Navoiy davlat pedagogika instituti chet tillar fakulteti



Download 172,89 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi172,89 Kb.
#204817
  1   2
Bog'liq
Maxiyeva Asemay referat



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

CHET TILLAR FAKULTETI

TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN


MUSTAQIL ISH


MAVZU: Tilga oid resurslar bilan ishlash

BAJARDI: xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili

102-guruh talabasi Maxiyeva Asemay



Qabul qildi: prof. Sh.N.Nosirova

Navoiy-2021

REJA:


  1. KIRISH.

  2. ASOSIY QISM.

    1. Multimedia resurslari talim mazmunini boyitish omili

    2. Chet tilini o'qitishda axborot texnologiyalarning o'rni

    3. Elektron axborot ta’lim resurslarini chet tili darslarida qo`llash hamda unga qo`yiladigan talablar.

  3. XULOSA.

  4. MAVZU YUZASIDAN TESTLAR.

  5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.



KIRISH

ASOSIY QISM

2.1. Ta’limda AKT vositalaridan keng foydalanish davrimizning dolzarb vazifalari qatoriga kiritilgan. Shu vazifalarni amalga oshirishda AKT’ga oid bilim va malakalar doirasini kengaytirish bilan birga, axborot-resurslarini ham son jihatidan ko‘paytirish, ham sifatini ko‘tarish, ya’ni mazmunan boyitish muhim o‘rin tutadi.Ta’lim jarayoni uchun mo‘ljallangan va multimedia-texnologiyalaridan foydalanishda asos bo‘lgan elektron axborot-resurslarining keng tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi:

• axborot-izlash va ma’lumotlar jamlangan multimedia-tizimlari;

• amaliy multimedia-ensiklopediyalari;

• o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash multimedia-vositalari;

• elektron trenajyorlar;

• matematik va imitatsion modellashtirish uchun multimedia-vositalari;

• olisdagi va virtual laboratoriyalar multimedia-vositalari;

• avtomatlashtirilgan ta’limiy tizimlar;

• elektron multimedia-darsliklari;

• ekspert ta’lim tizimlari;

• intellektual ta’lim tizimlari.

Yuqorida sanab o‘tilganlar multimedia-resurslari asosiy guruhlarining barcha imkoniyatlari ta’rifini belgilaydi. Shu bilan birga, multimedia-resurslarining har bir standart turi quyidagi ta’riflarga ham muvofiq keladi. Axborotli-izlash va ma’lumotnomali multimedia-tizimlari pedagog-o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota-onalar uchun taqdim etiladigan axborotlarni kiritish, saqlash, izlash hamda foydalanishga mo‘ljallangan. Shunday tizimlar qatoriga u yoki bu belgisiga ko‘ra materialni tashkil etish multimediali-axborotni tezkor izlashni ta’minlovchi turli gipermedia dasturlarini kiritish mumkin. Turli-tuman ma’lumotlar bazalari ham keng tarqalgan. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari multimediali-axborotni tezkor izlash va tahlil qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazalari ta’lim jarayonida o‘quv material mazmunining taqdimoti va tahlilini tashkil etish uchun foydalanilishi mumkin. Zamonaviy ta’lim jarayonida zarur axborotni izlash va tahlil etish maqsadida, mustaqil ishni amalga oshirish uchun mos keluvchi ixtisoslashgan o‘quv ma’lumotlar bazalariga ehtiyoj sezilmoqda.

Axborot-izlash tizimlari tushunchasi mazmun-mohiyati bilan yanada zamonaviy hamda keng tarqalgan telekommunikatsiya tizimlari va portallarni kengaytirishga bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, amaliy multimedia-ensiklopediya tushunchasi boshqaruv tizimiga muvofiq o‘quv axborotli modullarning jamlanmasidan iboratdir. Amaliy multimedia-ensiklopediyasi ta’limiy multimedia-resurslarining ishlab chiqilishida keng tarqalgan shakllaridan biri sifatida vujudga keladi. Amaliy multimedia-ensiklopediyasi bir fan sohasiga ham, shuningdek, boshqa fanlar guruhiga ham muvofiq kelishi mumkin. Bu holda fanda ko‘rib chiqiladigan o‘quv moduli belgilangan mavzuga yoki tushunchaga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin. Masalan, modul an’anaviy darslik mazmunining faqat bir paragrafiga mos materialdan yoki bir vaqtda qator fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan tushuncha ta’rifidan iborat bo‘lishi mumkin.

O‘qitish tizimining zamonaviy variativ tizimi ta’limning turli sharoitlariga moslashuvning imkoniyatlarini ta’minlovchi har bir mavzu yoki tushuncha uchun mo‘ljallangan, multimedia-ensiklopediyalariga ehtiyoj sezmoqda. Modullar turli o‘qituvchilar yoki o‘quvchilar guruhiga yo‘naltirilganligi va metodik xususiyatlari, materialni batafsil, turli misollar ilovalarida bayon etish uslubi va boshqalar bilan farq qiladi. Ensiklopediya-larning takomillashuvi modullarni ishlab chiqish, yangilarini qo‘shish, eskirgan materialni to‘g‘rilash yoki o‘chirish, boshqaruv tizimining rivojiga tayanadi. Bunda nafaqat oldindan belgilangan mualliflar guruhi yoki mazkur fan sohasi mutaxassislari, balki multimedia-resurslari versiyalarini yarata oluvchi pedagoglar ham ishtirok etishlari mumkin. Ensiklopediyalar doirasi amaliyotida ma’lum bir pedagoglar shaxsiy kompyuterlarida shunday kengaytirish ishlari lokal amalga oshadi hamda telekommunikatsiya vositalari yordamida bevosita ensiklopediya nashrlari qatoridan o‘rin olishi mumkin.

Multimedia-ensiklopediyasini amaliy boshqarish tizimi axborot multimedia-resurs versiyalarini boshqarish, lug‘atlar, giperilovalarni boshqarish, ma’lumotlar formatlarini muvofiqlashtirish, terminlarini almashtirish va belgilar o‘lchamlarini moslashtirish, bir resurs versiyasi doirasida atamalar va tushunchalarni muvofiqlashtirish, modullarni qayd etish, tilga oid interfeysni sozlash va boshqa shunday funksiyalarni amalga oshiradiki, bu amaliy elektron ensiklopediyani yaratishning asosi, bilimlarni turkumlashtirish, fanlar sohasi va fanlararo munosabatlarda tushunchalarni aniqlash bo‘lib hisoblanadi. Bularning barchasi ensiklopediya bilimlarini turkumlashtirishni boshqarish tizimini tuzish asosida yotadi va mazkur multimedia-resurslari versiyasini ishlab chiqishda modullar interfeysini bir xillashtirishda foydalaniladi. Bilim darajasini baholash va nazorat qilish uchun qo‘llaniladigan multimedia-vositalari telekommunikatsiya muhitida axborot resurslarini yaratish oson bo‘lib, keng tadqim etilmoqda va ta’lim jarayonida qo‘llanilmoqda. Shundaylar qatoriga testlarni kiritish mumkin. O‘quvchi berilgan javob variantlaridan to‘g‘risini tanlab, u yoki bu mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimini namoyish etadi.

Ta’limda multimedia-resurslariga talablar tizimi o‘qituvchilarning individual nazorat ishlarini tekshirishdagi mashaqqatli ishlarini yengillatadi. Bu davlat ta’lim standartlari talablariga ko‘ra ommaviy tayyorlash sharoitlarida juda dolzarb hisoblanadi. Bilimlarning ko‘p marotaba qayta nazorati, jumladan, o‘z-o‘zini nazorat, o‘quv materialini mustahkam o‘zlashtirishda rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi. Elektron trenajyorlar amaliy bilim va malakalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Bunday multimedia-resurslari o‘quv jarayonida turli noqulay sharoitlarda murakkab amallarni bajarishda foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari, elektron trenajyorlardan turli vazifalarni bajarishda ko‘nikma va malakalarni qayta ishlashda foydalaniladi. Bu holda nazariya, turli mustaqil mashqlar, nazorat hamda o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha axborot olishni ta’minlaydi.



2.2. …Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o’sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-fanda ham katta o’zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnlogiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2012 yil 13 dekabrdagi PQ 1875 –sonli qarori qabul qilingandan so’ng mamlakatimizda chet tillarni o’qitishga, o’rganishga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Yurtimizda chet tillarni o’qitilishida yangicha bosqich, yangucha davr boshlandi. Chet tili darslarining o’itilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy innavatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot-kommunikatsion texnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o’rganishning har bir aspect (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player,CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: — kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin; — chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; — ancha an’anaviy usul hisoblanadiga bun magnitafon va cassetalardan foydalanish; — CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi. Globallashuv jarayonida hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Chet tilini o’rganish va o’qitish jarayonida undan unumli foydalanishning eng samarali usullardan hisoblanadi. Internet orqali chet tilida so’zlashuvshilar bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo’ladi. E-mail orqali xat yozishish bilan yozish mashqini takomillashtirish mumkin. Ta’lim jarayoniga zamonaviy — kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to’g’ri, unumli foydalanish, ular orqali o’quvchida chet tiliga bo’lgan qiziqishni orttirish, o’qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi. Bu orqali ta’limning innavatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug’iladi va talab ortadi. Bugungi kunda innavatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Ulardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa, darsning samaradorligi yuqori bo’ladi va o’quvchilrning darsga bo’lgan qiziqishlarining ortishi ham ta’minlanadi. Ta’lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va ularni tadbiq qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Chet tili darslarining o’qitilishida turli rolli, harakatli o’yinlardan foydalanish ham darsga ham til o’rganishga bo’lgan qiziqishni ortishiga sabab bo’ladi. O’quvchilarning juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari orqali esa o’quvchilarning boshqalar bilan kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam beradi. Ta’lim jarayonida grafik organayzerlardan foydalanish mavzuni yoritishda, uni o’quvchilarga yetkazib berishda eng muhim visitalardan hisoblanadi. Bir mavzuni yoritishda bir necha xil grafik organayzerlardan foydalanish ham mumkin. Chet tilini o’qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi so’zlarni, grammatik qoidalarni tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafik organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson bo’ladi. Chet tilini o’qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o’quvchilar ma’lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so’zlarni joylashtirib chiqishi mumkin. Chet tilini o’rganishga ehtiyoj yuqori bo’lgan bir davrda, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo’lishiga olib keladi. Innavatsion ta’lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to’g’ri va unumli foydalanilganidadir

Chet tillarini samarali o‘rganish, yangi lig‘at boyligini yanada osonroq o‘zlashtirish masalasi ko‘pgina olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lsada, doim dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi. Bugungi jahon glaballashuvi davrida zamon talabi bilan mazkur masalaga bunday yondashilishi albatta tabiiy holdir. Ko‘pincha chet tilini o‘rganishda bilingval ta’limni tashkil etilishi bir necha chet tillarini chuqurlashtirib o‘rganishga imkon beradi.

Ba’zan chet tillarini o‘rganishga ajratilgan dars soatlari va maxsus darsliklar soni darsni o‘zlashtirishga yetarli darajada bo‘lmasligi muammolariga duch kelinadi. Mazkur muammolar yechimini topishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT) va Internet tarmog‘idagi resurslar muhim o‘rin tutadi. O‘quvchi-yoshlarning darsga qiziqishini oshirishda AKT va Internet tarmog‘idagi resurslar ta’lim samarasini va shu jumladan, til o‘rganishga motivatsiyani oshiruvchi omil bo‘la oladi. AKT vosi­tasida o‘qituvchi o‘z xususiy elektron ta’limiy resurslarini yaratib borishi imkoniyati mazkur soha rivojida muhim ahamiyatga molik.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, agar o‘quvchi o‘z ona tilini yaxshi bilsa, qonun-qoidalariga amal qilish malakasiga ega bo‘lsa, uning mavjud lingvistik tajribasi boshqa chet tilini o‘zlashtirishiga ham zamin bo‘ladi. Tilning grammatik tushunchalarini va atamalarini tezroq o‘zlashtirishiga yordam beradi. Shu tariqa, tillararo o‘xshashlik va farq qiluvchi omillarini o‘rganib, boshqa tilni oson o‘zlashtiradi. Fonetik, leksik, grammatik darajada til hodisalarini solishtirish lingvistika sohasini boyituvchi material beradi. Shu boisdan, tillararo qiyosiy tahlil muhim ahamiyatga molik. Bu chet tili­dagi yangi materialni shunchaki o‘zlashtirishgina emas, balki unga o‘quvchi-talabalarda alohida qiziqish bilan yondashuvni ham ta’minlaydi. Agar o‘quvchi bir tilning qoidalari va asosiy tushunchalarini yaxshi bilsa, boshqa tilni ham o‘rgana olishiga ishonch bilan qaraydi. Shaxsning lingvistik bilimlarni egallab borayotganligi go‘yo ilmiy yangiliklarni o‘z ongida kashf etib borayotgandek, ham qizi­qarli, ham yanada ko‘proq bilish motivatsiyasini kuchaytiradi.

Bu borada dars jarayonida o‘qituvchi tillar orasidagi farqlar va o‘xshashliklarni tushuntirib borishi ham katta ahamiyatli o‘rin tutadi, ayniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan, elektron resurslardan foydalanib, dars o‘tilishi o‘quvchi-talabalarga darsni oson o‘zlashtirish va tilning leksik hamda grammatik hodi­salarini qiyosiy o‘rganib, turli mashqlarni bajarishda katta imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, keyingi davrlarda ko‘payib borayotgan til o‘rganishga oid maxsus saytlar nafaqat murakkab va zerikarli bo‘lgan til o‘rganish — leksik birliklarni o‘zlashtirish jarayonini osonlashtiradi, balki mazkur resurslar yordamida ko‘ngilochar o‘yinli mashqlarni zavqlanib bajarish bilan ma’lum ma’noda ma’naviy oziqa, qolaversa, dam olish imkonini yaratishiga ham e’tibor qara­tish zarur. Bunday elektron lug‘atlarga www.lingualeo.ru va boshqalar misol bo‘la oladi. Shu bilan birga, bunday lug‘atdagi har bir so‘z foydalanuvchiga ko‘p bor qayta taqdim etilisi mumkin, bu esa uni o‘zlashtirishda mazkur so‘zning to‘g‘ri yozilishi, tilda so‘zlashuvchi xalq vakillari tomonidan leksik talaffuzi xotirada mustahkam joylashib, matnlarni tarjima qilishda qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.Ma’lumki, zamonaviy yoshlar o‘z davrining madaniyati vakil­lari bo‘lib, ularga ko‘proq vizual obrazlar ta’sir ko‘rsatadi, boshqacha aytganda, material an’anaviy usulda emas, balki audiovizual vositalar yordamida yanada tezroq va samarali o‘zlashtiriladi. Masalan, tilda so‘zlashuvchi mamlakat haqidagi mavzu odatda, an’anaviy usulda bir necha rasmlardan iborat matndan foydalanib, o‘qitilgan. Ushbu usul doim ham kutilgan natijani bermagan. Zamonaviy ta’lim usullarida esa mazkur muammoni hal etishga o‘zining autentikligi, ko‘rgazmaliligi va interaktivlik baxsh etuvchi Power Point dasturida tayyorlangan taqdimotlar, filmlar, slayd-shou, shuningdek, virtual sayohatlar, internet-saytlar yordam beradi. AKT vositalaridan foydalanib, dars o‘tish jarayonida chet tilida videosujet namoyish etish yanada ko‘proq samarali bo‘ladi. O‘quvchilar zavq bilan tomosha qiladilar va topshiriqlarni qiziqib bajaradilar. Natijada filmlarni o‘z original tilida ko‘rib, tilni o‘zlashtirishlari oson bo‘ladi. Biroq filmlarni to‘liq tomosha qilish juda ko‘p vaqtni olishi, bunga esa darsga ajratilgan vaqt imkoniyati yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli ham Internet-resurslaridan uyda ham foydalanib, tarmoqdan foydali axborotlarni olish, masalan: MOOC (Massive Open On-line Courses)ni tavsiya etish mumkin..

2.3 Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashga doir keng ko‘lamda ishlar olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plandi. Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. Malumki ushbu yo`nalishni amalga oshirishda eng birinchi chet tilini o`rganishda qaratildi. Chet tilini ayniqsa ingliz tilini o`rganishda axborot vositalarni qo`llash undagi dasturlarni ishlab chiqarish ham talablarni amalga oshirish o`zini natijalarini bermoqda. Albatta bularni barchasi zamonaviy dasturlar bo`lib o`quv jarayonida foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan qulayliklar majmuasiga aytiladi.

Zamonaviy o’quv electron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga ega bo’lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko’rsatdi. Elektron o’quv nashrlar klassifikatsiyasi asosida ham o’quv, ham electron hamda dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi.O’quv jarayonining asosiy turi ma’ruza hisoblanadi. Ma’ruza –talabalar tomonidan o’zlashtirilishi kerak bo’lgan o’quv materiali uchun yo’naltiruvchi asos bo’lgan bilimlarni shakllantiruvchi o’quv jarayonining tashkil qilinish shaklidir. Ma’ruzaning uchta asosiy turi mavjud bo’lib, ular kirish ma’ruzasi, infomatsion ma’ruza va obzor ma’ruzalaridir.O’rganilayotgan fan predmeti va didaktik maqsadlardan kelib chiqib, ma’ruzalarninng quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin: muammoli ma’ruza, visual ma’ruza, press-konferensiya m’ruza va hokazo.Ma’ruzalarda qo’llaniluvchi elektron o’quv nashrlari bayon etiluvchi materialni videotasvirlar, ovozli animatsion roliklar bilan boyitish, ma’ruzachiga murakkab jarayonlarni namoyish etishga yordam berishi kerak. Nazariy materialni o`rganishni tashkil etishda quyidagi turdagi elekctron o’quv nasrlaridan foydalanish mumkin:

•Videoma’ruza.Ma’ruza videokamera yordamida yozib olinadi.Ushbu ma’ruza turining yutuqli tomoni uni qilay vaqtda takror eshtish mumkinlgi va qiyin joylariga to’xtab ketish imkoniyatining mavjudligidir.

•Multimedia ma’ruza.Mustaqil ta’lim uchun o’rgatuvchi interaktiv dasturlar yaratilishi mumkin.Bunday o’quv qo’llanmalaridan foydalanishda har bir o’quvchi o’zi uchun qulay bo’lgan o’rganish traektoriyasini , optimal o’rganish tempini va usulini tanlashi mumkin. O’zlashtirish ko’rsatkichi ko’p jihatdan nazorat qiluvchi vositalar hisobiga ham ko’tarilishi mumkin.

•An’anaviy nashrlar: elektron ma’ruza matnlari, tayanch konspektlar, nazariy materialni o’rganish bo’yicha uslubiy qo’llanmalar va hokazo.

Talabalarning axborot texnologiyalari asosidagi mustaqil ta’limi quyidagilarni o’z ichiga oladi: electron darslik bilan ishlash, videokolleksiyalarni tomosha qilish, audiokassetalarni eshitish, kompyuterli trenajerlarda ishlash, kompyuterli testdan o’tish va boshqalar.

Hozirgi paytda bilimlarni nazorat qilishning barcha turlarini elektron o’quv nashrlari yordamida maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari asosida amalga oshirish mumkin.Ayniqsa, elektron o’quv nashrlaridan joriy va oraliq nazorat tizimida foydalanishning samarasi yuqoridir. Kompyuter test dasturlari o’rganuvchilar uchun o’z-o’zini nazorat vositasigina bo’lib qolmay, joriy va oraliq nazoratning vazifasini o’z ustiga oladi.Bunday test dasturi o’zgartirish mumkin bo’lmaydigan mustaqil programma bo’lishi yoki o’qituvchi tomonidan to’ldirib, modifikatsiyalandigan qoboq dastur ham bo’lishi mumkin.Tarix ta’limida o’quv amaliyotining muhim ahamiyati bor. Kompyuter imitatsion modellar, trenajerlar vositasi bo’lib xizmat qiladi.Kompyuter dasturlari yordamida arxiologik qazilmalarga, etnografik materiallar yig’ish, yodgorliklarni rekonstruksiyalash, arxiv xujjatlari bilan tanishishga tayyorgarlik treninglari tashkil etilishi mumkin.Arxiv va muzeylarni kompyuterlashtirish arxiv va muzey praktikasini msofadan o’tqazish imkonini yaratadi.O’quv elektron vositalari qatorida O’quv-uslubiy majmualar muhim o’rin tutadi. O’UM lar nazariy material bilan birga amaliy vazifalar, testlar , ilovalar va boshqalarni saqlaydi.O’UM lar strukturalangan mantiqan bog’langan didaktik elamantalardan tashkil topgan raqamli va analog shakldagi multimedia kurslari sifatida taqdim etilishi mumkin.Zamonaviy o’quv multimedia kursi – video va audio materiallar bilan boyitilgan matnli interaktiv materialgina bo’lmay, undagi o’quv materiallari turli shakl va turli axborot tashuvchilarda joylashtirilishi kerak.Multimedia kurs ta’lim oluvchiga illyustrativ, ma’lumotli, trenajerli va nazorat qiluvchi qismlari yordamida kompleks ta’sir o’tkazish vositasi hisoblanadi. O’UMning asosini uning interaktiv qismi egallaydi.Ushbu qism faqat kompyuterda realizatsiyalanadi. Unga quyidagilar kiradi:

-elektron darslik;

- electron ma’lumotnoma;

- trenajerli majmua;

- misol va masalalar to’plami;

- electron laboratoriya praktikumi;

- kompyuterli test tizimi.

Elektron darslik nazariy materialni mustaqil o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, unung gipermatnli tuzilishi individual ta’lim traektoriyasi bilan ishlash imkoniyatini beradi.

Elektron xrestomatiya – darslik mazmunini to’ldiruvchi matnlar to’plamidir. Xrestomatiya tarkibiga xujjatlar, badiiy asarlar va ulardan parchalar kiritilishi mumkin. Xrestomatiyaga kiritilgan matnlarning xususiyatlari yoritilgan metodik ko’rsatmalar o’quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko’rsatmalar matn bilan o’quv materiali orasidagi bog’lanishni amalga oshruvchi hamda o’quvchi-talabalarning seminar ba amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishida yo’naltiruvchi vosita hisoblanadi.

Elektron ma’lumotnoma foydalanuvchiga zarur vaqtda kerakli axborotni kompakt shaklda tezkor olish imkoniyatini beradi. Odatda elektron ma’lumotnoma terminlarning ro’yxatidan iborat bo’lib, ro’yxatning har bir elementi giperaktiv hisoblanadi, ya’ni uni faollashtirish natijasida termin

mazmuni, tarjimasi yoki izoxi keltirilgan giperssilkaga murojaat etiladi.Elektron ma’lumotnomaning mavjudligi ixtiyoriy O’UM uchun zaruriy shart hisoblanadi.

Tarix ta’limida Internet resurslari. Elektron o’quv nashrlari ichida Internetda joylashtirilgan tarmoq resursalari ko’proq tarqalmoqda.Tarixiy mavzudagi Internet resurslarining ham soni ortmoqda.Asta-sekin tarixiy resurslarning berilganlar bazalari, maxsus katalog va qidiruv tizimlari vujudga keldi. Tarmoq ilmiy-ta’lim resurslari bilan ishlash o’ziga hos xususiyatlarga ega bo’lib, tarmoqda ,brauzerlar bilan ishlash malakasini, Internetda axborot izlash , uni qayta ishlash va saqlash usullari bilan tanish bo’lishni talab etadi.Internetda ishlamoqchi bo’lgan tarixchi oldida turadigan birinchi muammo – axborot qidirish muammosidir.Keyingi muammo – topilgan resurslarning ta’lim maqsadlarida foydalanishga yaroqliligini aniqlashdan iborat. Davlat ta’lim standartlariga mos kelish nuqtai nazaridan tekshirilmaydigan ko’plab tarixiy resurslar mavjuddir. Ixtiyoriy kursni o’rganish jarayonida Internetdan olingan o’quv qo’lanmasining ta’lim muassasasi o’quv dasturiga mos kelmasligi muammosi vujudga kelishi mumkin.Internetdan olinadigan ma’lumotlarning nihoyatda turli-tuman xarakterda ekanligi ularni qayta ishlash uchun kerak bo’ladigan dasturiy va texnik vositalarni tanlash muammosi lelib chiqadi.Matnli, grafik, audio-video axborotlarni tasvirlashning ko’plab formatlari mavjud.Ushbu muammolarni hal etishning ba’zi yo’llarini ko’rib o’tamiz. Nimani qidirish kerak? – bu savolga javob berishda o’z ta’lim faoliyatida tarixchi o’quv rejasiga murojaat etadi. Shunindek strukturasi, taqdim etilish tipi, maqsadi va bayon etilash shakli jihatidan farq qiluvchi axborot xarakterini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Qanday izlash kerak bo’ladi? – zaruriy axborotning Internetdagi joyini toppish uchun ushbu axborot joylashtirilgan resurslarni qidirish lozim bo’ladi. Bunday ma’lumotlarni qidiruv tizimlarining berilganlar bazalarida, qidiruv kataloglaridan topish mumkin.Asosiy rus tilidagi qidiruv tizimlariga rambler, yandex, aport, google’ lar kiradi.Bunday tizimlarda qidiruv matn ko’rinishida ifodalangan so’rovlar asosida amalga oshiriladi. Amalda bir nechta qidiruv tizimlarinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki qidiruvtizimlarining berilganlar bazalari bir-biridan farq qiladi.Maxsus tarixiy kataloglar biror qidiruv, axborot yoki ilmiy-tadqiqot resursi tarkibida yoki mustaqil resurs sifatida mavjud bo’ladi. Qidiruv tizimlaridan farqli ravishda kataloglar foydalanuvchilar umidlarni ko’proq darajada oqlaydilar, chunki qidiruv oldindan tanlangan mavzu bo’yicha materiallar ichida amalga oshiriladi.

Chet tili o`qitishda kerakli bo`ladigan asosiy multimedion qurilmalarni roli katta hisoblanadi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda visual materiallar audio qurilmalar o`qitish jarayonini faollashtirishni yanada mustahkamlaydi. Multimedia vositalari bilan dars jarayonlarni o`tish texnologiya rivojlanishi ya`ni XX- asrdan boshlangan bo`lsa ham undagi natijalarni samaradorligi qoniqarli ekanligini ko`rishimiz mumkin.

Ta`lim jarayonida ko`pgina o`qituvchilarni duch kelgan muammolari shundaki, ularni multimedion axborot resurslari bilan ishlashidir. Ma`lumki hozirda maktablarda ko`pgina darslarni o`tish jarayonida kompyuter texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirilishi hech kimga sir emas. Ushbu holat shuni aytish lozimki maktablarda yoki boshlang`ich ta`limda yosh avlodni tarbiyalshda o`qitish metodikasini mukammal egallagan malakali kadrlar ehtiyojini qondirish eng birinchi maqsad hisoblanadi. Chunki bunday innovatsion yangiliklarga asosan tarbiya beruvchi hamda unga yo`naltiruvchi shaxs tayyor turishi hamda mukammal bilimga ega bo`lishi shart.

Odatda multimedia degan tushuncha haqida so`z yuritilganda ko`z oldimizga harakatlangan hamda tovush orqali bizga ma`lumot yetkaziladigan axborotni tushunamiz, lekin eng avvalo ushbu jarayonni amalga oshirilishini va paydo bo`lishini bilish maqsadning boshi hisoblanadi. Ushbu atama XX asr boshlarida paydo bo`lgan bo`lib hozirda ta`limda o`z o`rnini topgan. Multimediali dastur asosan matn shaklida, video, ovoz hamda taqdimot shakllarda bo`lishi mumkin. Uning qulayliklaridan biri shundaki ma`lumotni qabul qilish oson tez hamda sifatli bo`lishi yanada multimediyani imkoniyatlarini namoyon qiladi. Multimediya deganda undagi o`z ichiga oladigan elementlarisiz tasavvur qilib bo`lmaysi. Chunki ushbu vosita elemetlarsiz vujudga kelmaydi, ularning eng birinchi asosi bu axborot

hisoblanadi, sababi axborot orqali boshqa innovatsion vositalar rivojlanishini ko`rishimiz mumkin. Multimediya deganda undagi modellarni ham esdan chiqarmaslik kerak zero imitatsion modelllar bu multimediya vositalari va maxsus dasturlar orqali hosil bo`lgan natija hisoblanadi. Ushbu dasturlarni hozirda nafaqat yevroppa davlatlarida balki Respublikamizda ham ko`pgina olimlar hamda professor o`qituvchilar tomonidan foydalanilib o`quv jarayonlarida taqdim qilinmoqda. Xususan professor M.X.Lutfillayev, M.M.Aripov, A.A.Abduqodirov, R.Boqiyev, S.S.Gʻulomov, A.X.Abdullayev. Ularning ishlarida virtual stend yaratish va ularni oʻquv jarayoniga qoʻllash bugungi kunning dolzarb masalalardan biri ekanligi koʻrsatilgan. Ta’limga axborot texnologiyalarini joriy etish muammolari boʻyicha A.H.Abdullayev, M.H.Lutfullayev, A.R.Maraximov, A.Nishanov, O.N.Roʻzimurodov, M.X.Gʻulomova, R.H.Hamdamov va boshqalar ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishgan. Pedagogik dasturiy vositalar va elektron oʻquv-uslubiy adabiyotlar yaratish muammolari boʻyicha F.Zakirova, K.Tursunmetov, N.I.Taylaqov, M.N.Soy, A.Gʻ.Hayitov va boshqalar tadqiqot ishlari olib borishgan.Oʻquv materiallarini obrazlar koʻrinishida talabalarga taqdim etishda axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari asosida ularning kompyuter imitasion modelini yaratish orqali amalga oshirish oʻquv jarayoni samaradorligini oshirishga olib kelishi bir qator ilmiy tadqiqot ishlarida oʻrganilgan.

XULOSA


Men Ta’limda axborot texnologiyalari fanidan "Tilga oid resurslar bilan ishlash" mavzusi asosida referat tayyorlash jarayonida koʻplab ma'lumotlardan, manbalardan foydalandim va kerakli maʼlumotlarga ega boʻldim. Jumladan,

MAVZU YUZASIDAN TESTLAR.







Download 172,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish