda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sport ustasi darajasidagi 
sportchilar ham tayyorlanadi. Bu kabi sport maktablari o’zlarining sportchilarini 
tayyorlashdagi faoliyatini O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari
Vazirligi nazorati ostida amalga oshiradi. 
Sport maktablarida quyidagi vazifalarni bajarish amaliyotlari belgilangan: 
- yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash, ularning amaliyotlarini 
takomillashtirish bilan birgalikda har tomonlama jismoniy rivojlantirish; 
- sport turlari bilan shug’ullanayotgan o’quvchilardan jismoniy madaniyat 
yo’riqchilari, jamoatchi hakamlar tayyorlash;
- umumta’lim maktablarida maktabdan tashqari olib borilayotgan ommaviy 
sport ishlariga uslubiy markaz sifatida faoliyat ko’rsatib ko’maklashish. 
Sport maktabiga o’quvchilar umumta’lim maktablarida sport turlariga 
moyilligi bo’lgan sportchi o’quvchilar ichidan tanlov va maxsus testlar asosida qabul 
qilinadi. 
YOsh bolalar o’rtasida jismoniy madaniyat va sport ishlarini kengaytirish 
masalalarini bugungi zamon talablari darajasiga ko’tarish, jismoniy madaniyat va 
sport musobaqalarining vazifalaridan biridir. Umuman olganda, yosh bolalarni sport 
turlariga jalb qilish va ular bilan sport mashqlarini tashkil qilishda yoshlarning 


morfologik rivojlanganligini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. CHunki sport 
mashqi jarayoni yosh organizmga har tomonlama o’z ta’sirini o’tkazadi. Umumta’lim 
maktablarida tahsil olayotgan bolalar 3 guruhga bo’linadi. Kichik yoshdagi bolalar 
6-11 yoshgacha, katta guruhlar12-15 yoshgacha bo’lib, bu kabi bo’linish pedagogik 
va psixologik fanlar orqali aniqlanadi. Bolalar biologiq tomondan quyidagi 
guruhlarga bo’linadi:
- 6-7 yosh – birinchi bolalik davri; 
- 8-11 yosh (o’g’il bola) – ikkinchi bolalik davri; 
- 12-16 yosh (o’g’il bolalarda 13 yoshdan)
- 17 yoshdan (o’g’illarda) o’smirlik davri boshlanadi.
Har qaysi yoshda bolalar organizmining rivojlanishi o’ziga xos xususiyatlarga 
ega. Binobarin, organizmdagi funksional tuzilish o’zgarishi va psixologik 
xususiyatlarni hisobga olish jismoniy madaniyat mashg’ulotlarida nihoyatda 
muhimdir.
Umumta’lim maktablarida jismoniy madaniyat darslari va sport to’garaklarini 
sifatli tashkil qilib borishda yuqorida qayd etilgan yosh xususiyatlarining davrini 
hisobga olish muhim bulgan vazifalardan biridir. Bunday holatlarda, ayniqsa, 7-
sinfda tahsil olayotgan o’g’il va qiz o’quvchilar bilan ko’proq harakatda bajariladigan 
jismoniy mashqlarni tashkil etish kerak. Bu yoshdagi bolalar harakat faoliyatlari 
ancha balandligi bilan farq qiladi. YOsh bolalar fiziologik xususiyatlari va harakat 
faoliyati ular bilan jismoniy madaniyat dars va mashg’ulotlari jarayonida yoki 
sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarda harakatli sport o’yinlarini ko’proq 
o’tkazishni taqozo qiladi.
Muayyan yoshdagi bolalar organizmida jismoniy madaniyat va sport 
mashg’ulotlari jarayonida qanday o’zgarishlar sodir bo’lishini har bir jismoniy 
madaniyat mutaxassisi yaxshi bilishi kerak. CHunki bu yoshda bolalarda suyak tizimi 
shakllanib, qon bosimi ko’tarilib, skelet suyaklari, ko’krak qaburg’asi rivojlanib 
boradi. 
ismoniy madaniyat darslarini shunday tashkil etish kerakki, unda har bir 
o’quvchining morfologik tuzilishidagi kamchiliklar aniqlanib, ana shu kamchiliklarni 


bartaraf etish choralari ko’rilishi lozim. Olib borilgan izlanish va kuzatishlar shuni 
ko’rsatadiki, yosh xususiyatlariga ko’ra o’g’il va qiz bola o’rtasidagi tafovut unchalik 
katta bo’lmasa-da, lekin qiz bolalar 11-12 yoshda o’g’il bolalarga qaraganda 2-3 
yosh farq qiladi. Lekin 11-12-13-14 yoshda bu o’zgarishlar o’g’il bolalarda tez 
sur’atlarda rivojlanishini ko’ramiz. Bunday o’zgarish va farqli jihatlar 
o’quvchilarning uy sharoitiga bog’liq, boshqacha qilib aytganda, shu yoshda qiz 
bolalar o’g’il bolalarga qaraganda ko’proq mehnat qilishadi. Bunday o’zgarishlarni 
aniqlashda biz bolalarning yashaydigan uylari maktabdan uzoq ekanligiga ham 
e’tibor qaratamiz.
YOsh bolalar organizmidagi jismoniy rivojlanish bilan bog’liq bo’lgan 
xususiyatlarni hisobga olish muhim masalalardan biridir. Buning uchun har bir bola 
bilan tibbiy nazorat olib borish maqsadga muvofiqdir. YAna bir muhim masala 
shundaki, O’zbekiston hududida yashayotgan o’g’il bolalar kalta, gavdalarining 
beldan yuqori qismi oyoqlariga qaraganda uzunligi bilan farq qiladi. Buning 
natijasida ularning sport o’yinlaridan o’rin olgan futbol, qo’l to’pi, basketbol, 
voleybol, yengil atletika bo’yicha yuqori natija ko’rsatishi ancha qiyin. Bunday farqli 
jihatlar haqida olimlar tomonidan turli tadqiqotlar o’tkazilgan. Olimlarning tahliliy 
xulosalariga ko’ra bolaning jismonan shakllanishida asosan genetika ya’ni irsiyot 
bilan bog’liq ancha muammolar mavjuddir. Bunda, asosan, qarindosh-urug’chilik 
sabab bo’lishi ta’kidlangan. Biroq, buni yanada ishonarli dalillar bilan isbotlab berish 
lozim.
Shu bilan birga, milliy yerli halq, ya’ni yurtimiz bolalarida yelka muskullari, 
qo’l muskullarining kuchi, rivojlangani hech bir millat bolalaridan qolishmaydi. 
Buning yorqin isboti sifatida boks, kurash, sharqona yakka kurash kabi sport turlari 
mamlakatimizda nihoyatda rivojlanib jahonda nufuzli o’rinlarni olganini alohida 
qayd etish lozim. SHunday ekan, bolalarning morfologik rivojlanish yo’larini izlash, 
alohida tadqiqotlar o’tkazib, bolalar rivojlanishining yangi takomillashgan 
dasturlarini tuzish kerak. 
Yosh organizm har tomonlama tashqi muhit ta’siriga moslashishga harakat 
qiladi. Organizm o’zining tabiiy rivojlanish qonuniyatlariga ega bo’lganligi sababli 


bajarilishi murakkab bo’lgan mashqlar yoki uzoq muddatda bajarishga mo’ljallangan 
jismoniy mashqlar, yoxud mashq jarayonida sport turlarining texnik va taktik 
tomonlarini o’zlashtirishda oddiydan-murakkabga, osondan-qiyinga qarab boruvchi 
pedagogik tamoyillardan foydalanilsa, yosh organizmning bunday holatlarga 
moslashishi ko’nikma va malaka hosil qilishi osonroq kechadi. Ko’nikma va malaka 
yosh organizmda birdaniga shakllanmaydi, chunki bir mashqni uzoq muddat bajarish, 
qayta-qayta takrorlash usuli bilan shakllanadi. Bu borada olib borgan kuzatishlar bir 
qator natijalarni ko’rsatmoqda. Jumladan, 11-12 yoshdagi bolalar bilan yengil 
atletikaning uzoq masofalarga yugurish bo’yicha natijalarini nazorat qilganimizda 
ko’pchilik bolalarning manzilga ya’ni finishga yetib kela olmaganligi ko’zga 
tashlanadi. Bunda yosh bolalarda iroda, chidamlilik kabi sifatlar, jismoniy fazilatlar 
yaxshi rivojlanmaganligi namoyon bo’ladi. Jismoniy madaniyat va sport 
to’garaklarida o’quvchilar bilan murakkab mashqlar bajariladi. Biroq jismoniy 
tarbiya jarayonida maxsus mashqlar bosqichma-bosqich, muntazam o’tilmagani 
tufayli o’quvchilarning jismoniy tarbiyadan natijalari past bo’lib kelmoqda. O’sib 
kelayotgan yosh organizm o’zining tuzilishi jihatidan rivojlanishi bilan katta 
yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishiga to’g’ri keladi. Kuch, iroda, 
egiluvchanlik, epchillik kabi jismoniy sifatlar insonda tabiatan mavjud bo’ladi, biroq 
organizmdagi bu jismoniy sifatlarni yanada rivojlantirish, uning jismoniy mashqqa 
moslashishini ta’minlash, so’zsiz, jismoniy madaniyat o’qituvchilari zimmasiga 
yuklanadi. CHunki har bir jismoniy madaniyat va sport mutaxassisi yosh organizm 
xususiyatlarini bilishi, buning uchun anatomiya, fiziologiya, pedagogika, psixologiya, 
sport metrologiyasi, biomexanika, jismoniy madaniyat nazariyasi fanlarini yaxshi 
o’zlashtirishi lozim. SHu taqdirdagina u o’z oldiga qo’ygan vazifalarni bajarishi 
mumkin bo’ladi. Aks holda, o’sib, rivojlanayotgan organizmni tormizlanish holatiga 
olib kelish mumkin. Amaliyotda shunday holatlar ham uchraydiki, bolaning tashqi 
ko’rinishi o’ta rivojlangan bo’lsa-da, sport mashg’ulotlari jarayonida jismoniy 
mashqlarni yaxshi bajara olmaydi. YOki uzoq davom etadigan mashqlarni bajarishda 
qiynaladi. Bular nimaning natijasi? Bu, albatta, umumta’lim maktablarida jismoniy 
madaniyat mashg’ulotlari jarayonida yosh organizm tuzilishi jismoniy rivojlanishi va 


ularning qobiliyati, nimaga qodir ekanligi hisobga olinmaganligining natijasi, degan 
xulosaga keldik. Bularning’ oldini olish uchun jismoniy madaniyat o’qituvchilari va 
sport murabbiylari o’z ustida tinmay izlanishi, nazariy bilimlarni chuqurlashtirish 
orqali amaliy mashg’ulotlarni talab darajasida tashkillashtirishi lozim bo’ladi. 
Bunda bir narsani hisobga olish kerakki, yosh organizm tashqi muhit ta’siriga 
javob beradi, u har tomonlama tez sur’atlar bilan rivojlanishga harakat qiladi, buning 
uchun ularda moyillik bo’ladi. Bunday holatda sportchi o’z organizmini muntazam 
ravishda jismoniy mashqlar yordamida tayyorlab borishi kerak. Tashqi muhitga va 
jismoniy mashqlarga moslashish, so’zsiz, yosh bolalar organizmi rivojlanganligi va 
jismoniy tayyorgarligiga bog’liq.
Jismoniy rivojlanish jarayonida bolalarning yurak qon urishi ko’payadi. 
Umuman olganda, bolalarning qon urish tizimi 7 yoshdan to 17 yoshgacha bir 
daqiqada 

Download 310,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish