Navoiy davlat pedagigika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 1,46 Mb.
bet12/62
Sana30.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#96318
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62
Bog'liq
kimyo faniga kirish

Ishlatilishi

Brom turli dorilar olishda, ba’zi bir bo’yoqlarni olishda, fotomateriallar (AgBr) olishda, organik birikmalar sintezlashda va kimyoviy analizlarda ishlatiladi, oksidlovchilar sifatida ham qo’llaniladi. KBr, NaBr lar nerv sistemasini tinchlantiruvchi modda sifatida foydalaniladi.

Yod tibbiyotda 10 % li etanoldagi eritmasi ajoyib antiseptik va qonni to’xtatuvchi modda sifatida ishlatiladi. (masalan shamollanganda yodli setka qilinadi va hokazo). Ko’pgina farmaseptik preparatlar tarkibiga kiradi. I2 ning reaktiv izotopi shish va bo’qoq kasalligini davolashda ishlatiladi. NaI, KI, NH4I lar tibbiyotda, fotografiyada ishlatiladi. I2 o’ta toza metallarni ajratib olishda (masalan Zr- sirkoniy) ishlatiladi. HCl metalurgiya tekistil, oziq- ovqat, sanoatlarda va tibbiyotda ishlatiladi. HF shishaga gul bosishda, kimyoviy analizlarda silikatlarni parchalashda, metall quymalari yuzidagi qumlarni yo’qotishda ishlatiladi.

Galogenlarning hosilalari gazlama va qog’ozni oqartirishda dezinfeksiyalashda (gipoxloritlar, NaClO2, ClO2) reaktiv yoqilg’ilarni oksidlovchisi sifatida (suyuq ftor va uning ba’zi birikmalari, oksoftorid va bromftoridlar) qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda (NaClO3, ftor birikmalari) katalizator sifatida (ftor birikmalari, AlCh, AlBr3) portlovchi moddalar olishda (KQO3, NH4QO3 ) tibbiyotda (KQO3) brom va yod birikmalari (AgBr, NH4I, KI, NaI ) fotografiyada va boshqa sohalarda keng ishlatiladi.

Mavzu: VI guruhining asosiy guruhcha elementlari

Reja:


  1. Elementlar atomlari xossalarining umumiy tavsifi va elektron formulalari

  2. Kislorod va uning olinishi

  3. Kislorodning fizikaviy va kimyoviy xossalari

  1. guruhning bosh gruppasiga (yoki VI- gruppa IYUPAK ning yangi nomenklaturasi bo’yicha) elementlariga kislorod (O), oltingugurt (S), selen (Se), tellur (Te) va poloniylar (Po) kiradi. Bu gruppaga xalkogenlar nomini berishgan "xalkogen" atamasi grekcha "chalkos"-mis va "genos"- tug’ilgan ), ya’ni "mis rudalaridan paydo bo’lgan", ya’ni tabiatda ular asosan mis birikamalari holida uchraydi (sulfidlar, oksidlar, selenidlar va h.k.). Xalkogenlarning elektron konfigurasiyalari ns2np4 bo’lib ularda ikkita bog’lanmagan p-elektronlar bo’ladi. Ular juft elementlarga kiradi.

Kislorod, uning fizik kimyoviy xossalari Kislorod- D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasida 2-davr, oltinchi bosh gruppada joylashgan,

Tartib raqami (yadro zaryadi) 8 Kimyoviy belgisi - O (lotincha Oxygenium- “kislota tug’diruvchi”) degan ma’noni bildiradi.

Nisbiy atom massasi Ar (O)=16. Atom tuzilishi 1s22s22p4

p-elementlar oilasiga mansub. Valent elektronlari: 2s2 2p4 yachekalarda quyidagicha tasdiqlanadi.



  1. toq elektroni bor, 2s va 2p pog’onachalardagi juft elektronlarini bo’sh orbitalarga o’tkazish imkoniyati yo’q, chunki kislorod 2-davrda joylashganligi uchun, bo’sh orbitalari yo’q. Shu sababli kislorodning maksimal kovalentligi 4 ga teng.

Oksidlanish darajasi. Kislorod murakkab kimyoviy birikmalarda -1, -2, (ikkita elektron qabul qilib tugallangan tashqi pog’onaga ega bo’ladi) va -1,-2 (faqat ftor bilan hosil qilgan birikmalarida OF2, O2 F2) oksidlanish darajalarini nomoyon qiladi.

Ochilishi. Kislorodning kashf qilinishi 3 ta buyuk olimlarning nomi bilan bog’liq. Kislorod birinchi marta erkin holda selitrani, aniqrog’i Mg(NO3)2 tuzini qizdirib 1770-yilda (ayrim manbalarda 1772-yil deb ko’rsatilgan) Shvet kimyogari Sheele olgan. 1774-yil ingliz olimi Pristli simob oksidi (HgO) va qo’rg’oshinli surikni (Pb3O4-2PbO, PbO2) parchalab olgan.

Ko’pgina moddalarning havoda yonishi reaksiyada kislorodning roli 1775-yil fransuz olimi Lavuaze tushuntirdi va havoning tarkibini o’rganadi. Lavuaze o’z tekshirishlari bilan 1697-yil nemis olimi Shtal tomonidan yaratilgan flogiston nazaryasini asossiz ekanligini isbotladi. Erkin holda kislorod ikki atomli molekula (O2) holiday mavjud bo’ladi. Nisbiy molyar massasi Mr (O2)=32, Molyar massasi M(O2)=32g/ mol

Kislorodning tabiiy izotoplari: 16O - 99,76% l]O - 0,04% 18O - 0,2%

Tabiatda tarqalishi

Kislorod yer qobog’ida eng ko’p tarqalgan element tarqalishi bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Kislorod yer qobog’ining massasi jihatidan 49,13% ini, atom jihatdan 55,1% ini tashkil qiladi. Kislorod erkin holda havo tarkibida massa ulishi jihatdan 23,15% ini, hajmi jihatdan 20,95% ini tashkil qiladi. Kislorodning atmosferadagi umumiy massasi 1,Ы010 T., va tabiiy suvlarda (dengiz, daryo va ko’llarning) erigan holda bo’ladi.

Atmosfera havosi tarkibi.

Azot- 78,09% (hajmiy) 75,51% (massa)

Kislorod - 20,95% 23,15%

Argon - 0,93% 1,28%

Karbonat angidrid - 0,03% 0,046%

Suv parlari (250C) - < 3% <0,27%

Bulardan tashqari havo tarkibida Ne, He, Kr, Xe, CH4, azot oksidlari, CO, oltingugurt oksidlari, vodorod sulfid va tasodifiy gazlar bo’ladi.

Havoning zichligi O0C va 101,325kPa (1 atm) dan 1,293g/l ga teng. Yerning havo qatlami (ayniqsa azon qatlami) quyoshning zararli ultrabinafsha nurlarini yutib va netrallab yerning sirtini qizib ketishdan saqlaydi. Kimyoviy bog’langan kislorod suvda 88, 89%, tuproqda 56%, qumda (SiO2) 53,3%, slikatlarda turli minerallar va hamma tirik organizmlar tarkibiga kiradi. Odam organizmini massa jihatdan 65% ini kislorod tashkil qiladi. Bulardan tashqari kislorod tabiatda juda ko’p tog’ jinslari va madanlar tarkibiga kiradi. O’zida kislorod tutgan 1400 tabiiy minerallari ma’lum.

Kislorodning tabiatdagi roli Hamma organizmida uchraydigan birikmalar bu tarkibida kislorod bo’lgan birikmalar- shu sababli kislorod hamma tirik organizmlar uchun hayotiy zarur bo’lgan elementdir. Hamma yashil o’simliklar havodan karbonat angidridni barglari orqali va ildizi orqali esa suvni va turli mineral ozuqalarni olib, o’z organizmid a quyosh nuri tasirida uglevodlarni hosil qiladi. Bu juda murakkab kimyoviy jarayon bo’lib fotosintez deb ataladi.


Jarayon natijasida erkin kislorod ajralib chiqadi va atmosferaga ko’tariladi.

Demak, atmosfera havosiga va suvda erigan kislorodni beradigan birdan bir manba yer yuzida o’sadigan yashil o’simliklar va dengiz hamda okean suvlarida o’sadigan yashil o’tlardir. Nafas olish tirik organizmlarda boradigan modda almashish jarayonlari orqali o’tadi. Qonda kislorod gemoglobin bilan kuchsiz bog’lanadi va oksigemoglobin hosil qiladi, va shu ko’rinishda to’qimalarga tarqaladi. Fermentlar ta’sirida kislorod qondagi glyukozani oksidlaydi va uni karbonat angidrid hamda suvga aylantiradi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan energiya turli hayotiy muhim jarayonlarini borishini (muskullarning ishlashi, organizmni isishi, ishlash) ta’minlaydi. Hayvon va o’simliklarning qoldiqlarining chirishi va suv hosil bo’lib, havoga chiqadi va qaytadan fotosintezda ishtirok etadi.

Demak, hayvon va o’simliklar hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan energiyani nafas olishda organizmga kiradigan kislorod bilan turli moddalarning biokimyoviy oksidlanishidan oladi. Yer kurrasida kislorod eng ko’p tarqalgan element bo’lgani uchun uning tabiatdagi roli beqiyoadir.

Ammo shuni esda tutish lozimki, keyinchali XX asr oxirida kimyo sanoatining kuchli rivojlanishi, mashinasozlikning rivojlnishi, kimyoviy mahsulotlarning xalq xo’jaligida ayniqsa qishloq xo’jaligida qo’llanish darajasi haddan tashqari ortib brogan sari havo va suv havzalarini hamda tuproqni har xil sanoat chiqindilari (ranglar, zaharli gazlar, tozalanmagan va tarkibida turli zaharli moddalar bo’lgan suyuqliklar) bilan ifloslanishi atrof muhit ekologiyasini buzishga olib kelmoqdagi, bu insonlar salomtligiga salbiy tasir ko’rsatmoqda. Butun dunyo miqyosida ekologik muammolar ko’payib bormoqda. Tabobat ilmining buyuk bobokaloni Ibn Sino toza havo insonlar salomatligiga ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri ekanligini o’qtirib:”...agar biz nafas olayotgan havoda chang va g’ubor bo’lmasa, inson ming yillar yashashi mumkin” deb bundan 1000 yillar oldin aytgan edilar.

Allotropiyaning sababi molekulalardagi atomlar sonining turlichaligi, masalan, kislorod ikki xil allotropik ko’rinishda O2 va O3 ozon holida yoki moddaning har xil modifikasiyadagi kristallar hosil qilganligi (masalan, uglerod atomlaridan tuzilgan olmos, grafit va karbin) bo’lishi mukin. Dikislorod, kislorod O2 molekulasining an’anaviy usulda tasfirlanishi O=O yoki O O uning haqiqiy tuzulishini

aks ettirmaydi, chunki suyuq kislorod magnitga tortiladi, Lyuis nazaryasi bo’yicha uning molekulasida toq elektronlar yo’q. haqiqatan kislorod molekulasi paramagnit, uning molekulasida ikkita toq elektron bo’ladi:

Kislorodning laboratoriyada olinishi

Laboratoriyada kislorodni olish, kislorodga boy bo’lgan va nisbatan beqaror moddalarni parchalab olishga asoslangan:

Oksidlarni parchalab:

4MnO2 —— 2Mn2O3 + O2 4CrO3 — 2&2O3 +2O2 2HgO — 2Hg + O2 2Na2O2 + 2H2O = 4NaOH + O2

Tuzlarni parchalab:



Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish