Navoiy davlat pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,56 Mb.
Sana09.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#762821
Bog'liq
rabbimova m kurs ishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI


NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI

Umumiy biologiya” kafedrasi


Biologiya o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi




I kurs magistranti


Rabbimova Mohichehraning


Organik olamning rivojlanishi va Antropologiya fanidan


KURS ISHI


Mavzu: Bo’g’imoyoqlilar kelib chiqishi va filogeneyasi


Bajardi: Rabbimova M.S.


Tekshirdi: Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) Ummatova


REJA

Kirish:

Asosiy qism:
1.Bo’gimoyoqlilarning tashqi morfologiyasi va ichki anatomiyasining tuzilishi
2.Bo’g’imoyoqlilarning yer yuzida tarqalishi
3.Bo’g’imoyoqlilarning sinflarga bo’linishi
4.Bo’g’imoyoqlilarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish qismi

Bo‘g‘imoyoqlilarning kelib chiqishi. Bo‘g‘imoyoqlilarning ajdodlari tuban tuzilgan halqali chuvalchanglar hisoblanadi. Trilobitlar halqali chuvalchanglar bilan bo‘g‘imoyoqlilar o‘rtasidagi oraliq hayvonlar hisoblanadi. Ularning tuzilishi ko‘p tukli halqalilarga o‘xshash bo‘lib, har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan bir xil


tuzilgan oyoqlari bo‘ladi. Tarixiy rivojlanish jarayonida halqali chuvalchang
larning suzgich o‘simtalari oyoqlarga aylangan;yupqa terisi qalinlashib, xitin qoplag‘ichni hosil qilgan. Ana shu yo‘l bilan halqali chuvalchanglardan sodda tuzilgan qadimgi bo‘g‘imoyoqlilar – trilobitsimonlar, ulardan qisqichbaqasimonlar
va o‘rgimchaksimonlar, hasharotlarning esa qisqichbaqasimonlardan paydo bo‘lganligi taxmin qilinadi.
Bo‘g‘imoyoqli hayvonlar tanasi qattiq va pishiq kutikula bilan qoplangan. Uning asosiy qismi xitindan tuzilgan. Tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Oyoqlari halqali chuvalchanglarning parapodiylaridan kelib chiqqan. Tanasi boshko‘krak va qorindan iborat. Oyoqlar harakatlanishdan tashqari antenna, sezgi organi, jag‘, nafas olish yoki jinsiy funksiyalarni o‘taydi. Muskullari bajaradigan vazifasiga qarab differensiyalashgan. Bosh qismidagi muskullar chaynash, ko‘krak muskullarining ko‘ndalang bog‘lami tanani harakatga keltirish vazifasini bajaradi. Bu bo‘g‘imoyoqlilarning halqali chuvalchanglardan farqlantiruvchi nihoyatda muhim xossasidir. Chunki halqali chuvalchanglar teri-muskul haltasi va tana muskullarini qisqarishi tufayli harakatlana-dilar. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar yassi muskullaridan keskin farq qiladi.
Tana bo‘shlig‘i miksotsel: ikkilamchi tana bo‘shlig‘i selom bilan birlamchi tana bo‘shlig‘i qoldig‘ini qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.Ovqat hazm qilish sistemasi og‘iz, qizilo‘ngach, oshqozon, o‘rtalar va jigardan iborat. Qon aylanish sistemasi ochiq. Qon tana suyuqligi bilan aralashib gemolimfani hosil qiladi. Yurakdan chiqqan qon tomirlar tana bo‘shlig‘iga ochiladi. Nafas olish organlari jabra, o‘pka yoki traxeyalardan tashkil topgan. Jabralar yirik qisqichbaqalar uchun xos bo‘lib, dengizlarda yashovchi halqali chuvalchang jabralarining o‘zgarishidan kelib chiqqan. Mayda qisqichbaqasimonlarda maxsus nafas olish organlari rivojlanmagan. Shu sababli ular tana yuzasi orqali nafas oladi. Traxeya va o‘pka bilan nafas olish quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilarga xos. Traxeyalar hayvonot dunyosida faqat bo‘g‘imoyoqlilarda uchraydigan nafas olish sistemasidir.
Suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilarning ayirish sistemasi halqali chuvalchanglarni metanefriylarning o‘zgarishidan hosil bo‘lgan bir juft naysimon bezlardan tuzilgan. Quruqlikda hayot kechiruvchi o‘rgimchaklar, ko‘poyoqlilar, hasharotlarda namlikni tejab sarflashga moslashgan malpigi naychalar rivojlangan.
Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh nerv tugunlari ya’ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tadigan nerv tomirlar va qorin nerv zanjirlaridan tuzilgan. Ko‘zlari bitta linzadan iborat oddiy yoki ko‘p linzali murakkab ya’ni fasatkali bo‘lishi mumkin. Bir qancha bo‘g‘imoyoqlilarda ovoz chiqarish, eshitish, hid bilish, muvozanatni saqlash, tuyg‘u organlari ham rivojlangan. Yuksak bo‘g‘imoyoqlilar shartli reflekslarni oson hosil qiladi.
Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar ayrim jinsli, ba’zan esa partenogenez orqali ko‘payadi. Suvda yashaydigan bo‘g‘imoyoqlilarda tashqi, quruqlikdagilarda ichki urug‘lanish bo‘ladi. Ayrimlari tirik tug‘adi. Ko‘pchiligi metamorfoz orqali rivojlanadi.
Bo‘g‘imoyoqlilar jabra bilan nafas oluvchilar, xelitseralilar, traxeyalilar va trilobitsimon kenja tiplardan tuzilgan.
Bo’g’imoyoqlilar tipi nihoyatda xilma-xil tuzilgan va xar hil muxitga moslashgan 2mlndan ortiq umurtqasiz hayvonlarni o’z ichiga oladi.Bo’g’imoyoqlilar tipiga mansub bo’lgan hayvonlar tuzilishining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat.
1.Tanasi qattiq va pishiq xitinli kutikula bilan qoplangan.Kutikulani tana devorining gipoderma qavatidagi hujayralar ishlab chiqaradi.Kutikula hayvonlar tanasini kimyoviy va mexanik jarahotlanishdan himoya qilishi bilan birga tana organlar uchun tayanch skelet vazifasini ham otaydi
2.Bo’g’imoyoqlilarning tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan.Tana bo’g’imlarning tuzilishi va o’lchami har xil geteronom bo’ladi.Kutikula har bir tana bo’g’imida to’rtda plastinka-skleritlarni hosil qiladi.Orqa plastinka tergit,ikki yon plastinkalar plevrit va ostki qorin plastinkasi sternit deyiladi.Bo’g’inoyoqlilarning oyoqlari xalqali chuvalchanglarning parapodiy o’simtalaridan kelib chiqqan bo’lib tanasi harakatchan birikadi.
3.Bo’g’imoyoqlilarning tanasi bosh,ko’krak va qorin qismlardan iborat.Bosh qism akrondan va to’rtta tana bo’g’imidan kelib chiqqan.Bo’g’imoyoqlilarning boshida sezgi va oziqlanish uchun zarur bolgan a’zolar joylashgan.Ko’krak bo’limi 3-8bo’gimlardan tashkil topgan unda yurish oyoqlari va qanotlari (hasharotlarda)joylashgan.
4.Bo’g’imoyoqlilarning muskullari tanada to’p-to’p bo’lib joylashgan ko’ndalang targ’il muskullardan iborat.
5.Tana bo’shlig’i aralash bo’shliq-mikaoseldan iborat.
6.Qon aylanish sistemasi ochiq tanasining orqa tomonida joylashgan uzunchoq yoki pufakka o’xshash yurakdan boshlanadi.Qon yurakka klapanli teshiklar-ostiylar orqali o’tib,to’g’ridan-to’gri yoki bir necha tomirlar (arteriyalar)orqali tana bo’shlig’iga chiqib ketadi.Qoni tana suyuqligi bilan aralashib ketadi shuning uchun gemolimfa deyiladi
7.Nafas olish organlari jabra,o’pka yoki traxeyalardan iborat.
8.Suvda hayot kechiruvchi bo’g’imoyoqlilar ayirish sistemasi xalqali chuvalchanglar metanefridiylarining o’zgarishidan hosil bo’lgan bir juft naysimon koksal bezlardan iborat.Quruqlikda yashovchi vakillarda malpigi naychalari orqa ichakning oldingi qismiga ochiladi
9.Nerv sistemasi bir juft bosh nerv tugunlari ya’ni bosh miya xalqumni aylanib o’tadigan nerv tomirlar-konnektivalar va qorin nerv zanjirlaridan iborat.
10.Ko’pchilik bo’g’imoyoqlilar ayrim jinsli yoki faqat jinsiy urug’lanish orqali partenogenez
Bo’g’imoyoqlilar(Arthropoda)tipi, O’rgimchaksimonlar(Arachnida)sinfi. chayon falanga kananing tashiq va ichki tuzilishi:
Chayon:Tanasining uzunligi 10 santimetrdan ortiqroq bo‘lishi mumkin. U Rossiyada Markaziy Osiyo, Zakavkaze va Krimda uchraydi. Tanasi boshko‘krak, qorin qismlariga bo‘linadi, Boshko‘krak qismi yelka tomonidan umumiy qalqon - karapaks bilan qoplangan. Uning yelka tomonida juft tepa ko‘zlari, yon tomonida esa bir necha juft nisbatan kichikrok ko‘zchalari bo‘ladi. Boshko‘krakning oldingi qismida bir juft xelitseralar joylashgan. Bular o‘zgargan oyoqlardir. Ular uch bo‘g‘imdan iborat. Birinchi bo‘g‘im qisqa bo‘lib, qolgan ikki bo‘g‘imi qisqich hosil qiladi. Uning ichki yuzasi xitindan iborat «tishcha» larga egadir. Xelitseralar yordamida chayon ovqat maydalaydi. Keyin zahar bezlari ishlab chiqariladigan zahar suyuqligi ta’sirida chala suyuq holatga aylantirilgan ovqatni so‘rib ovqatlanadi. Boshko‘krak qismining ikkinchi juft o‘simtasi bu pedipalpalardir (paypaslagich oyoq). Ularning har biri 6 ta bo‘g‘imdan tashqil topgan, keyingi ikki bo‘g‘imi haqiqiy qisqichni hosil qiladi. Pedipalpalar asosan sezish vazifasini bajaradi, lekin ular ovqatni (hasharotlarni) tutish va ushlab og‘izga olib kelishda ishtirok etadi (51-rasm).

Chayonning yurish oyoqlari 4 juft.


51-rasm. Chayon (Butchus eupeus) ning orqa va qorin tomonidan ko‘rinishi.
1-bosh ko‘krak qismi; 2-xelitsera; 3-pedipalpa; 4-yurish oyoqlari; 5-telson; 6-nayza; 7-I-VII-oldingi qorin segmentlari; 8-VIII-XII-keyingi qorin segmentlari; 9-anal teshigi; 10-nafas olish teshiklari; 11-taroqsimon o‘simta; 12-jinsiy qopqoqchalar.
O’RGIMCHAKLAR TURKUMI(Aranei)

Qoraqurt (Lathrodestus tredesimguttatus)


Kanalar turkumi (Acari)


Qoraqurt

Yaylov kanasi (Ixodes ricinus) ning tuzilishi


Yaylov kanasi (Ixodes ricinus) ning tuzilishi.
A- urg‘ochisi: B- xartumchasi: S-qorin tomonidan ko‘rinishi: 1-xartum; 2-tana qismi; 3-yurish oyoqlari; 4-asosiy xartumi; 5-pedipalpa; 6-gipostom; 7-xelitseralar; 8-xelitsera qini.
Jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata) kenja tipi. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi. Tuban qisqichbaqasimonlar: dafniya va siklop
1. Dafniya (Daphnia pulex)ning tuzilishi
Dafniya shoxdor mo’ylovli qisqichbaqalar (Cladocera) ya’ni suv burgalari kenja turkumiga mansub bo‘lgan mayda qisqichbaqasimonlar. Ular har xil hajmdagi chuchuk suv havzalarida, sholipoyalarda uchraydi. Tanasi 1-3 mm kattalikda bo‘lib, ikki yon tomonidan yassilangan va xitindan iborat to‘rsimon chig‘anoqning ichida joylashgan.
Dafniyaning boshi yarim shar shaklida bo‘lib, uning oldingi qismi tumshuqsimon cho‘zilgan bo‘ladi. Bosh qismidagi antennulalari rivojlanmagan, ular qisqagina o‘simta shaklida, juft antennalari esa ancha uzun bo‘lib, ularning har biri ikki shoxchadan tashkil topgan. Bular dafniyaning harakatlanish organidir. Antennalar yordamida dafniya suvga tayangan holda sakrab harakatlanadi, shunga ko‘ra u "suv burgasi" deb ham ataladi. Shuningdek, dafniyaning bosh qismida bittadan murakkab yoki fasetkali ko‘zi va oddiy nauplius ko‘zchasi joylashgan (54- rasm).
Ko‘krak qismidagi 5 juft yassi oyoqchalarida jabralari bor dafniyalar filtrlovchilardir.

Dafniyaning ichki organlaridan ovqat hazm qilish tizimini, yurak va nasl xonasini ko‘rish mumkin. Dafniyalarning o‘rta ichagi «jigar» o‘simtasi deb ataluvchi juft o‘simta hosil qiladi. Yurak tananing yelka tomonida joylashgan. Dafniyalarda qon tomirlari bo‘lmaydi. Yurakning ikki yon tomonida bittadan qon kiradigan va oldingi tomonida bitta qon chiqadigan teshikchalar — ostiyalari bor. Yurak qisqarganda qon vazifasini bajaradigan gemolimfa suyuqligi uning oldingi teshikchasidan chiqib, bosh tomonga yo‘naladi.

Dafniyalar ayrim jinsli, erkaklari urg‘ochilariga nisbatan kichikroq bo‘ladi.y

Dafniya (Daphnia pulex) ning tuzilishi.


1
- antennula; 2-antenna; 3-nauplius ko‘z; 4-murakkab ko‘z; 5-maksillyar bez; 6-yurak; 7-ko‘krak oyoqlari; 8-ayricha; 9-nasl xonasi; 10-tuxumdon; 11-muskullar;
Dafniya

Yuksak qisqichbaqasimonlar. O‘noyoqlilar turkumi (Decapoda). Daryo qisqichbaqasining tashqi va ichki tuzilishi.


Daryo qisqichbaqasi deyarli hamma joylardagi chuchuk suv havzalarida keng tarqalgan. Uning tanasi yoshiga va jinsiga qarab 8-15 sm uzunlikda bo‘ladi.. Tanasi xitindan iborat kutikula bilan qoplangan bo‘lib, u boshko‘krak (cephalothorax) va qorin (abdomen) qismlariga bo‘linadi. Boshko‘krak qismi umumiy qalqon-karapaks bilan qoplangan. U boshining oldingi qismida uchli o‘simta-rostrum hosil qiladi. Ko‘krakning ikkala yon tomonida esa karapaks jabra bo‘shlig‘ini qoplab turadi.
Qisqichbaqalar ayrim jinsli. Jinsiy dimorfizm (qarama-qarshi jinslarning bir-biridan farqi) aniq Daryo qisqichbaqasining tanasi akron (bosh qismining birinchi segmenti) va telsondan (tanasining oxirgi segmenti) tashqari 18 ta segmentdan iborat. Bu segmentlarning har birida juft o‘simtalar bo‘lib, ular turli xil vazifalarni bajarishga moslashgan va o’z shakli jihatidan o‘zgargan oyoqlar bo‘lib hisoblanadi. Biz ularning tuzilishini, joylanishini va bajaradi
Qisqichbaqaning qorin qismi 6 segmentdan iborat. Shunga muvofiq unda 6 juft oyoqlar mavjud. Bularning eng oxirgisi-oltinchi jufti suzgich plastinkalar yoki uropodalardir. Ular bo‘g‘imlarga bo‘linmagan va ancha yassilangan. Uropodalar qisqichbaqa tanasining oxirida joylashgan telson bilan birgalikda suzgich yoki "dum elpig‘ichi" ni hosil qiladi. Uning yordamida qisqichbaqa orqa tomoni bilan oldinga qarab ham suza oladi. Qisqichbaqaning qorin qismidagi hamma oyoqlari ikkita ayrichadan-ichki endopodit va tashqi ekzopoditlardan iboratdir (56-rasm). Ko‘krak qismi 8 segmentdan tashkil topgan bo‘lib, ularda uch juft jag‘oyoqlar va 5 juft yurish o
yoqlari joylashgan.
Daryo qichqichbaqasi
BO’G’IMOYOQLILAR (Arthropoda) umurtqasiz hayvonlar tipi. Bo’g’imoyoqlilarning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi to’g’risidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan. Eng qadшьпш bo’g’imoyoйlilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi. Ordovik va silur davrida Bo’g’imoyoqlilar quruqlikka chiqishgan. Bo’g’imoyoqlilarning tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan (Bo’g’imoyoqlilar nomi ham ana shundan olingan), ikki tomonlama simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin qoplog’ich tashqi skelet funktsiyasini ham bajaradi, unga ichki tomondan muskullar birikadi. Tana bo’g’imlari geteronom, ya’ni ularning shakli va kattaligi har xil bo’ladi. Bo’g’imoyoqlilar tanasi, odatda, bosh, ko’krak va qorin bo’limlaridan iborat. Lekin ba’zan tananing turli bo’limlari o’zaro har xil tarzda birikib ketishi mumkin. Bo’g’imoyoqlilarning bosh bo’limi bosh bo’lagi — akrondan va 4 tana bo’g’imlarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Ko’krak va qorin bo’limlaridagi bo’g’imlar har xil sistematik guruhlarda bir xil bo’lmaydi. Bo’g’imoyoqlilar tanasidagi har bir bo’g’im dastlab bir juftdan nayga o’xshash o’simtaga ega bo’lgan, keyinchalik bu o’simtalar jag’lar, yurish oyoqlari, suzgich organlar, so’rg’ichlar, o’rgimchak bezlari va boshqa organlarga aylangan yoki yo’qolib ketgan. Bo’g’imoyoqlilar jabra, traxeya yoki o’pka orqali nafas oladi. Birlamchi ovqat hazm qilish sistemasi ektodermadan hosil bo’lgan oldingi va keyingi ichakdan, endodermadan hosil bo’lgan o’rta ichakdan hamda ular bilan bog’langan so’lak va hazm bezlaridan iborat. Ayirish organlari kelib chiqishi va funktsiyasiga ko’ra, halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga o’xshash bo’lgan antennal, koksal va maksillar bezlar — tselomoduklardan yoki ichak o’simtalari — malpigi naychalaridan iborat. Qon aylanish sistemasi ochiq, qon aylanish organlari har xil darajada rivojlangan. Nerv sistemasi gangliylarning qo’shilishidan hosil bo’ladigan bosh miya va qorin nerv zanjiridan iborat. Qorin nerv zanjiridagi nerv gangliylari tana bo’g’imlarining o’zgarishiga mos holda turli darajada kontsentrasiyalashgan bo’ladi. Ko’pchilik Bo’g’imoyoqlilarning yaxshi rivojlangan sezgi organlari, jumladan murakkab fasetkali ko’zlari, har xil mexano va xemoreseptorlari, eshitish, muvozanat saqlash, ovoz chiqarish organlari bo’ladi. Deyarli barcha Bo’g’imoyoqlilar ayrim jinsli. Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Jinsiy yo’l bilan (ba’zan partenogenez) ko’payadi. Ko’pchilik turlari metamorfoz orqali rivojlanadi. Qattiq tana qoplog’ichi Bo’g’imoyoqlilarning o’sishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun Bo’g’imoyoqlilar faqat eski xitin qoplog’ichni tashlash (tullash), yangi xitin pust hosil qilish orqali o’sadi. Tana bo’shlig’i aralash tipda (miksosel). Muskullari to’pto’p bo’lib joylashgan. Ko’pchilik Bo’g’imoyoqlilarning yuragi naysimon, ko’p kamerali, qoni tana suyuqligiga o’xshash bo’lib, gemolimfa deyiladi. Bo’g’imoyoqlilar tipi 4 ta kenja tip: trilobitasimonlar (qazilma holda uchraydigan yagona trilobitlar sinfi), jabra bilan nafas oluvchilar (yagona qisqichbaqasimonlar sinfi), xeliseralilar (qilichdumlilar, o’rgimchaksimonlar sinflari), traxeyalilar (ko’poyoqlilar, hasharotlar sinflari) ga bo’linadi. 2 millionga yaqin turi bor. Yerda mavjud bo’lgan hamma yashash muhitlarini egallagan. Bo’g’imoyoqlilarning quruqlikda yashashga va havoda uchishga moslanishi hayvonot dunyosida sodir bo’lgan eng muhim o’zgarishlardan biri hisoblanadi. Bo’g’imoyoqlilar biosferada beqiyos katta ahamiyatga ega. Ko’pchilik ekosistemalardagi tirik organizmlarning asosiy qismini tashkil etishi, xilmaxil oziqlanishi tufayli Bo’g’imoyoqlilar tabiatda moddalar aylanishi jarayonini amalga oshiradi. Bo’g’imoyoqlilar oziq-ovqat va kiyim-kechak uchun xom ashyo manbai sifatida ham katta ahamiyatga ega. Bo’g’imoyoqlilar orasida organik qrldiqlarini o’zlashtirib, tuproq hosil bo’lishi jarayonida faol ishtirok etadigan; odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan va kasallik tarqatadigan; gullarni changlatib, o’simliklarning hosildorligini oshirishga imkon beradigan; qishloq xo’jalik ekinlarini yeb, zararkunandalik qiladigan turlari ham ko’p.


XULOSA
Bo’g’imoyoqlilar tipi boshqa tiplarga nisbatan keng tarqalgan bo’lib umurtqasizlar ichida murakkab tuzilgan hayvonlardir.Bu tip 3 kichik tipga jabra bilan nafas oluvchilar, xеlitsеralilar va traxеyalilarga bo’linadi. Traxеyalilarga ko’poyoqlilar va hasharotlar sinfi kiradi.Hasharotlar – Insecta 2 kеnja bo’limga bo’linadi. Tashqi tuzilish, integument Artropodlar ikki tomonlama nosimmetrik hayvonlardir.Ularning segmentlangan tanasi va bo'g'imlari bor (shuning uchun "artropodlar" nomi bilan bog'liq).
Artropodlar tanasining bo'shlig'i aralashadi: u rivojlanishning dastlabki bosqichlarida birlamchi va ikkilamchi bo'shliqlar birlashganda hosil bo'ladi.
Artropodlarda ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, chiqarish, asab va jinsiy a'zolar mavjud. Ularning asosiy ahamiyati tuproq unumdorligini oshirish va biofiltr vazifasini bajaradi.Bundan tashqari br nechta vazifalarni bajaradi ya’ni oziq janjirda iwtirok etish,xalq xo’jaligida oziq moddalar tayyorlash va biogumuslar ishlab chiqarish.
Masalan:Qisqichbaqasimonlar sinfiga kiradigan daryo qisqichbaqasining asosiy ozig’i suv o’tlari va kasal hayvonlar murdasi bilan oziqlanish ya’ni u suv ostini o’lik hayvonlar murdasidan tozalab biofiltr vazifasni bajarish.
Qisqichbaqasimonlar sinfining yana bir vakili zaxkash(eshakqurti) tuproqni yumshatish va uni chirindi moddalarga boyitadi.
Traxeya bilan nafas oluvchilar sinfiga kiradigan falanga chayonlar turkumi zararkulanda hasharotlarni qirib foyda keltiradi
Bunda tashqari bu tipning zararkulanda sinf vakillariyam bor masalan kanalar odam qonini so’rib turli xil kasalliklarni(terlama ensefalit tulyameriya)keltirib chiqaradi
Bo’gimoyoqlilar tipining sinflari bir biri bilan nafas olish ayirish ko’payish sezgi va nerv organlarining tuzilishi bilan farqlanadi.Bulardan eng kop uchridgan va keng tarqalgan traxeyalilar sinfi vakillari ular insoniyatga chiroy bagishlash bilan birga gullarni changlatish(Tukli arilar,kapalaklar arilar) zararkulanda hasharotlarga qarshi kurashish(tillako’z yaydoqchilardan:trixogramma inkarziya gabrobrakon)tabiiy sanitarlar(o’laksaxor go’ngxo’r qo’ng’izlar
Zararkulanda vakillari kelsak ikki qanotlilar turkumi pashshalar judayam tez ko’payib yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi
Pashshalar 2-4kunda 100-150tadan tuxum qoyadi va bir mavsumda btta pashshaning 8-10avlodi rivojlanadi va 5000000000ga yetishi mumkun avlodi bular keltirib chiqaradigan kasalliklar ichburug’ qorin tifi,vabo,sil ba’zilari o’ta xavfli kasallik bo’lib o’lim bilan tugashi mumkun.
2. To`g`ri qanotlilar, qattiq qanotlilar,parda qanotlilar, tanga qanotlilar va
1. Hasharotlarning turkumlari. boshqalar.
Bo’g’imoyoqlilar tipi umurtqasizlar ichida murakkab tuzilgan hayvonlardir. Bu tip 3 kichik tipga jabra bilan nafas oluvchilar, xеlitsеralilar va traxеyalilarga bo’linadi. Traxеyalilarga ko’poyoqlilar va hasharotlar sinfi kiradi.
Hasharotlar – Insecta 2 kеnja bo’limga bo’linadi.
1 - kеnja bo’lim – chala mеtamorfozali hasharotlar – Epimorpha kеnja bo’limi 2-kеnja bo’lim - to’la mеtamorfozali hasharotlar – Metamorpha
Bu kеnja bo’limlar turkumlarga ajratiladi.
Chala mеtamorfozali hasharotlar Epimorpha
turkum Suvaraksimonlar - Blattodea
turkum Bеshiktеvratarlarsimonlar - Mantodea turkum Tg’riqanotlilar - Orthoptera
turkum Palochniklar - Phasmoptera
turkum Uxovеrtkalar - Dermatoptera
turkum Tеrmitlar - Isoptera
turkum Vеsnyankalar - Plecoptera
turkum Pufakyooqlilar – Thysanoptera turkum Pichanxo’rlar -Copeognatha
turkum Soxtaxartumlilar - Pseudophinhota turkum Tеngqanotlilar - Homoptera turkum Yarimqattiqqanotlilar - Hemiptera
To’la mеtamorfozali Hasharotlar. Metamorpha
turkum. Qattiqqanotlilar yoki qo’ng’izlar – Coleoptera turkum. Burgalar - Aphaniptera
turkum. To’rqanotlilar - Neyroptera
turkum. Buloqchilar - Trichoptera
turkum. Tangachaqanotlilar yoki kapalaklar - Lepidoptera turkum. Pardaqanotlilar - Hymenoptera
turkum. Qo’shqanotlilar - Diptera
1- turkum Suvaraksimonlar - Blattodea
Suvaraksimonlar tabiatda turli sharoit - o’tlar orasida, barg ostida, o’rmonda yashaydi. Suvaraklardan: a) qora b) sarik v) Amеrika suvaragi mavjud. Suvaraksimonlarning og’iz apparati kеmiruvchi tipda tuzilgan bo’ladi. Tuxumini pillaga o’rab lichinkalar o’zgarishsiz rivojlanadi. Suvaraklarning ko’rish, tuyg’u, hid va ta'm bilish organlari rivojlangan. Tunda aktiv hayot kеchiradi. Qanotlarning oldingi jufti qattiq, 2-si pardaqanotlardan iborat bo’lib, tinch turganda oldingisining tagiga kirib turadi. Ba'zi turlarning urg’ochilarida qanot rivojlanmagan.
Qora suvarak. Qora suvarak qishda isitiladigan binolarda, xususan, eski hammom, oshxona, novvoyxonalarda va odamlar istiqomat qiladigan boshqa joylarda ko’p uchraydi. Bu hasharot iliq, nam va qorong’i joylarda yashashga moslashgan. Quruq va sovuq joyda yashay olmaydi. O’rta Osiyo sharoitida qora suvarak tabiatda xam uchraydi.
Qora suvarak tanasining uzunligi 2-3 sm kеladi. Tana qoplag’ichi qora yoki qoramtir-qo’ngiz tusda bo’lib, uning sirti loklanganga o’xshash yaltiroq turadi.
Qora suvarakning to’liq rivojlanishg davri xona haroratiga bog’liq bo’lib, bir nеcha yil, ba'zan 4-5 yilgacha davom etadi.
Hozirgi vaqtda suvaraksimonlarning 2500 dan ortiq turi ma'lum. Ko’pchilik turlari tropik mamlakatlarda tarqalgan. O’rta Osiyoda 22 tur suvarak uchraydi. Ular tunda aktiv hayot kеchiradi.
Suvarak xonadonlarda oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslantirish bilan dizеntеriya va boshqa ichak kasalliklari baktеriyalari va parazit chuvalchanglar tuxumlarini tarqatadi.
2- turkum Bеshiktеvratarlarsimonlar - Mantodea Bеshiktеvratarsimonlar daraxt barglari, o’tlar orasida topiladi. Bularning og’iz apparati kеmiruvchi tipda tuzilgan, qanotlari esa barg shaklida bo’ladi. Tuxumini o’simliklarga yopishtirib kеtadi. Bеshiktеvratalarning kattaligi 11 sm gacha еtadi bosh qismi uchburchak shaklida bo’lib, uning 2 yon tomonida fasеtkali murakkab yirik ko’zlar bo’ladi. Qanotlari 2 Beshiktebratar

juft, ular kuchsiz rivojlanaganidan ucholmaydi. Agar biron xavf tug’ilsa ular oldingi oyoqlarini ko’tarib, gavdasinin 2


yon tomonga qimirlatadi. Ana shu xarakati uchun ularga bеshiktеvratarlar dеydi.

3- turkum To’g’riqanotlilar - Orthoptera


Bu turkumga chirildoq va qora chigirtka kiradi. U sakrab yurishga moslashgan bo’ladi. Mo’ylovlari bor. Og’iz apparati kеmiruvchi tipda tuzilgan. Oldingi qanotlari uzun, kеyingi qanoti kеng bo’ladi. Urg’ochilarda tuxum qo’ygich bo’ladi, erkaklarida esa chirillagan tovush chiqaradigan maxsus organlar bo’ladi. Bularning ko’p turlari o’simliklar bilan oziqlanadi, ba'zilari ekinlarning xavfli zarakunandalaridir. Bu turkum 3 oilaga bo’linadi: 1) Chirildoqlar 2) qora chigirtkasimonlar 4) chigirtkasimonlar
4- turkum Palochniklar - Phasmodea
Palochniklarning vakillari qanotsiz bo’lib, shoxchalarga, butoqlarga o’xshaydi. Ular o’simliklarga qo’nganda bor-yo’qligi bilinmaydi. Kеlib chiqishi jihatidan
to’g’riqanotlilarga yaqin turadi. Bular o’simliklar bilan oziqlanadi, og’iz apparati kеmiruvchi tipda bo’ladi. Ko’p turlarning erkaklari kam, ba'zilariniki butunlay bo’lmaydi. O’rta Osiyo va Yevropa palochnigi ma'lum.
5- turkum Uxovеrtkalar - Dermatoptera
Uxovеrtkalar kunduzlari xilvat joylarga yashirinib, tunda hayot kеchiradi. Bog’larga katta zarar yеtkazadilar. Turkum vakili oddiy uxovеrtkadir. Ularning 2
tashqi bеlgisi bo’ladi: 1) Kaltaqanot 2) Qorin sеrkalari.
6- turkum Tеrmitlar - Izoptera
Tеrmitlar jamoa bo’lib yashaydilar. Bularning oilasini tashkil
qiladigan individlar: erkak, urg’ochi, ishchi «soldatlari»dan iborat. Jinsiy individlari qanotli, ishchi va soldatlari esa qanotsiz bo’ladi. Urg’ochi juda ko’p tuxum qo’yadi. Tеrmitlarning ko’plari zararli bo’lib, ular yovvoyi o’simliklarga, donli ekinlarga, mеbеl va kiyim kеchakka zarar yеtkazadi.
7-turkum Vеsnyankalar - Plecoptera
Vеsnyankalar tashqi ko’rinishidan kunlik kapalaklarga o’xshab kеtadi. Suvga tuxum qo’yadi. Ularning lichinkalari katta hasharotlarga o’xshaydi. Farqi qanotsiz bo’ladi. Traxеya jabrasi bilan nafas oladi. Suvda yashab rivojlanadi va qishlaydi. Ko’klamda voyaga еtgan kapalak bo’ladi. Chala o’zgarishli boshqa hasharotlardan farq qilib suvda yashashga moslashgan bo’ladi. Nimfa stadiyasining
borligi bilan ajralib turadi.
8-turkum Pufakoyoqlilar – Thysanoptera
Bularning kattaligi 0,5-1 mm kеladigan mayda hasharotlardir. Bular ko’pincha o’simlik gulidan topish mumkin. Og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda. Shu yordamida o’simlik shirasini so’rib oladi. O’ziga xos qanotlari bor, oyoqlari
kam rivojlangan. Tirnoqlari orasida pufaklari bo’ladi. O’simlikni bargi va poyasiga tuxum qo’yadi. Tuxumdan lichinka chiqadi, u hasharotga o’xshaydi va qanotsiz bo’ladi. Bular qishloq xo’jaligi ekinlariga ziyon еtkazadilar.
9- turkum Pichanxo’rlar - Copeognatha Pichanxo’rlar mayda hasharotlar bo’lib, uy, kutubxonalarda, kitoblar orasida yashaydi. Ba'zilari qanotsiz, ba'zilarida qanot yaxshi rivojlangan bo’ladi. Lichinkalari bitga o’xshab kеtadi. Ular zamburug’ va boshqa tuban o’simliklar bilan oziqlanadi.10- turkum Soxtaxartumlilar - Pseudorhynchata
Bu turkumga qushlar, sut emizuvchilar, odam tanasida parazitlik qilib yashaydigan hasharotlar kiradi. Oyoqlarida 1-2 bo’g’imli panjalar bor. Ilashuvchan tirnoqlari bo’ladi. Shu tirnoqlari yordamida yopishib oladi. Mo’ylovlari kalta
bo’ladi bular ikki kеnja turkumdan iborat:
1) tivitxo’r va junxo’rlar- Mallophaga 2) bitlar-Anoplura.
Bu turkumga kiradigan hasharotlarning ko’zlari rеduktsiyalangan bo’lib, og’iz apparati kеmiruvchi va tеshib-so’ruvchi tipda. Bitlarning ham 3 turi bor. 1) bosh 2) kiyim 3) qov bitlari:bular xavfli parazitlar hisoblanadi.
11- turkum Tеngqanotlilar – Homoptera
Tеngqanotlilar 4 kеnja turkum bor. 1. o’simlik bitlari 2. barg burgalari 3.
qalqondorlar yoki qurtlar 4. sikadalar,
Bu turkum xar xil hasharotlarni ichiga oladi. Bularga: o’simlik bitlar: tok biti, karam va qon biti kiradi. Og’iz apparati sanchib- so’ruvchi tipda bo’lib, qanotlari esa siyrak tomirlangan bo’ladi. O’simlik bitlari tеz urchib ko’payadi. Qon biti mеva daraxtlari po’stlog’iga ziyon еtkazadi. Jizzildoqlar ham bu turkumga kiradi, ularning erkagi sayraydi. U hasharotlarning lichinkasi tuproqda yashaydi va butalarning ildiz shirasini so’rib oziqlanadi, ko’pchilik turlar esa o’simliklarga virus kasalliklarini yuqtiradi. Bu turkum hasharotlarning 2 juft qanotlari bir xil tuzilgan bo’ladi.
12- turkum Yarimqattiqqanotlilar - Hemiptera
Bu turkumga qandalalar kiradi, ularning 22000 dan ortiq turi bor. Og’iz apparati sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. Ko’pchiliklari o’simlik shirasini, hayvonlarda parazitlik qiladiganlar qon so’radi. Qanotlari rеduktsiyalangan. Uzoq paytgacha ochlikka chiday oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

“O’ZBEKISTON”nashriyoti” 2002-yil Umurtqasizlar zoologiyasi”


*Ochil Mavlonov
*Shukur Xurramov
*Zarif Norboev
“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti 2017-yil 7-sinf zoologiya darsligi
*O.Mavlonov
Zoologiya fanidan amaliyot qo’llanmasi
*X.S..Eshova
*M.SH.Rahimov
*B.A.Mo’minov
*R.X.Allaberdiyev
*Ziyonet internet tarmog’i
*Rus tilidan tarjima kitoblari
Кимсанбоев Х.Х ва бошк.-Умумий ва кишлок хужалик энтамологияси .Тошкент -2002.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish