CaCO + 2HCl = CaCl2 + H2O + CO2 T Bu reaksiyadan laboratoriyada Kipp apparatida toza karbonat angidrid olishda foydalaniladi. Ko’p miqdordagi CO2 spirtli bijg’ishda ajraladi:
C6H12O6 — 2C2H5OH + 2CO2 T CO2-ishqorlar eritmasiga juda oson yutiladi, bunda normal karbonatlar hosil bo’ladi. Agar CO2 mo’l bo’lsa bikarbonat (gidrokarbonat) lar hosil bo’ladi:
CO + 2KOH = K2CO3 + H2O CO9I ,,, + KOH = KHCO
2(mol) 3
Shu yo’l bilan CO2 boshqa kislotalik xossasiga ega bo’lmagan gazlardan ajratiladi. CO2-ni ishqoriy-yer metallarning gidroksidlari (Ca(OH)2,Ba(OH)2...) eritmasidan o’tkazilsa hajmli suvda erimaydigan, ayni metallning karbonati hosil bo’ladi:
CO + Ca(OH)2 = CaCO X + H2O CO + Ba(OH)2 = BaCO X + H2O.
Ushbu reaksiyalar yordamida gazlar tarkibidagi CO2 bor yo’qligi aniqlanadi (CO2-ga sifat reaksiya). Gazlar tarkibida CO2-ning izlari bo’lganda ham eritma loyqalanadi. Agar cho’kmali eritmadan CO2 ni o’tkazishni davom ettirsak cho’kma (loyqa) eriydi va eritma tiniq bo’lib qoladi:
CaCO X + H2O + CO = Ca(HCO )2 Reaksiyada bikarbonat hosil bo’ladi, bikarbonatlari eruvchanligi yuqori bo’lganligi uchun CaCO3 -cho’kmasi erib ketadi va eritma tiniq bo’ladi.
Ishlatilishi. CO -ichimlik suvlarni (shampan vinosini) gazlashtirishda, o’t o’chirishda, quruq muz olishda va Kimyo sanoatida: Solve usulida soda olishda, salitsil kislotasini va shakar olishda ishlatiladi. Oson alangalanadigan suyuqliklarni saqlash uchun inert muhit sifatida, inert muhitda (CO2-atmosferasida) kavsharlash ishlarini amalga oshirishda ham ishlatiladi.
Uglerod nadoksidi С3О2. malon kislotasidan Р2О5 yordamida 2 molekula suvni ajratib olish natijasida hosil bo’ladi. (O.Dils)
НООС-СН2-СООН ► 2Н2О + О = С = С = С = О
malon kislotasi uglerod nadoksidi
Uglerod nadoksidi- rangsiz gaz , bug’uvchi hidli. Vaqt o’tishi bilan polimerlanadi. Suv bilan yana malon kislota hosil qiladi, ammiak bilan shu kislotani amidini hosil qiladi (H2NOCCH2CONH2)
Beqaror peroksidi karbonat kislota -H2S2O6 va peroksomonokarbonat kislota-H2CO4 tuzlari ham uchraydi. Peroksokarbonatlar deb ataluvchi tuzlar peroksid moddalarga kiradi.
Freonlar. Uglerodning galogenli hosilalaridan CF4 bilan CCl4 amaliy ahamiyatga ega. Uglerod IV- ftorid CF4 gaz bo’lib, -1280C da qaynaydi, -1840C da qotadi. Juda inert modda bo’lib, o’zi va uning xlorli hosilalari freonlar nomi bilan ma’lum. Bular sovutish texnikasida qo’llaniladi.
Freon-12 deb ataluvchi diftordixlormetan-CF2Cl2 sovitish mashinasining ishchi suyuqligi (xladoagent) hisoblanadi. Freonlar juda barqaror moddalar bo’lib gidrolizlanmaydi, shu sababli metallarni korroziyaga uchratmaydi. Ular insektofungisidlardan aerozollar tayyorlashda erituvchi va ftorli hosilalar olishda oraliq modda sifatida qo’llaniladi. Keng tarqalgan Freon-12 uglerod IV-xlorid CCU bilan HF dan olinadi (katalizator sifatida SbF5 ishlatiladi):
CCl4 + 2HF [ S&F] > 2HCl + CF2Cl2 Fosgen- COCl2. karbonat kislotaning dixlorangidridi, qo’ng’ir gaz,-1180C da qotadi, 8,2 0C da qaynaydi. D=1,420. Suvda yomon, organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Uni uglerod oksid bilan xlordan aktivlangan ko’mir ishtirokida olinadi. Fosgen ba’zi eritmalar (masalan, dietilkarbonat), definilmetan qatori buyoqlari, davolash preparatlari polikarbonatlar va boshqa moddalar olishda ishlatiladi. U o’ta zaharli modda. Birinchi jahon urushi yillarida (1914-1918) zaharlovchi modda sifatida qo’llanilgan. Protivogaz orqali undan saqlanish umkin.
Kremniy va uning birikmalari Olinishi. Kremniy birinchi marta erkin holda 1822 yilda (Berselius, Shvetsiya) tetraftorid kremniyni kaliy bilan qaytarib ajratilgan.
SiF4 + 4K = 4KF + Si Tabiatda tarqalishi. Yerning atmosfera qatlamida tarqalishi bo’yicha ikkinchi element (27,6 %). Faqat bog’langan holda har xil tog’ jinslarida va ularning yemirilish (tog’ jinslarining nurashi) mahsulotlarida oksid va silikatlar ko’rinishida uchraydi. Yer po’stining 90 % ulardan tuzilgan, ya'ni qumtuproq va silikatlardan.
Tog’ jinslarining va ularning nurashi qattiq mahsulotlarining asosiy qismi kaliy, natriy, kalsiy, magniy, alyuminiy va temir silikatlaridan tuzilgan.
Mineral - bu kimyoviy individual modda, yer po’stida tabiiy yo’l bilan hosil bo’ladi.
Eng muhim silikatli minerallarga quyidagilar kiradi. Dala shpatlari - kaliy dala shpati (ortoklaz) K(AlSi3O8), yoki K2O-Al2O3-6SiO2 hamda natriyli (albit) Na(AlSi3O8) yoki Na2O-AbO3'6SiO2 hamda ohaktoshli (anortit), ohakli- natriyli (plagioklaz) dala shpati. Ular yer qobig’idagi hamma minerallarning 60 % tashkil qiladi.
Loytuproqlar- tarkibida suvi bor minerallar, dala shpatlarini nurashidan hosil bo’ladi (bunda suv yutiladi eriydigan kaliy birikmalari tabiiy suvga o’tadi). Loy tuproqlar boshqa usullarda ham hosil bo’lishi mumkin, ularning tarkibiga sezilarli ta'sir qiladi. Tarkibi bo’yicha loy tuproqlar quyidagilarga bo’linadi: suglinok- loy tuproq tarkibida qum va temir (III) oksidi ko’p bo’ladi.
Mergel- loy tuproqni ohak tosh bilan aralashmasi:
Kaolin - (chinni uchun loy tuproq) - maxsus loy tuproq va qum aralashmasi, kaolin asosiy tarkibiy qismi mineral kaolinit Al(Si2O5)(OH)4 yoki Al2O3-2SiO2 ■2H2O. Slyudalar - tiniq, har xil rangli oqdan - qoragacha kristallar, osonlik bilan alohida qatlamlarga ajraladi, asosiy tarkibiy qism sifatida silikatli minerali bo’lgan muskovit - KAl2(Al2Si3O10)(OH)2, yoki biotit (MgFe’’)3(AlSi3O10)(OH)2-elektron izolyatsiyalovchi qoplamalar issiqlikka chidamli shishalar (oyna) tayyorlashda ishlatiladi.
Talk- 3Mg0•4Si02•Н20 yumshoq, ishqalanganda yog’simon mineral upa ko’rinishida zamazka sifatida rezina materiallarini bir-biriga yopishib qolmasliklari uchun ishlatiladi, kosmetik vositalar tarkibiga kiradi, qog’ozga va zaharli ximikatlar shimdiriladi.
Asbestlar- 3Mg0•4Si02•Н20 tarkibi tolasimon tuzilishli minerallar. Laboratoriyada va sanoatda foydalaniladigan issiqlikka chidamli va kimyoviy inert moddalar tayyorlashda ishlatiladi: asbestdan issiqlikka chidamli yopqichlar, texnik diafragmalar tayyorlanadi. Asbest changi kasbiy o’pka kasalligini chiqaradi.
Kremniyni olinishi
Kvars va koks yoki dikarbid kalsiy СаС2 aralashmasidan ozroq miqdordagisini elektro pechlarda qizdirib olinadi:
SiO2 + 2C = Si + 2CO jarayon 1500 - 17500 С da sodir bo’ladi.
2SiO2 + CaC2 = CaCO3 + CO + 2Si
Qum tuproqdan alyumotermiya usuli bilan:
2SiO2 + 4Al = 2Al2O3 + 3Si . bu usullarda olingan kremniyga texnik kremniy deyiladi, unda 93-99 % gacha kremniy bo’ladi. Laboratoriyada kremniy SiO2 magniy kukuni bilan (1:2 nisbatda) aralashmasini qizdirib olinadi. Aralshma yuqori temperaturada qizdiriladi va sovutgandan so’ng, aralashmadan Si ni ajratish uchun uni HCl eritmasida solinadi. Bunda reaksiya natijasida ozgina magniy silitsid hosil bo’lganligi uchun aralashma kislota eritmasiga solinganda kislota va mangiy silitsid ta'siridan silanlar hosil bo’lganligi sababli eritma ustida chiroyli alanga hosil bo’lib silan havoda yonadi.
SiH4 + 2O2 = SiO2 + 2H2O Texnik kremniydan zonali suyultirish usulida juda toza kremniy olinadi. Undagi aralashmalar 10-7 - 10-9 % gacha bo’ladi.
Fizik xossalari. To’q kulrang kristall, metallsimon yaltiroq, zichligi p =2,33 г/см3. qattiq, mo’rt kristall modda normal sharoitda termodinamik barqaror olmosga o’xshash kub modifikasiyadagi kremniy kulrang pulat rangli smolasimon yaltiroqlikka ega juda qattiqligi va mo’rtligi bilan xarakterlanadi. Yuqori temperaturadagi geksaganol ko’rinishdagi kremniy beqaror amaliy ahamiyatga ega emas. Amorf kremniy mayda kristallik kub shalkida bo’ladi. Olmosga o’xshash shaklidagi kremniyda uning atomlari sp3 gibridlanishda bo’ladi. Kremniy qo’ng’ir amorf kukun holida ham uchraydi. Amorf kremniy zichligi p =2,0 kremniy suvda erimaydi, HF va ishqorlarda eriydi:
Si + 4HF = SiF4T + 2H2T Agar kislota mo’l bo’lsa; SiF4 + 2HF = H2SiF6 kislotasi hosil bo’ladi.
Si + 4KOH = K4SiO4 + 2H2T;
Si + 2KOH + H2O = K2SiO3 + 2H2T Kremniy kimyosining uglerod kimyosiga nisbatan muhim farqi shundaki, kremniy bog’ hosil bo’lishida 3d orbitallar ham ishtirok etadi. Nazariy jihatdan kremniyning kovalentligi 9 ga teng bo’lsa, uglerodda esa 4 ga teng.
Amalda kremniyning 6 valentli birikmalari uchraydi, ularda kremniy atomi sp3d2 - gibridlanishda bo’ladi. Biroq kremniy uchun eng xarakterli struktura 4 ga teng bo’lgan birikmalardir, ularda kremniy sp3 gibridlanishda bo’ladi. Uning sp ва sp2 hosilalari kam va beqarordir. Kremniy ugleroddan farqi yakka bog’li zanjirlar hosil qilishga moyilligi juda kam. Bulardan tashqari kremniyni tipik metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalari, uglerodning shu tipdagi birikmalariga nisbatan ko’proq qutblangan. Bu hol kremniyning ko’proq metalligi va kichikroq nisbiy elektromanfiyligi bilan asoslanadi.
Kremniy eng barqaror birikmalarida +4, 0 ва -4 oksidlanish darajalarida bo’ladi. Kremniy uchun +2 oksidlanish soni kam xarakterli nihoyat kremniy kimyosi uchun kislorodga bo’lgan moyilligi juda yuqoriligi katta ahamiyatga ega Si - О orasidagi bog’lanish energiyasi Si - Si orasidagi bog’lanish energiyasiga nisbatan deyarli 2,5 marta kattadir. Yer qobig’ining 60 % qumtuproq, uning gidrat shakli SiO2-H2O va har xil silikatlardan alyumosilikatli jinslardan tuzilganligi bejiz emasdir. Kremniyning kimyoviy aktivligi faqat uning yuza sirtini holatiga bog’liq. Amorf kremniyning kimyoviy aktivligi kompakt holidagi kristallik kremniydan kuchli. Kremniy ftor bilan sovuqda ham birikadi:
2F2 + Si = SiF4 Т
boshqa metallmaslar - xlor, brom, kislorod, oltingugurtlar bilan juda qizdirilganda birikadi. Kremniy, uglerod, azot, borlar bilan juda yuqori temperaturada ta'sirlashadi. Qizdirilganda kislota kremniy metallar bilan silitsidlar hosil qiladi. Ftorid kislotasi kremniy bilan odatdagi sharoitda birikadi, qolgan vodorod galogenidlar bilan 4005000 С da birikadi
Si + 4HF=SiF4 + 2H2T Kremniy HNO3 va HF aralashmasida yaxshi eriydi:
3Si + 4HNO3 +18HF = 3H2[SiF6] + 4NO + 8H2O:
Ishqor eritmalarida yaxshi eriydi:
Si + 2NaOH + H2O = №SiO3 + 2H2T.
Kremninyni ishlatilishi. Kremniy eng muhim zamonaviy yarim o’tkazgich materiallardan biri, u elektronika va elektrotexnikada: integral sxemalar, diodlar tranzistrlar, termostatlar, fotoelementlar tayyorlashda ishlatiladi.
Eng toza holdagi kremniydan kosmik texnikada ishlatiladigan quyosh batariyalarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Kremniy (IV)- oksidi, silikat kislota
Kremniy dioksid SiO2 qadimdan qumtuproq deb nomlangan, rangsiz kristall modda 1728 0 nihoyatda qattiq va mustahkam
Tabiatda tarqalishi. Kristallik SiO2 kvars minerali holida granitlar, qumliklar va dengiz qumini asosiy tarkibiy qismiga kiradi. Kvarsning yaxshi hosil bo’lgan kristallari rangli aralashmalar bilan quyidagi minerallarni hosil qiladi: tog’ xrustali (oq tiniq), (tutunsimon) kvars yoki paux topaz (kulrangdan to jigarranggacha) binafsha kvars, marion (qora), ametist (gunafsha), sitrin (sariq)
Bulardan tashqari kvarsning xillariga tarkibida suvi bo’lgan minerallar: onal, kalsedon (agat, karneol, yashma) va kremenlar kiradi.
SiO2 kristallari ayrim o’simliklar va hayvonlar organizmidan (ayrim boshoqli o’simliklarda qamishda, bombukda kremniyli gubka va suv o’tlar ) ham uchraydi.
Kremniy IV-oksidning olinishi. Kvarsning yaxlit katta (monokristallar) kristallari sun’iy gidrotermal usulda SiO2 suvli eritmalardan 300-400C da va 100 - 200 mPa (100-200 atm) bosimda o’stiriladi.
Kremniy IV-oksidning xossalari. Oq kukun yoki oq tiniq kristallar polimorf modifikatsiya turiga bog’liq holda (kvars tridimit, kristobalit) 1500-1705C oralig’ida suyuqlanadi. Suyuqlangan qumtuproq amorf shishaga o’xshash massa holida qotadi (kvars shishasi). Faqat ftorid kislotasi (plavik kislota) ta'siridan buziladi, kislota kam bo’lganda SiF4 kislota mo’l bo’lganda H2[SiF6] (geksaftorid kislota) hosil bo’ladi SiO2 suyuqlangan ishqorlar, ishqoriy metallarni karbonatlari bilan qizdirilganda turli silikatlar hosil qiladi.
SiO2 + 2NaOH —^— Na2SiO3 + H2O Na2CO3 + SiO2 —t—— Na2SiO3 + CO2
Ishlatilishi. Qumtuproq (SiO2) shisha, keramika, namunaviy materiallar, beton, buyumlar ishlab chiqarishda kremniy olishda ishlatiladi. Kvars kristallari radio texnikada ultratovush qurimalarida qo’llaniladi. Kvars kristallari saotlarda ishlatiladi.
Sun’iy silikatlar
Tabiiy silikatlar va alyumosilikatlardan sun’iy yo’l bilan har xil silikatli materiallar olinadi, ular juda katta amaliy ahamiyatga ega bo’lib, keng ishlatiladi. Ulardan eng muhimlari shisha, sement va keramikadir.
Shisha va uning turlari. Shisha eng qadimiy kimyoviy mahsulot (Misrda eramizdan 6 ming yil ilgari shisha ishlab chiqarilgan). Qovushqoqligi katta bo'lgan, o'ta sovitilgan suyuqlik deb qaraladigan materialdir. Shisha suyuqlanganda ham juda qovushqoq bo'lib, uning tarkibidagi zarrachalarning (kimyoviy moddalarning) erkin harakati juda qiyin bo'lganligi sababli to'g'ri, normal kiristall panjara hosil bo'la olmaydi.
Shishaning xossalari uning tarkibiga kiruvchi oksidlarning sifatiy va miqdoriy tarkibiga bog'liq bo'ladi. Kislotali oksidlar shishaga mexanik, termik va kimyoviy mustahkamlik beradi. Ishqoriy metall oksidlari shishaning qovushqoqligi, mexanik, kimyoviy mustahkamligini kamaytiradi. Aksincha, ishqoriy-yer metallari esa kimyoviy chidamligini va qovushqoqligini oshiradi. Tarkibida faqat Na2O, CaO, MgO, SiO2 va oksidlarni saqlovchi shisha keng miqyosda qo'llaniladi. Na2O ni o'rniga K2O va CaO hamda MgO o'rniga PbO ishlatilsa, tiniqligi, yaltiroqligi, nurni burish xossasi ortadi (masalan, billur (xrustal) va optik shishalar). Kimyoviy idishlar tayyorlash uchun ishlatiladigan shisha olishda, ishqoriy metallar oksidlarining miqdori kamaytiriladi va SiO2 ni qisman B2O3 hamda A12O3 bilan almashtiriladi. Bunda kimyoviy va termik mustahkamligi ortadi.
Shisha xom ashyoni (qum, soda va CaCO3) suyuqlantirib olinadi:
Na2CO3 + CaCO3 + 6SiO2 = Na2OCaO^SiO2 + 2CO2T Soda o’rniga natriy sulfat va ko’mir aralashmasi ham ishlatiladi:
Na2CO3+3C+CaCO3+6SiO2=Na2O-CaO-6SiO2+2CO2T+SO2t+3rat Bu uncha qimmat bo’lmagan “normal deraza” oynasi. Butilkalar shishasi yanada arzonroq bo’lib, u unchalik toza emas, suyuqlangan silikatga alyuminiy va temir oksidlari aralashgan bo’ladi. Temir oksidi shishaga yashil rang beradi.
Bu turdagi shishalarga ohak natriyli shisha deyiladi.
Ohak- kaliyli shisha, qum, ohaktosh va potashdan tayyorlanadi. Ohak- natriyli shishaga nisbatan qiyinroq suyuqlanadi:
K2CO3 + CaCO3 + 6SiO2 = K2OCaO^6SiO2 + 2CO2T Bu shishaning boshqacha turi- bogomesk- xurstali va kron (optikada foydalaniladi).
Qo’rg’oshin- kaliyli shisha qum, qo’rg’oshinli sutik va potashdan tayyorlanadi yuqori suyuqlanuvchan material, yuqori nur tarqarish koeffisentiga ega:
PbCO3 +CaCO3 + 6SiO2 = PbOCaO^SiO + 2CO2T Optikada, yuvelir ishlarida qimmatbaho toshlarni Imitasiya qilishda va qo’rg’oshinli xrustal sifatida uy-ro’zg’or buyunmlarini tayyorlashda ishlatiladi.
Alyumoborsilikatli shisha. Bu shishada SiO2 qisman Al2O3 va B2O3 bilan almashtirilganda, buning uchun suyuqlangan massaga bor gidroksidi va kaolin (yoki dala shpati) qo’shiladi.
Yensek shishasi nomi bilan ham ma’lum. U juda issiq bardosh va undan kimyoviy hamda uy ro’zg’or idishlari tayyorlashda foydalaniladi.
Maxsus shishalar. Masalan termometrlar uchun shisha, ultrabinafsha nurlanishlar uchun tiniq shisha, ko’k shisha, suyuqlanmaga CoO, Co2O3 qo’shib olinadi sutdek, oq shisha-loyqa hosil qilish uchun ТЮ2 qo’shiladi, quyosh nuridan kimyolovchi shisha (AgCl qo’shiladi)
Xavfsiz shishalar. (oskolkasiz- siniqsiz, parchasiz shisha)- singanda mayda parchalar hosil bo’lmaydi, ko’p qaltamli xavfsiz shisha, bir necha qavatdan iborat, qavatlar orasida plastmassali plyonkalar bo’ladi.
Agar suyuqlangan shishaga MnO2 qo’shlsa qizg’ish gunafsha rangli shisha, Co2O3- qo’shilsa izumurd yashil shisha, oltin birikmalari qo’shilsa to’q qizil rangli qimmatbaho, elektronika va fotografiyada ishlatiladigan shishalar olinadi.
Silikat keramikasi Bu formaga quyilgan xom loyni (ichida kvars qumi va dala shpati bo’ladi) kuydirib olinadigan materiallar va buyumlardir. Keramik materiallar, asosan, alyuminiy silikat (3AkO3-2SiO2) dan iborat bo’ladi. Yupqa devorli keramika bu har xil kimyoviy va texnik idishlardir. Qalin devorli keramika bu issiqlikka chidamli qurilish buyumlaridir.
Silikat keramiki materiallari orasida eng ahamiyatlisi va eng ko’p ishlatilgani- chinnidir. Chinni ko’rinadfigan oq, qattiq jaranglaydigan material, eng nodir keramik mahsulot. Hitoyda eramizning VI asridan beri ma’lum, Yevropada 1709 yildan beri ma’lum.
Chinni olish uchun xom ashyo toza, elangan kaolin, kvars qumi va dala shpati (2:1:1 nisbatda) xizmat qiladi. Araashmma ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin unga ma’lum shakl beiladi sekin quritiladiva dastlabki quydirish 9000C da qilinadi va glazur suyuqligiga botiriladi, yoki gul (naqsh) beriladi, keyin 14000C da kuydiriladi.
Sement silikat sanoatning eng muhim materiallaridan biridir. Sement kulrang kam hollarda oq kkun, kalsiy alyumosilikati, u namlanganda suv blan kimyoviy bog’lanadi va toshek massa bo’lib qotadi.
Qattiqlik xossasi bo’yicha eng qimmatlisi Portland sementdir. Uni maydalangan ohaktosh va qumtuproq aralashmasini 14500C da kuydirib olinadi. Sement uzunligi I =40-50m, diametric d=2,5-3,5 m, < 70 kiya qilib joylashtirilgan maxsus truba pechlarida olinadi. Sement tabiatda uchraydigan klinker yoki migrel CaO-SiO2-AkO3-Fe2O3 dan olinadi. Sementning kimyoviy tarkibi odatda unda bo’ladigan oksidlarning foiz miqdorlari bilan ifodalanadi.
Sementdagi CaO- og’irligining qolgan uchta oksidlar og’irliklarining yig’indisi nisbatiga sementning gidromoduli deyiladi va uning qiymati sementning texnik sifatini ko’rsatadi:
Sement, qum va suv aralashmasidan sementli eritma olinadi. Sement eritmasini to’ldiruvchilar (yirik shag’al, mayday toshlar) bilan aralashmasi betonin hosil qiladi. Beton eng muhim qurilish materialidir.
Agar beton qorishmasiga temir armatura solinsa yoki temir setkalriga qo’yilsa yuqori mustahkamlikka ega temir beton hosil bo’ladi. Agar beton ko’pik hosil qiluvchilar (sirt- aktiv moddalar) dan foydalanib olinsa penobeton deyiladi. U juda g’ovak strukturtaga ega, shu sababli yaxshi issiqlik izolyasion xossaga ega.
Beon, nordon jumladan, karbonnat angidridli eritmalar ta’siridan, hamma sulfatli eritmalar bilan buziladi.
Ultramarin. Yorqin ko’k, zaharsiz pigment- oltingugurtli natriy alyumosilikat. Kaolin, kvars, natriy sulfat va ko’mir aralashmalarini 7300C da qizdirib olinadi. Tabiatda mineral lazurit ko’rinishida uchraydi.
Kremniyning vodorodli birikmalari. Kremniy vodorodlar yoki silanlar- aktiv metallarning silisidlariga kilota ta’sir ettirib olinadi:
Mg2Si + 4HCl = 2MgCl2 + SiH4t Monosilan SiH4 bilan bir qatorda vodorod va polisilanlardan geksasillangacha Si6H14 ajraladi. Strukturasi va fizikaviy xossalari bo’yicha silanlar, metanning gomologik qatponi uglevodorodlariga o’xshaydi.Monosilanni gomologlaridan Si8H18 gacha ma’lum. Silanlar olishning texnikadagi eng muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan usullari SiG4 vodorod yoki litiy alyumogidrid bilan qaytarish usullaridir.
SiG4 + 4H2 = SiH4+ 4HCl SiCl4+ Li[AlH4] = SiH + LiCl + AlCb Hamma silanlar xarakterli qo’lansa hidli va zaharli, uglevodorodlarga nisbatan silanlar zichligi kattaligi, yuqori temperaturada suyuqlanishlari va qaynashlari, termik
beqarorliklari bilan farq qiladilar. Ular havoda oson oksidlanadi, ya’ni qaytaruvchilardir.
SiH4 + 2O2 = SiO2 + 2H2O
Silonlar KMnO4 ni MnO2 gacha, Fe+3 ni Fe+2 gacha qaytaradi. Bulardan tashqari silanlar uchun gidroliz xarakterli. Kislota tuzlari ayniqsa ishqorlar ishtirokida silanlar buziladi:
SiH4 +2H2O = SiO2 + 4H2 SiH4+ 2NaOH + H2O = Na2SiO3+ 4H2 Polisilanlar bo’lganda gidroliz natijasida kremniy atomlari orasidagi bog’lar uziladi:
H3Si-SiH2-SiH3+ 6H2O^3SiO2 +10H2T
Gidroliz natijasida silanlardan qumtuproq va silikatlarning hosil bo’lishi ular kislota tabiatli ekanligini ko’rsatadi. Silanlarni galogenlar bilan aralashmasi portlaydi:
SiH4 + 4G = SiG 4 + 4HG
To’yinmagan kremniy vodorodli birikmalardan poliselinlar (SiH4)n lar ham ma’lum. Ularning hammasi-qattiq moddalar, qizdirishga beqaror va juda reaksion qobilyatli. Ular havoda alanganlanadi va suvda to’liq parchalanadi.
Mavzu: Metallarning umumiy xossalari Reja: 1. Metallarning olinish usullari
Metallarning tabiatda tarqalishi
Metallarning fizik kimyoviy xossalari
Metallar (yun. metalleuo — qaziyman, yerdan qazib olaman) — oddiy sharoitda yuqori elektr o’tkazuvchanligi, issiq o’tkazuvchanligi, elektr o’tkazuvchanligi, elektr magnit to’lqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan oddiy moddalar.
Metallar yer yuzida eng ko‘p tarqalgan ashyo va materiallardan biridir. Insoniyat bor ekan, har bir soniyada metallarga duch keladi hamda metallarga ehtiyoji hamisha ortib boradi. XXI asrga kelib, odamzot kimyoviy, sintetik moddalarni ko‘proq ishlab chiqarmoqda va metallar o‘rnini bosib, xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlaridan ularni siqib chiqarmoqda. Bu metallarga bo‘lgan ehtiyoj kamaymoqda degani emas, balki yer yuzasidagi ayrim metallarning kamayib borishi, ularni qazib olish ancha iqtisodiy qiyinchiliklar tug‘dirayotgani sababli metallar o‘rnini bosuvchi, ekologik toza, arzon va zanglamaydigan materiallar yaratilmoqda.
To‘g‘ri, insoniyat metallarsiz shunday qulaylikka, madaniyat va taraqqiyotning bunday cho‘qqisiga erishmagan bo‘lar edi. Chunki turli avtomobillar, mashina mexanizmlari, elektrotexnika, atom yadro energiyasi, koinotning zabt etilishi metallar bilan bog‘liqdir. Tosh asridan barcha qurollar, kerakli anjomlar, qurilish materiallari-yu ish dastgohlari, hammasi tosh yoki daraxtdan yasalar edi. Uning o‘rniga sekin-asta metallning qo‘llanilishi o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Minglab yillar kerak bo‘ldi-ki, insoniyat birinchi metallni qo‘lga kiritib, hayotiy faoliyati mobaynida ishlatib keldi.
Birinchi metall bu mis edi. Insoniyatning tog‘u toshlar orasida boshqa metallarga qaraganda misni ajratib olishi unchalik qiyin kechmagan. Chunki ma’lum bo‘lgan barcha kimyoviy elementlar ichida faqat 2 ta metall rangli - mis qizil, oltin esa sariq, qolganlarining barchasi deyarli bir xil, ya’ni rangsiz, oq. Aynan qizil rangda bo‘lganligi, tosh bilan urib egsa, cho‘ziltirsa, ishlov berilsa shakl-shamoyilini o‘zgartirganligi uchun ham o‘ziga jalb qilgan bo‘lsa ajab emas. Misning topilishi, uning keng ko‘lamda ishlatilishi, so‘ng turli qotishmalar aralashmasi natijasida bronza paydo bo‘lishi, butun dunyoda “Tosh asri” dan keyin “Bronza asri” ning boshlanishiga olib keldi. Chunki bronzaning kashf etilishi odamzot madaniyatini, yashash tarzini bir necha pog‘ona ko‘tarib yubordi. Arxeologlarning olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, miloddan oldingi 6500-5700-yillarda mis eritib olingan. Ayrim arxeolog olimlar va tarixchilarimiz undan ham oldin mis eritib olin- ganligi haqida fikr yuritmoqda.
Keyingi topilgan metallar - bu oltin va kumushdir. Misga qaraganda yanada yaltiroq, chiroyli, oson mexanik ishlov berilsa, o‘z shaklini o‘zgartira oladigan bu ikkala metalning oson kashf etilishiga sabab ularning tabiatda sochma holda uchrashidir.
To‘rtinchi metall bu temirdir. Insoniyat tarixining ma’lum bosqichi “Temir asri” deb nomlanishi bejiz emas. Uning kashf etilishi miloddan oldingi 2500-2000- yillar deb, taxmin qilinmoqda. Albatta, bunga tog‘lardagi temirning sof magnetit holida uchrashi va uning keng tarqalganligi sabab bo‘lgan.
Beshinchi kimyoviy element - bu qalay. Albatta, uning tabiatda ertaroq kashf qilinishi sof holda uchrashi va uning bronza tarkibiga qo‘shilib, turli qotishmalar hosil qilishi tufaylidir. Qo‘rg‘oshin, simob, keyinchalik surma kabi kimyoviy elementlarning kashf etilishi, umuman olganda (8 ta kimyoviy element), xalq xo‘jaligi, konchilik, metallurgiya va kimyo sanoatining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Barcha metallarni sanoat tasnifiga ko‘ra ikki guruhga: qora va rangli metallarga bo‘lish mumkin.
Qora metallar. Bu guruhga asosan temir elementi kiradi. Sanoatda esa nafaqat temir, balki uning qotishmalari bo‘lgan po‘lat va cho‘yanni asosli ravishda bu guruhga kiritish mumkin. Temirli qotishma tarkibida xrom va marganes elementlarining deyarli doimiy bo‘lishi, bu guruhga ikkala kimyoviy elementni qo‘shsa bo‘ladi, degan fikr ham yo‘q emas.
Rangli metallar. “Rangli” so‘zi, albatta, go‘yo asossiz bo‘lsa-da, yuqorida tasniflab o‘tganimizdek, mis va oltindan boshqa barcha kimyoviy elementlar rangsiz, kulrang ko‘rinishda, biroq har birining o‘zgacha yaltiroq va nurni qaytarish xususiyati bor. Undan tashqari bu elementlar tabiatda kam uchraydi va xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham ular rangli metallar deb nomlanadi.
Ular turli fizik-kimyoviy va mexanik xususiyatlariga, tabiatda joylashishiga, kristall tuzilishiga, xalq xo‘jaligida ishlatilishiga, o‘zlarining qattiqligi, eruvchanligi, o‘zgaruvchanligi va boshqa xossalariga qarab 5 guruhga bo‘linadi:
Asosiy og‘ir, rangli metallar. Bu guruhga mis, nikel, qo‘rg‘oshin, rux va qalay kiradi (Cu, Ni, Pb, Zn, Sn). Bu guruhga kiruvchi kimyoviy elementlarning bunday atalishiga sabab, sanoatda ko‘p ishlab chiqarilishi, xalq xo‘jaligida boshqa elementlarga qaraganda keng qo‘llanilganligi, solishtirma og‘irligi boshqa rangli metallarga qaraganda yuqoriligidandir. Bu metallarni sof yoki qotishma holida kundalik hayotimizda ko‘p uchratganimiz uchun ham “asosiy” sanaladi.
Kichik og‘ir rangli metallar. Vismut, margimush, surma, kadmiy, simob va kobalt (Bi, As, Sb, Cd, Hg, Co). “Kichik” deyilishiga asosiy sabab - oltita elementning kamligi, boshqa kimyoviy elementlarni olishda yo‘ldosh bo‘lib uchrashi va ikkilamchi metall sifatida ajratib olinishidir. Shuningdek, bu metallar sanoatda kam miqdorda olinadi va xalq xo‘jaligida unchalik ko‘p ishlatilmaydi.
Nodir (qimmatbaho) metallar. Oltin, kumush va platina guruhi metallari: platina, palladiy, rodiy, ruteniy, osmiy va iridiy (Au, Ag, Pt, Pd, Rh, Ru, Os, Ir).
Ushbu qayd etilgan 8 ta element davriy jadvaldagi barcha kimyoviy elementlar ichida nafaqat qimmatbaholigi bilan, balki o‘ziga xos, boshqa metallarda bo‘lmagan, o‘zining avvalgi yaltiroq holini o‘zgartirmasligi, yuqori darajada zanglamasligi, barqarorligi, ayniqsa, atrof-muhit, havo va namning ta’siriga bardoshliligi uchun ham nodirdir. Necha ming yillarki, bu metallar zeb-ziynat tayyorlashda eng qimmat metall sifatida qo‘llanib kelinmoqda.
Yengil rangli metallar. Bu guruhga alyuminiy, magniy, natriy, kaliy, bariy, kalsiy va stronsiy (Al, Mg, Na, K, Ba, Ca, Sr) lar kiradi. Solishtirma og‘irligi (zichligi) boshqa metallarga qaraganda past bo‘lganligi uchun ham ular yengil metallardir. Yengil noyob metallardan ularning farqi ko‘pgina manbalarda “yengil metallar” deb atalishidir.
Noyob rangli metallar. Bu guruh yuqorida qayd etilgan guruhlarga (jami 26 ta metall) qaraganda eng yirigidir.Chunki bu guruhga 41 ta kimyoviy el ement kiradi. Agar bugungi kunda aniqlangan 118 kimyoviy elementlardan 71 tasi xalq xo‘jaligida qo‘llanib kelinayotganligini e’tiborga olsak, deyarli 60 % metallar noyob, kamyob metallardir.
Bu metallarni garchi shartli bo‘lsada 5 guruhga bo‘lamiz:
5.1. Yengil noyob metallar: litiy, berilliy, seziy va rubidiy (Li, Be, Cs, Rb).
-1- 5.2.Qiyin eruvchi noyob metallar: volfram, molibden, sirkoniy, gafniy, niobiy, titan, vanadiy, tantal (W, Mo, Zr, Hf, Nb, Ti, V, Ta)
-I- 5.3.Tarqoq noyob metallar: galliy, indiy, talliy, germaniy, selen, tellur, reniy (Ga, In, Tl, Ge, Se, Те, Re).
-I- 5.4.Siyrak yer noyob metallar: skandiy, ittriy, lantan va lantonoidlar (Sc, Y, La va 14 ta element).
-I- 5.5.Radioaktiv noyob metallar. Radiy, uran, toriy, aktiniy va aktinoidlar (Ra, U, Th, Ac va 12 ta element).
Metallarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat.
. Har qanday metall o‘ziga xos yaltiroqlikka ega, chunki ular yorug‘lik nurini spektrning ko‘zga ko‘rinuvchan sohasida qaytarish xususiyatiga ega.
Metallar issiqlik va elektr oqimini yaxshi o‘tkazadi. Metallarning elektr o‘tkazuvchanligi temperatura ortishi bilan pasayadi va aksincha, qarshiligi temperatura ortishi bilan ortadi.
Ko’pchilik metallar odatdagi sharoitda kristall holatda bo‘ladi, ularning koordinatsion soni katta qiymat - 8 va 12 ga etishi mumkin.
Metallar cho‘ziluvchan va yassilanuvchan bo‘ladi.
Metallar elektrmusbat elementlardir, ya’ni ularning oksidlari ko‘pincha suv bilan birikib asoslar hosil qiladi.
Metallar bu besh xususiyatga ega bo‘lishiga asoslanib, metallning ichki tuzilishi haqida ma’lum tasavvur yaratish mumkin. Masalan, metallar yorug‘likni qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun, juda yupqa metall plastinka ham shaffof (tiniq) bo‘lmaydi. Bunga asoslanib, metall juda zich tuzilishga ega deyish mumkin.
Metallarning oson deformatsiyalanishiga ko‘ra, ularning kristall panjarasi u qadar mustahkam emas, kuch ta’sirida panjaraning bir tekisligi uning ikkinchi tekisligiga nisbatan oson harakatlana oladi, degan xulosaga kelish mumkin.
Metallarning issiqlik va elektr oqimini yaxshi o‘tkazishi - zaryadlangan zarrachalar metall kristallari orasida oson harakatlanishi haqida ma’lumot beradi. Nihoyat, metallarning elektrmusbat elementlar jumlasiga kirishi-valent elektronlarning metall atomidan osongina chiqib keta olishini ko‘rsatadi. Bu besh xususiyat oddiy moddalarni «metall» yoki «metallmaslar» sinfiga ajratish uchun asos bo’la oladi, lekin oddiy moddalarni shu tarzda gruppalarga ajratish uchun ular ishtirokida sodir bo‘ladigan kimyoviy bog‘lanish turini asos qilib olish afzal.
Demak, zarrachalari orasida metall bog‘lanishli oddiy moddalarni metallar jumlasiga, kovalent bog‘lanishli oddiy moddalarni esa metallmaslar jumlasiga kiritish mumkin.
Oddiy moddalarni bunday ikki turkumga ajratish bir tomondan mutlaq va ikkinchi tomondan nisbiy tavsifga ega. Ayni sharoitda oddiy moddalarni metall va metallmaslarga ajrata olamiz, lekin ba’zi oddiy moddalarning «metallar» yoki «metallmaslar» turkumiga kiritilishi tashqi sharoitning o‘zgarishiga bog’liq bo’ladi.
Masalan, surmaning elektr o‘tkazuvchanligi temperatura ortishi bilan kamayadi, shuning uchun uni «metallar» turkumiga kiritiladi.
Metallarning umumiy fizik-kimyoviy xossalari.
Metall kristall panjaralarining turlari.
Fizik xossalari: Simob va seziydan tashqari barcha metallar odatdagi sharoitda o‘ziga xos yaltiroq qattiq moddalardir. Metallarning fizik xossalari jumlasiga ularning optik, termik, mexanik, elektr va boshqa xossalari kiradi. Metallarning optik xossalari — ularning yaltiroqligi va shaffof emasligidir. Alyuminiy yaxlit holatda ham, kukun holida ham yaltiroq metall, boshqa metallar esa faqat sirtli yaxlit holatdagina yaltiroq bo‘lib, kukun holatda yaltiramaydi.
Kumush, palladiy va indiy eng ko‘p yaltiroqlikka ega. Shuning uchun ham kumush va palladiy ko‘zgu ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ko‘p metallar to‘q kulrang bilan kumush rang orasidagi tusga ega. Oltin va seziy sariq, vimut qizg‘ish, mis to‘q pushti rangli bo‘ladi. Metall bug‘lari yoki ionlari alangani ma’lum tusga bo‘yaydi. Masalan, natriy - sariq, kaliy-binafsha, stronsiy - qizil, kalsiy - qovoq rangga bo‘yaydi. Bu qodisa asosida spektral analiz usuli yaratilgan.Yerdagi va koinotdagi moddalarning atom spektrlarini tekshirish natijasida o‘sha moddalarning kimyoviy tarkibi aniqlanadi.
Ayrim metallar o‘zining turli xususiyatlari bilan boshqalardan ajralib turadi, masalan, eng qiyin eriydigan, elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan, zichligi eng kam, eng og‘ir va hokazolar. Shunday ekan, ba’zi qiziquvchi kimyogarlar uchun ayrim metallar haqida fikr yuritamiz. Eng yuqori elektr tokini o‘tkazuvchi metall bu kumushdir. Keyingi o‘rinda mis, oltin, alyuminiy va temir turadi. Metallarning asosiy fizik xossa- laridan biri ularning zichligidir. Eng yengil, past zichlikka ega metall bu litiydir (p=0,53g/sm3), eng og‘ir metall esa osmiy (p=22,5g/sm3). Zichligi kam bo‘lgan metallar yengil, og‘irlari esa og‘ir metallar deb ataladi. Metallarning suyuqlanish harorati turlicha, masalan, seziy bilan galliy elementlarini inson o‘z harorati orqali kaftida eritishi mumkin. Eng yuqori haroratda eriydigan, qiyin eruvchan metall volframdir (ter= 34 1 00C).
Shuningdek, metallarning qattiqligiga qarab ham xususiyatini bilsa bo‘ladi. Eng qattiq metall xromdir, u orqali oynani kessa bo‘ladi. Eng yumshoq metallar kaliy, rubidiy va seziy. Bu metallarni oddiy osh pichog‘i bilan ham kessa, burdalasa bo‘ladi.
Metallarning elektr o‘tkazuvchanligi.
Barcha o‘tkazgichlar ikki gruppaga bo‘linadi:
elektron o‘tkazgichlar (metall va yarimo‘tkazgichlar),
ion o‘tkazgichlar (elektrolitlar).
Metallar va yarimo‘tkazgichlar orqali elektr oqimi o‘tganda hech qanday kimyoviy o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Shuning uchun ular birinchi xil o‘tkazgichlar jumlasiga kiradi. Elektrolitlar (ya’ni, ikkinchi xil o‘tkazgichlar) orqali elektr oqimi o‘tganda, albatta, kimyoviy o‘zgarish sodir bo‘ladi. Metallarning elektr o‘tkazuvchanligi temperatura pasayishi bilan ortadi. Nihoyat, mutlaq nolga yaqin temperaturada metallarning elektr o‘tkazuvchanligi cheksiz katta qiymatga erishadi — metall o‘ta o‘tkazuvchan bo‘lib qoladi. Hamma metallar elektr oqimini bir xilda o‘tkazmaydi. Shunga asoslanib, metallarni elektr o‘tkazuvchanligiga ko‘ra quyidagi qatorga joylash mumkin:
Ag, Cu, Au, Cr, Al, Mg, Na, Ir, W, Be, Li, Fe, Hg, Bi Metall begona moddalar qo‘shimchasidan tozalanganida uning elektr o‘tkazuvchanligi ortadi.
Metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi Metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi ularning elektr o‘tkazuvchanligi bilan parallel ravishda o‘zgaradi. Videmen — Frans qonuniga muvofiq metallarda issiqlik o‘tkazuvchanlikning elektr o‘ tkazuvchanlikka nisbatan doimiy kattalik bo‘lib, metall tabiatiga ham bog’liq. Metallarni issiqlik o‘tkazuvchanligi jihatidan quyidagi qatorga terish mumkin :
Ag, Cu, Au, Zn, Ni, Fe, Pt, Hg Metallar orqali issiqlik o‘tishida ham elektronlar ishtirok etadi. Ular kristall panjara ichida harakatlanib, issiqlik energiyasini metallning issiq qismidan sovuq qismiga o‘tkazadi.
Metallarning muhim fizik xossalariga ularning magnit xossalari, plastikligi, qattiqligi, zichligi, suyuqlanish va qaynash temperaturalari kiradi.
Solishtirma massasi 5 dan kichik bo‘lgan metallar yengil, 5 dan kattalari og‘ir metallar deyiladi. Suyuqlanish temperaturasi 800°C dan past bo‘lgan metallar oson suyuqlanuvchan, 800°C dan ortiq bo‘lganlari qiyin suyuqlanuvchan metallar deyiladi. Metallarning zarrachalari bug‘ holatida bir atomli molekulalardan iborat.
Temir va uning qotishmalari qora metallar deb, qolgan metallar esa rangli metallar deb yuritiladi, faqat nodir metallar — Au, Ag. Pt, Ag bunga kirmaydi. V, Mo, Be, In, Zn, La, Nb, Re, Ge, Ga, Tl va boshqalar nodir metallardir. «Nodir metallar» iborasi shartli bo‘lib, metall rudalarining qanchalik topilishi va toza metall ajratib olish usullarining takomillashganligiga bog‘liq: bir vaqtlar «nodir metall» deb hisoblangan titan endilikda bu qatorga kirmaydi.
Metallarning magnit xossalari Ba’zi metallar diomagnit (magnit maydondan itariladigan) ba’zi metallar paramagnit (magnit maydonga tortiladigan) metallarga bo’lanadi. Diomagnit metallarga Cu, Ag, Au, Zn, Cd, Hg va Zr kiradi. Paramagnit metallarga esa Sc, Y, La, Ti, V, Nb, Ta, Cr, Mo, W, Mn, Re, Ru, Ro, Pd, Os, Ir va Pt kiradi.
Fe, Co, Ni ferromagnit metallar bo’lib, ular magnitga kuchli sezgirlik namoyon qiladi. Valent qobiqchasida toq elektronlari bo’lmagan metallar diomagnit, toq elektronlarga ega bo’lgan metallarda paramagnit xususiyat kuzatiladi.
Kimyoviy xossalari:
Metallarning fizik va kimyoviy xossalari ularning atomlaridagi elektron qobiqlarining tuzilishiga bog‘liq bo’ladi. Metallar metallmaslar bilan reaksiyaga kirishib, birikma sulfid va sulfatlarini, galogenlar bilan birikib galogenidlarni, azot bilan esa nitridlarni, fosfor bilan birikib fosfidlarni, uglerod bilan birikib karbidlarni, kremniy bilan birikib silitsidlarni, bor bilan esa boridlarni, vodorod bilan birikib gidridlarni hosil qiladi.
Metallarning suvga ta’siri
Birinchi qarashda N .N . Beketovning aktivlik qatorida vodoroddan chapga joylashgan barcha metallar suvdan vodorodni siqib chiqaradi, degan xulosaga kelish mumkin. Agar neytral suvda vodorod ionlari konsentratsiyasi [H+]= 10-7mol- l-1 ligini nazarga olsak, yuqoridagi xulosani bosh qacharok ta’riflash ga to‘g‘ri keladi. Chunki toza suvga platina elektrod tushirilsa, hosil bo‘ladigan potensial qiymati Nernst formulasiga muvofiq:
gateng bo‘ladi.
Demak, metallarning aktivlik qatorida kadmiydan chapga joylashgan metallargina suvdan vodorodni siqib chiqara oladi. Amalda metallar suv bilan reaksiyaga kirishishidan avval metallning sirti oksid pardadan ozod bo‘lishi kerak, bunday pardani ba’zan suvning o‘zi yo‘qotadi. Masalan, suvga kalsiy metalltashlanganida kuyidagi ikki reaksiya boradi:
CaO + H20 -> Ca(OH)2 Ca + 2Н20 Са(ОН)2 + Н2
Temir va rux metallari sirtidagi oksid pardani odatdagi temperaturada suv yo‘qota olmaydi. Shuning uchun bu metallar faqat suv bug‘i bil an reaksiyaga kirisha oladi. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallar odatdagi temperaturadayoq suvdan vodorod chiqaradi.
Metallarga kislotalarning ta’siri Metallarning aktivlik qatorida vodoroddan chapda joylashgan barcha metallar kislotalardan vodorodni siqib chiqara oladi. Masalan:
Fe + 2HC1 —> H2 + FeCl2
Ba’zan metall sirtidagi oksid parda metallarning kislotada erishiga yordam beradi. Masalan, mis sirtidagi oksid CuO xlorid kislotada eriganidan keyin metall yana havo kislorodi ta’sirida oksidlanadi, hosil bo‘lgan oksid yana HCl da eriydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |