H : N: H
Ammoniy ioni hosil bo’lishida ammiak donor, vodorod ioni esa akseptor bo’ladi. Shunday qilib, kovalent bog’lanish ikki tur mexanizm tufayli amalga oshadi: biri qarama-qarshi spinli bir elektronli elektron bulutlarining bir-birini qoplashi bo’lsa, ikkinchisi donor-akseptor mexanizmidir. Kovalent bog’lanish hosil bo’lishining bunday yo’li donor-aktseptor kovalent bog'lanish deb ataladi.
Tajriba yo’li bilan ammoniy ionidagi to’rttala N-H bog’lar teng qiymatli ekanligi aniqlanadi. Demak, donor aktseptor kovalent bog’lanish o’z xossalari jihatidan o’zaro ta'sir etuvchi atomlarning juftlashmagan elektronlari hisobiga vujudga keladigan kovalent bog’dan farq qilmaydi.
Donor-aktseptor bog’lanish ikki xil molekula orasida ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, ammiak bilan bor ftorid orasida donor aktseptor bog’lanishning hosil bo’lishi quyidagi tenglamada ko’rsatiladi.
NH3 + BF 3 —— H3N: BF 3 Bunda NH3 elektron jufti donori bo’lib, BF3 elektron jufti uchun aktseptordir.
Kovalent bog’lanish enyergiyasi O’zaro biriktiruvchi atomlarning elektron buluti bir-birini qanchalik ko’p qoplasa kimyoviy bog’lanish shunchalik mustahkam bo’lib, bunday bog’lanishni uzish uchun shunchalik ko’p enyergiya talab qilinadi, boshqacha qilib aytganda «bog’lanish energiyasi» shunchalik katta bo’ladi.
Molekuladagi ayni bog’lanishni batamom uzib, hosil bo’lgan tarkibiy qismlarni bir-biriga hech ta'sir etmaydigan holatga keltirish uchun zarur bo’lgan energiya miqdori bog’lanish energiyasi deyiladi.
Kimyoviy bog’lanish energiyasining miqdori eVkJ/mol bilan ifodalanadi. Bog’lanish energiyasining son qiymati o’zaro biriktiruvchi atomlarning elektron buluti shakliga, molekuladagi yadrolararo masofaga va boshqa faktorlarga bog’liq. Masalan, H2 molekulasidagi bog’lanish energiyasi 434,8 kJ/mol, O2 molekulasidagi 498 kJ/mol. Metanning bir mol miqdorini parchalash uchun 1661,6 l J/mol kerak. Demak, metandagi har qaysi C-H bog’lanishning o’rtacha energiyasi 1661,6/4=415,4 kJ/molga teng.
Kovalent bog’lanishning xossalari
Ayni atom hosil qilinishi mumkin bo’lgan kovalent bog’larning soni chegaralangan. Bu son kovalent orbitallarning umumiy soni bilan belgilanadi. Kvant- mexanik hisoblashlar shuni ko’rsatadiki, bunday orbitallar qatoriga tashqi elektronlarning qavati s- va p- orbitallari hamda tashqaridan oldingi d-orbitallar kiradi. Atomlarning chegaralangan sondagi kovalent bog’larni hosil qilishda qatnasha olish xususiyati kovalent bog’lanishning to’yinuvchanligi deb nomlanadi.
Kovalent bog’lanishning hosil bo’lishi o’zaro ta'sir etuvchi atomlarning val ent elektron bulutlarining bir-birini qoplashi natijasidir. Bunday qoplash faqat elektron bulutlarning o’zaro ma'lum yo’nalishidagina yuz beradi, qoplash sohasi o’zaro ta'sir etuvchi atomlarga nisbatan ma'lum bir yo’nalishda joylashgan bo’ladi. Boshqacha aytganda kovalent bog’lanish yo’naluvchanlik xossasiga egadir.
Kimyoviy bog’lanishning xossasi bo’yicha klassifikatsiyasi Masalan, vodorod molekulasida atomlar s-elektron bulutlarining qoplanishi o’zaro ta'sir etuvchi atomlar yadrolarining bog’lovchi to’g’ri chiziq (ya'ni bog’ o’qi) yaqinida yuz beradi. Bunday kovalent bog’larga o-bog’ deyiladi. a-bog’ hosil bo’lishida bog’ o’qiga ko’ndalang joylashgan p-elektronlar ham ishtirok etishi mumkin. Chunonchi HF-molekulasining kovalent a-bog’ vodorod atomi 1s bulutini ftor atomi 2p-elektron buluti qoplashi natijasida vujudga keladi F2-molekulasidagi kimyoviy bog’lanish ham a-bog’dir, bu bog’ni 2 ta ftor atomining 2p-elektron bulutlari hosil qilgan
Bog’lanish o’qiga nisbatan perpendikulyar yo’nalgan p-elektronlarning o’zaro ta'sirlashuvi natijasida bitta emas, balki 2 ta qoplanish sohasi hosil bo’lib, bu sohalar bog’lanish o’qining 2 tomonida joylashgan bo’ladi. Bunday kovalent bog’lanishga n- bog’lanish deyiladi. Molekulalarning hosil bo’lishida atom elektron bulutlarining shakli va o’zaro joylashishi erkin atomdagi elektron bulutlarning shakl va o’zaro joylashishlariga nisbatan o’zgaradi, natijada valent elektron bulutlarning qoplanish sohasi katta bo’ladi, ya'ni mustahkam kovalent bog’lar hosil bo’ladi.
Mavzu: Eritmalar va ularning konsentratsiyalari.
Reja:
Muallaq sistemalar (suspensiya va emulsiyalar), kolloid eritmalar, chin eritmalar.
Erish jaroyoni mexanizmi.
Erigan moddaning massa ulushi.
Eritmalar konsentratsiyalarini ularning zichliklari asosida aniqlash.
Molyal , molyar va normal konsenratsiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |