Nnoh = = 0^ = 0,0885 bo’ladi.
VNaOH
Ishchi eritmaning aniq normal konsentrasiyasini ifodalashda ko’pincha tuzatish koeffisienti K deb ataluvchi koeffisient ishlatiladi. Bu kattalik eritmaning aniq konsentrasiyasini topish uchun eritmaning ehtimol qilinayotgan normalligiga ko’paytirish kerak bo’lgan sonlardir. Masalan, K = 0,945 bo’lgan taxminan 0,1n eritma bor. Demak, eritmaning aniq normal konsentrasiyasi 0,1 0,945 = 0,0945n ga tengdir.
K sonni titrimetrik aniqlangan eritma normalligini eritmaning taxminiy normalligi qiymatiga bo’lib topiladi.
k = N
No
bunda N- eritmaning aniqlangan normalligi; N0- eritmaning taxminiy normalligi. Agar ishchi eritma fiksanaldan tayyorlangan bo’lsa, K = 1.
Mavzu yuzasidan savollar
Titrimetrik aniqlash nima?
Titrlash deb nimaga aytiladi?
Titrimetrik analizlarda qo’llaniladigan reaksiyalarga qo’yiladigan talablarni ayting.
Mavzu: Organik kimyoning predmeti va vazifalari vujudga kelish tarixi
REJA:
Kirish. Organik kimyo fani.
Organik moddalarni o'rganishdagi dastlabki nazariyalar.
Organik moddalarning xom ashyo manbalari.
Organik birikmalarning asosiy turlari.
Organik kimyo fani. Organik kimyo -organik moddalarni tashkil qiluvchi uglerod birikmalarining kimyosini o'rganuvchi fandir.
Organik moddalar kishilarga qadimdan ma'lum, ular organik bo yoqlarni (alizarin, purpur, indigo), uzum sharbatini bijg'itib sirka hosil qilishni, o'simliklardan shakar, moy olishni, sovun pishirish bilganlar va bu moddalardan foydalanganlar. Ammo uzoq vaqtgacha organik moddalar aralashma holida ishlatilib kelingan. XIX asrga kelib arab alximiklari sirkadan sirka kislotani, musallas ichimligidan etil spirtini sof holda ajratib olishga muyassar bo'ldilar. XVI asrda etil spirtini sulfat kislota bilan ishlash natijasida etil efir olindi. Organik moddalarni sof holda olish va ularni o'rganish XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlariga kelib kuchaydi.
Atoqli shved ximigi I.Ya.Berselius (1779-1848) «o'simlik va hayvon organizmlarida hayot mavjud ekan, ularda moddalarning sintezi jonsiz tabiatdagiga qaraganda boshqacha bo'lib, qandaydir «hayotiy kuch» ning ta'sirida sodir bo'ladi» deydi.
Shu davrda bir guruh ximiklar Berselius izidan borib fanda vitalistik (lotincha vita so’zi «hayot» lis «kuch» demakdir) oqim kelib chiqadi. Bu oqim tirik tabiatdagi moddalarni laboratoriya sharoitida sintez qilib bo'lmaydi, degan idealistik ta'limotni olg'a surib, kimyo fanining taraqqiyotiga to'sqinlik qildi.
CN
1824 yilda Berseliusning shogirdi, nemis ximigi F.Vyoler laboratoriya sharoitida disiandan o'simlik organizmida uchraydigan oksalat kislotani oldi.
COOH
CN
disian
COOH
oksalat kislota
Ayniqsa F.Vyolerning 1828 yili oddiy anorganik tuz-ammoniy sianitdan hayvon organizmida hosil bo'ladigan mochevinani sintez qilishi vitalistik ta'limotga juda katta zarba berdi. Buning uchun u avval kaliy sianatni hosil qilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |