tajriba. SO32- ioniga sifat reaksiya
Probirkaga sulfit kislota yoki natriy sulfit eritmasidan 3 ml olib, uning ustiga bariy xloridning suyultirilgan eritmasidan 1ml quying. Oq cho'kma hosil bo'lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Cho'kmani chayqatib turib, ikkita probirkaga teng miqdorda bo'ling. Birinchi probirkadagi cho'kmaga xlorid kislotaning suyultirilgan eritmasidan 2 ml, ikkinchi probirkadagi cho'kmaga esa shuncha hajm suv quyib chayqating. Bariy sulfitning kislotada va suvda eruvchanligini kuzating.
Mavzuni mustahkamlash uchun sinov savollari
CaS, H2O, CO2 va CI2 dan foydalanib sof oltingugurt olish mumkin. Reaksiya tenglamasini yozing.
Cho’yan tarkibida oltingugurt borligini qanday isbotlash mumkin?
3.O’rta tuz hosil qilish ushun tarkibida 20 g o’yuvchi natriy bo’lgan eritmaga necha litr (n.sh.) vodorod sulfid qo’shish kerak?
200C da 1 litr suvda 2,6 litr vodorod sulfid eriydi. Shu eritmaning normal konsentrasiyasisini toping.
Mavzu: Azot. Ammiak. Ammoniy tuzlari. Azotning olinishi va uning xossalari.
Azot va uning oksidlariga oid tajribalar.
Ajratilgan soat: 4 soat Mashg’ulot turi: laboratoriya
Darsning maqsadi: Talabalarga azot, azotning olinishi, fizik va kimyoviy xossalari, ammiakning olinishi, ammoniy tuzlarining olinishi hamda xossalari haqida ma’lumot berish, tajribalar asosida nazariy bilimlarni mustahkamlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, stakanlar, kolba, o’lchov silindrlari, pipetka, temir qoshiqcha, shisha tayoqcha, chinni kosacha, kristalizator, shtativ, spirt lampa, distillangan suv, natriy nitriit,ammiakli suv, kaliy nitrat, ammoniy xlorid, (NH4)2Cr2O7 ,Ca(OH)2,NH4NO3
Ishning borishi:
tajriba .Azotning olinishi. Quruq probirkaga 1 g temir kukuni va 2-3 g atrofida kaliy nitrat tuzi kristallaridan solib aralashtiring, probirkaning og'zini gaz o'tkazgich nay o'rnatilgan tiqin bilan berkiting va temir shtativga mahkamlang. Gaz o'tkazgich nayning uchini kristallizatordagi suvga tushirib qo'ying. Boshqa probirka olib, uni suv bilan to'ldiring va kristallizatordagi suv ichiga to'nkaring. Gaz o'tkazgich nayning ikkinchi uchini probirkaga kiriting. So'ngra kaliy nitrat solingan probirkani qizdiring. Ajralib chiqayotgan gaz probirkadagi suvni siqib chiqaradi. Probirkani suv ostida barmoq bilan berkitib, kristallizatordan chiqaring. Probirkaning og'zini yuqoriga qaratib oching, barmog'ingizni oling va unga darhol yonib turgan cho'pni tushiring. Nima kuzatiladi? Azotning hosil bo'lish reaksiyasini yozing. Bunda temir (III)-oksid, kaliy oksid va erkin azotning hosil bo'lishini nazarda tutib, reaksiya mahsulotlarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |