Bu jarayonni oksidlovchi ishtirokidagi piroliz qilish deb ataladi. Respublikamizda bu jarayon «Navoiazot» ishlab chiqarish birlashmasida joriy qilingan.
Laboratoriya sharoitida atsetilen va uning gamologlarini uglevodorodlarning ikki galogenli hosilalaridan galoid vodorodni tortib olish va atsetilenni alkillash orqali hosil qilinadi:
CH2Br - CH2Br 2K°H ► CH = CH + 2KBr + 2H2O
Atsetilenni alkillash natriy atsetilenidi yoki magniygalogenatsetilen orqali olib boriladi. Birinchi holda atsetilenga suyuq ammiak ishtirokida natriy amidi bilan ta’sir ettiriladi. Hosil bo’lgan natriy atsetilenidga galoid alkil bilan ta’sir ettirilganda atsetilenning gomologi hosil bo’ladi: