Tayanch tushunchalar: kimyoviy, fifik- kimyoviy, fizikaviy analiz usullari, makroanaliz, mikroanaliz, yarimmikroanaliz, ultramikroanaliz, submikroanaliz, mikrokristalloskopik analiz, tomchi analizi, quruq usul, ho’l usul
Analitik kimyo fani nihoyatda katta ahamiyatga ega bo’lgan fandir. Amalda sanoatdagi eng muhim jarayonlardan hisoblangan ishlab chiqarish jarayonini boshqarib borish, shuningdek tuproq, o’g’itlar, qishloq xo’jalik mahsulotlari, qazilma boyliklar va boshqalarning tarkibini tekshirishni kimyoviy analizsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Amaliy maqsadlar uchun har doim ham kimyoviy analizni to’liq, bajarish talab qilinmaydi. Ko’pincha modda tarkibidagi ikki, uch yoki to’rt-besh komponent aniqlanib, so’ngra ularning miqdoriy analiziga o’tiladi. Tekshirilayotgan modda tarkibiga kiruvchi elementlar yoki ionlarni xossasiga qarab aniqlash masalasini har xil usullar: fizikaviy, kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar bilan hal qilish mumkin, demak bu usullar sifat analizining usullari hisoblanadi. Endi shu usullar bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Fizikaviy analiz usullari moddaning kimyoviy tarkibi bilan uning ayrim fizik xossalari o’rtasidagi bog’lig’likdan foydalanishga asoslangan. Fizik analiz usullariga quyidagilar kiradi.
Spektral analiz - aniqlanayotgan modda o’ziga tushayotgan nur spektrlarini tarqatishi va yutishiga va o’zidan nur chiqarishiga asoslangan. Har qanday modda ma'lum to’lqin uzunligiga ega bo’lgan nurlarni tarqatadi va bu nurning zichligiga qarab tekshirilayotgan namuna tarkibidagi modda miqdorini aniqlash mumkin. Masalan, biror moddani alangada qizdirsak, modda nur spektrlarini tarqatadi. Spektr ma'lum to’lqin uzunlikka ega bo’lib, izlanayotgan element uchun xos chiziq bo’lishiga qarab berilgan moddada o’sha element borligi haqida, chiziqning ravshanlik darajasiga qarab esa uning miqdori to’g’risida fikr yuritiladi. Bu usul juda sezgir va 10-6-10-8 g miqdordagi elementlarni aniqlashga imkon beradi, oz vaqt oladi va ko’p miqdor modda talab qilmaydi.
Lyuminessent (flyuoressent) analiz- tekshirilayotgan modda ultrabinafsha nurlar ta'sirida lyuminessent nurlanishini kuzatishga asoslangan.
Rentgenstruktura analizi- modda tuzilishini tekshirish uchun rentgen nurlaridan foydalanishga asoslangan.
Mass-spektrometrik analiz - elektr va magnit maydonining qo’shma ta'sirida ionlashgan atomlar, molekulalar va radikallarni aniqlashga asoslangan.
Fizikaviy usul bilan analiz qilinayotganda kimyoviy reaksiyalar ishlatilmaydi, faqat moddalarning biror ta'sir tufayli namoyon bo’ladigan fizikaviy xossalari o’rganiladi va shular asosida tarkibida qanday birikma yoki elementlar borligi haqida xulosa chiqariladi. Bu usullarning hammasida murakkab fizik asboblar ishlatiladi.
Kimyoviy analiz usullari bilan ish ko’rilganda topilishi lozim bo’lgan element yoki ion o’ziga xos xususiyatli biror birikmaga aylantiriladi va ayni birikma hosil bo’lganligi ana shu xossalari asosida bilib olinadi. Bunda sodir bo’ladigan kimyoviy o’zgarish analitik reaksiya, bu reaksiyaga sabab bo’lgan modda esa reagent deyiladi. Kimyoviy usullar kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Modda kimyoviy usullar bilan analiz qilinganda tashqi effekt hosil bo’ladi, ya'ni eritmaning rangi o’zgaradi, cho’kmaga tushish hodisasi ro’y beradi yoki gaz holidagi mahsulot ajralib chiqadi.
Kimyoviy analiz yordamida quyidagi vazifalarni hal qilish mumkin:
Moddaning kelib chiqishi (organik va anorganik) hamda tabiatini tekshirish.
Tarkibi va undagi asosiy komponentlar miqdorini (qotishmadagi oltin) va begona aralashmalarni (mis yoki kumush) aniqlash.
Noma'lum birikmaning (mineral, reaktiv va b.) kimyoviy formulasini topish.
Moddaning strukturasini aniqlash.
Kimyoviy analiz usullari xalq xo’jaligining turli sohalarida: medisina, qishloq xo’jaligida (tuproqni tekshirish va b.), atrofni muhofaza qilish, oziq-ovqat sanoatida, metallurgiyada, neft kimyosida, plastmassa, keramika, shisha, qurilish materiallari ishlab chiqarishda muhim rol o’ynamoqda. Juda toza moddalarni ishlab chiqarish, atom va yadro energetikasi, kosmik parvozlarni uyushtirish, yarim o’tkazgichlar va lazer texnikasini yaratish kabilarni kimyoviy analizsiz tasavvur etib bo’lmas edi. Doimiy kimyoviy tekshiruvsiz normal texnologik jarayonni saqlash va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
Ishlab chiqarishda kimyoviy analiz yordamida quyidagi vazifalar bajariladi: xom ashyoning sifati va uning mahsulot ishlab chiqarishga yaroqliligini, optimal xom ashyo resepturasini aniqlash, chala mahsulot tarkibini tekshirish, tayyor mahsulotning sifatini aniqlash. Bundan tashqari, chiqindilardan ishlab chiqarishda yana foydalanish maqsadida ular kimyoviy analiz qilinadi. Atrof muhitni muhofaza (havo, suv, tuproq,) qilishda ham kimyoviy analizning ahamiyati beqiyosdir. Kimyoviy analiz kriminalistikada ham keng qo’llaniladi. U arxeologiyada, dunyo okeani va atmosferasini o’rganishda, yangi kosmik apparatlar yaratishda, quyosh sistemasidagi planetalarning atmosferasini va tuprog’ining tarkibini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qurilish materiallarining asosi hisoblangan silikatlar va qovushtiruvchi moddalar murakkab kimyoviy tuzilishga ega va tarkibida SiO2, Fe203, FeO, Ah03, CaO, Mg0, K20, Na20 va b. bo’ladi. Shuning uchun ularni analiz qilishda analitik kimyoviy kompleks usullardan foydalaniladi. Ulardan qanday mahsulot ishlab chiqarish mo’ljallanganiga qarab xom ashyo tarkibi o’zgartiriladi. Mineral xom ashyo tekshirilganda uning asosiy komponentlar miqdori aniqlanadi. Masalan, deraza oynalari ishlab chiqarishda xom ashyo tarkibida FeO va Fe203 ning miqdori 0,1% dan oshmasligi kerak, aks holda shisha sariq, yoki yashil rangli bo’lib qoladi. Kimyoviy analiz qo’lda, avtomatlashtirilgan (yarim avtomat) va avtomatik usullarda bajariladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishda asosan kompleks avtomatlashtirilgan texnologiyalarda avtomatik analiz usulidan foydalanilmoqda.
Atrof muhitni muhofaza qilishda kimyoviy analizning ekspress usullaridan foydalaniladi. Masalan, suvda va havoda zaharli aralashmalar paydo bo’lganda darhol uni yo’qotish va oldini olish talab qilinadi. Yadro reaksiyalari, oziq-ovqatlar va boshqalar o’rganilayotganda tezlik bilan analiz o’tkazish kerak bo’ladi. Kimyoviy nazoratni avtomatik usulda bajarish inson mehnatini yengillashtiradi, mahsulot tannarxini arzonlashtiradi, mahsulot ishlab chiqarilishini uzluksiz nazorat qilib turilishini va ishlab chiqarishning texnologik parametrlari bir xil me'yorda saqlanishini ta'minlaydi yoki kerakli yo’nalishda o’zgartiradi.
Sifat analizi kimyoviy usulda olib borilganda tekshirilayotgan moddada borligi taxmin qilingan komponent (atom, ion, molekula) dastlab har xil kimyoviy usullar bilan boshqa birikmaga o’tkazilib, cho’kmaga tushiriladi, rangli eritma hosil qilinadi, gaz ajratib chiqaradi va b. So’ngra shular tarkibidan tekshirilayotgan komponent aniqlanadi. Masalan: tekshirilayotgan eritmadan SO42- ionini topish uchun uni dastlab BaS04 ko’rinishda cho’kmaga o’tkaziladi, hosil bo’lgan cho’kma BaS04 HN03 da ham erimaydi, shuning uchun tekshirilayotgan eritmaga HN03 va BaC12 qo’shiladi. Bunda S042- ioni bilan quyidagi reaksiya boradi:
Ba2+ + SO42- = BaS04 j
Agar Cu2+ borligi taxmin qilingan eritmaga NH4OH eritmasidan ortiqcha miqdorda qo’shsak, eritma ko’k rangga kiradi, kompleks tuz hosil bo’ladi:
Cu2+ +4NH4OH = [Cu(NH3)4]2++4H2O
Demak, Cu2+ kationini NH4OH eritmasi yordamida aniqlash mumkin.
Fizik-kimyoviy analiz usullari kimyoviy reaksiyalar vaqtida sodir bo’ladigan fizikaviy o’zgarishlarni aniqlashga asoslangan. Masalan, kolorimetrik analizda tekshirilayotgan modda tarkibidagi ion va molekulalar rangli eritmadan o’tganda qaysi nurning yutilishiga qarab modda tarkibi haqida fikr yuritiladi. Xromatografik analizda modda tarkibidagi ionlar kolonkadagi adsorbentga turlicha yutilishi va rangi bir biridan ajralishiga qarab, tekshirilayotgan moddada qanday ionlar borligi aniqlanadi. Shuningdek fotometrik, kolorimetrik, nefelometrik va boshqa usullarida analizlar olib boriladi. Analizning fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari aniqlik darajasidan tashqari turli xil asboblar yordamida bajarilishi bilan ham kimyoviy analizdan farq qiladi.
Mavzu: Massalar ta’siri qonunining geterogen sistemalarga qo’llanilishi
Talabalarga qaytar reaksiyalar haqida ma'lumot berish va barcha sifat analizga oid reaksiyalar qaytar reaksiyalar ekanligini tushuntirish. Qaytar reaksiyalarga massalar ta'siri qonunining tadbiq qilinishini ko'rsatish.
Analitik reaksiyalarning ko'pchiligi qaytar reaksiyalardir, ya'ni bir vaqtda bir- biriga qarama-qarshi ikki yo'nalishda boradigan reaktsiyalardir. Masalan, Ba2+ va Zn2+ ionlarini topish reaksiyalari ana shunday reaksiyalar jumlasiga kiradi:
Ba2+ + Cr20y2- + H2O ^ 2 BaCrO4 i + 2 H+
Zn2+ + H2S ^ ZnS i + 2H+
Umumiy holda qaytar reaksiyalarni quyidagi reaksiya tenglamasi bilan ifodalash mumkin:
mA +nB<—► pC + qD (1)
Ma'lumki reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi bilan reaksiya tezligi orasidagi qonuniyatni 1865-yilda rus olimi N.N. Beketov o'rgandi. 1867-yilda esa norvegiyalik olimlar Guldberg hamda Vaage bu qonuniyatning matematik ifodasini chiqaradi. Bu qonun massalar ta'siri qonuni deb ataladi va quyidagicha ta'riflanadi:
«Kimyoviy reaksiya tеzligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentrasiyalari ko'paytmasiga to'g'ri proporsionaldir». Agar reaksiya A+B = C tenglama ko'rinishiga ega bo'lsa, massalar ta'siri qonuniga ko'ra reaksiya tezligi
Do'stlaringiz bilan baham: |