NH3+ 3O2= 2N2+ 6H2O-2ammo platina katalizatori ishtirokida ammiakning oksidlanishi davom etadi va azot (II)- oksid hosil qiladi.
4NH3 +5O2= 4NOT+ 6H2O Bu reaksiya sanoatda nitrat kislota ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Ammiakda azotning bo’linmagan juft elektroni ammiakka donorlik xossasini beradi. Shuning uchun ammiakka donor akseptor-mexanizmi bo’yicha komplekslar hosil qilish xarakterlidir. Ammiak molekulasi saqlovchi kompleks birikmalar ammiakatlar deyiladi. Masalan mis ammakati [Cu(NH3)4]SO4, kobalt ammiakti [Co(NH3)6]Cl2, kalsiy ammiakti [Ca(NH3)s]Cl2 va hokazo.
Ammoniy xlorid- NH4CI- metallarni kavsharlashda flyus sifatida (kavsharlanayotgan metall sirtidagi oksidlarni uchuvchan xloridlarga aylantiradi va metallarni yaxshi kavsharlash imkonini yaratadi), quruq galvanik elementlarda (Leklanshe elementi), mineral o’g’itlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Ammoniy sulfat (NH4)2SO4 - mineral o’g’it sifatida, achitqilar olishda, yonishga chidamli qog’ozlar olishda (qog’ozga yuttiriladi) sanoatda uni olish quyidagi reaksiyalarga asoslangan (suvli ammiak va CaSO4 dan iborat eritmadan CO2gazi o’tkaziladi).
2nh3 + co + ho = ( nha)2co (NH4 )2CO + CaSO = ( NHa)2 SO + CaCO Cho’kma filtrlanadi va ammoniy sulfat eritmasi bug’latiladi
Ammoniy nitrat NH4NO3 -kabilar mineral o’g’it sifatida keng qo’llaniladi. O’g’itlarda komponent portlovchi moddalar olishda ishlatiladi, masalan, donarit tarkibida 55% NH4NO3, 22% nitrogliserin 10% trintrotoluol, 10% NaNO3 1% kolloksilin qolgani yog’och uni va Fe2O3 bo’ladi.
Ammoniy gidrokarbonat NH4HCO3- NH3+CO2+H2O aralashmasidan olinadi. Texnik tuz tarkibida hamisha karbaminat ammoniy NH2COONH4 aralashgan bo’ladi. Qizdirilganda dastlabki moddalarga parchalanadi. Shu sababli u germitik yopiladigan idishlarda saqlanadi. Xamirlarni kimyoviy oshlovchi sifatida ishlatiladi. Ammoniyni hamma tuzlari kimyo texnologiyasida qishloq xo’jaligida harbiy texnikada juda muhim ahamiyatga ega.
NH + ionini strukturasi tetraedr va uning hamma uchlarini vodorod atomlari band qilgan, markazida azot atomi turadi. Musbat zaryad hamma vodorod aromlari orasida teng taqsimlangan. Kaliy va ammoniy tuzlarining o’xshashkligi ion radiuslarining yaqinligi (NH +, 0,112 n^) va (K+ 0,113 n^) bo’lsa, muhim faqrli kaliyni kuchli kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari gidrolizga uchramaydi ammoniy tuzlari esa gidrolizga uchraydi (ammoniy kuchsiz asos). Ammoniy tuzlari termik barqarorliklari kichikligi bilan farq qiladilar. Termik parchalanishining oxirgi mahsulotlari anionning xossasi bilan aniqlanadi.
Agar anion oksidlovchi kislotadan hosil bo’lgan bo’lsa, ammiak azotning oksidlanishi sodir bo’ladi:
-3 +5 0 +1
NH4 NO—c > N2O + 2HO
-3+3 /V 0
NH4NO2 > N2 + 2H2O
Bu reaksiyada ammiakdagi azot nitratdagi azotga 4 ta elektron beradi. Shu sababli u (NO-3 ioni) oksidlovchi bo’ladi. Bunday oksidlanish qaytarilish reaksiyalariga sinproporsionerlash (konproporsionirlash) yoki konmutasiyalanish reaksiyalari deyiladi.
Agar ammoniy tuzlarida kislota qoldig’i oksidlovchi bo’lmasa termik parchalanishda ammiak va kislota ajralib chiqadi:
(NH4) 3PO4>2NH3+ H3PO4
Agar kislota uchuvchan bo’lsa bug’larning kondensiyalanishidan yana ammoniy tuzlari hosil bo’ladi. Ammoniy galogenidlari o’zlarini xuddi shunday tutadilar. Bu qatorda eng termik barqaror ammoniy yodid bo’ladi, shunday qilib bir xil tipdagi ammoniy tuzlaridan kislota kuchining ortib borishi bilan termik barqarorlik ortib boradi.
NH4Cl—NH4Br—-NH4J qatorida barqarorlik ortadi.
Ammoniy tuzlari ishqorlar bilan ishlanganda ammiak ajraladi:
2NH4CI + Ca(OH)2 = 2 NH3 + CaCI2 + 2H2O
Bu reaksiya labarotoriyada ammiak olishning eng sodda usulidir.
Ammiak juda kam hollarda oksidlovchi bo’lib reaksiyaga kirishadi:
NH3 + Na = NaNH2 + ^ H2
Bu reaksiyada metallik natriy suyuq ammiakdan vodorodni siqib chiqaradi. Bunda ammiakdagi vodorod o’zining oksidlanish darajasini pasaytiradi va ammiak oksidlovchi rolini bajaradi. Boshqa tomondan bunday reaksiyalar ammiakni kislotali xossasini nomayon qilishini ko’rsatadi. Metallarning amidlari masalan: NaNH2, Na2NH, ammiakning tuzlari bo’lib uning kislotalik funksiyasiga javob beradi. Aniq ma’lumki, ammiakning kislotalik tabiati H2O ba HF nisbatan ham ancha kuchsiz ifodalangan. Kislotalik dissosiasiya konstantasi shunchalik kichikki (pK=35) shu sababli ammiakning tuzlari suvda to’liq gidrolizlanadi:
NaNH2 + H2O = NaOH + NH3Ammiakning kislotali funksiyaltiga nafaqat amidlari balki imidlari (Na2NH), hatto nitridlari (AlN) ham javob beradi, ular ham suvda to’liq gidrolizlanadi.
AIN + 3HO = AI (OH)3 + NH3Ammiakning yumshoq oksidlovchilar masalan: natriy gipoxlorit bilan oksidlanganda, azotning boshqa vodorodli birikmasi gidrazin yoki diamid olinadi:
2NH3 + NaCIO = N2Ha + NaCI + HO Gidrazin, rangsiz oson parchalanadigan zaharli suyuqlik, dielektrik o’tkazuvchilifgi yuqori (E=52,25oC da). Gidrazin ammiakka o’xshash yaxshi ionlashtiruvchi erituvchi. Suyuq gidrazinni shaxsiy ionlanish ammiakka nisbatan yuqri ionli ko’paytmasi -35oC da [N2H5+]-[N2H3-]=10-25ga teng. Suvli eritmada vodorod bog’lanish yuzaga keladi.
Gidrazin kuchsiz asos xossasini namoyon qiladi, uning N2H5Q, N2H6Q2 yoki N2H6SO4 tipidagi tuzlari ma’lum. Gidrazinda azotni oksidlanish darajasi -2 bo’lishiga qaramasdan, ammiakka nisbatan kuchliroq qaytaruvchi. Shu sababli gidrazin ammiakdan farqli, nafaqat kislorod bilan balki havo bilan ham va yod bilan ham oksidlanadi.
NHb + O = N2 + HO
NH4 + 2I2 = N2 + 4HI
Gidrazinning kuchli qaytaruvchi xossasi undagi 2 ta azot atomi bo’lib oksidlanish darajasini yig’indisi -4 tengligidir.
Gidroksilamin NH2OH ammiakning bir atom vodorodi gidrooksil -OH gruppasiga almashinuvidan hosil bo’lgan moddadir. U rangsiz kristall modda +330 C da suyuqlanadi. Bunda azotning oksidlanish darajasi -1 ga teng. Shuning uchun gidroksilamin ham oksidlovchi ham qaytaruvchilik xossasini namoyon etadi. U portlovchi modda, chunki undagi N-O ning a- bog’i bo’sh, kuchsiz bog’langan hamda beqaror birikmadir. U NO ni vodorod bilan katalitik qaytarish orqali olinadi.
2NO+ 3H2 = 2NH2OH Nitrat kislota atomar vodorod bilan qaytarilganda gidroksilamin (NH2OH) hosil bo’ladi.
HNO3 + 6H = NHOH + 2HO U gidrazinga o’xshash kuchsiz asos bo’lib gidroksilaminning NH3OH+ tuzlarini hosil qiladi.
NH2 OH + H2O ^ NH3OH++OH- K =7 * 10-9
Gidroksilamin mikrobiologik nitrifikatsiya reaksiyasida oraliq mahsulot sifatida hosil bo’ladi. Ammiak molekulasidagi vodorod atomlari galogenlarga almanishinishi ham mumkin.
NH4Q + 3Cl2 = NCl3+4HCl
Xlor nitridi sariq uchuvchan suyuqlik, o’tkir hidli, portlovchi modda. Azot triftoridi NF3 barqaror modda unda azot +3 oksidlanish darajasiga ega. Uni ammiakka ftor qo’shib olinadi.
4NH3+3F2=NF3+ 3NH4F NF3 - rangsiz gaz. U kuchli oksidlovchi modda, masalan vodorod bilan qo’shib qizdirilsa shiddatli reaksiya boradi.
2 +3NF3+3 0H2 = 6 +1HF + 0N2 NCl3 va NJ3 larda azotning oksidlanish darajasi -3 ga teng.
HN3-suvdagi eritmasiga azid kislotasi deyiladi. U gidrazinni nitrit kislotasi bilan oksilab olinadi: