Mavzuning dolzarbligi. Bugungi adabiyotshunoslik har bir tadqiqotchidan o‘tkir zehn, sinchkovlik, ayniqsa, yuzaga chiqayotgan ilmiy kashfiyot va yangiliklardan xabardor bo‘lishni, umuman, keng qamrovli ish olib borishni ta lab etadi. Bu esa milliy adabiyotimizning boy ma’naviy xazinasini chuqur o‘rganishimiz, uni anglashimiz uchun xizmat qiladi. Muhtaram Yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganlaridek, “Har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot bu yangicha fikrlash va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi”1. Shuning barobarida, ilmiy, ijodiy izlanishlarning samarasi o‘laroq kashf etilgan har bir yangi fikr, tadqiqotchilarning adabiy masalalar yuzasidan berayotgan yangicha xulosalari adabiyotshunoslik bazasining to‘ldirilib, mukammallashtirilib borilishiga turtki bo‘ladi.
O‘zbek adabiyotshunosligida yozuvchi Pirimqul Qodirovning hayoti va ayniqsa uning ijodini tahlilu tadqiq etish murakkab va muommolidir. Chunki Pirimqul Qodirovning faoliyati nafaqat badiiy ijod bilan balki adabiyotshunoslik ilmi bilan ham bilan bog‘liq.
Shu nuqtai nazardan olim va ijodkor Pirimqul Qodirovning o‘zbek adabiyotshunosligida adabiy-nazariy qarashlarini tadqiq etish magistrlik dissertatsiyamizning dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishida adib va olim Pirimqul Qodirovning adabiy-nazariy qarashlarini tadqiq etishni maqsad qilib, maqsadga erishish uchun qo‘yidagi vazifalarni belgilab oldik:
o‘zbek nasrida yozuvchi va ijodkor Pirimqul Qodirovning hayoti va ijodini o‘rganish.
adib ijodida tarixiylik va badiiy haqiqatni tadqiq etish.
Pirimqul Qodirovning adabiy-nazariy qarashlarini tahlil qilish.
1 Karimov I. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008. 41-bet.
3
olimning badiiy asar tiliga oid asarlarini o‘rganish.
“Til va dil”, “ Xalq tili va realistik proza”asarlari va badiiy til badiiyati.
Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida Pirimqul Qodirovning faoliyatini tadqiq etish.
olimning “Til va el”asarining nazariy xususiyatlarini o‘rganish.
olim taqiqotlaridagi ayniqsa uning “Til va el”ilmiy badiasidagi mumtoz adabiy til muommolarini tahlil qilish.
O‘zbek adabiyotshunosligida Pirimqul
Qodirovning hayoti va ijodi keng va qamrovli o‘rganilgan. Ayniqsa, uning tarixiy “Yulduzli tunlar”,”Avlodlar dovoni”, “Ona lochin vidosi” romanlari ilmiy jamoatchilik tomonidan keng tahlil qilingan.Ijodkorning olimlik salohiyati, jumladan uning “Adabiy uylar” , “Xalq tili va realistik proza”, “Amir Temur siymosi”,“Til va el” kabi ilmiy asarlari yetarlicha tadqiq etilmagan. Ana shu muommoning o‘zi dissertatsiyamizning o‘ziga xos yangiligini belgilaydi.
Mazkur muommo ya’ni Pirimqul Qodirovning adabiy-nazariy qarashlari o‘zbek adabiyotshunosligida yetarlicha tadqiq etilmagan.
Bu muammo o‘zbek adabiyotshunosligida yetarlicha o‘rganilmagan bo‘lsada, ijokorning tarixiy va zamonaviy asarlarining tadqiqi bir qator tadqiqotlarga o‘z aksini topgan. Bunga M.Qo‘shjonov, O.Sharafiddinov, , U.Normatov, N.Xudoyberganov, B.Nazarov, I.G‘afurov, S.Sodiq,
Q.Yoddoshevlarning1 tadqiqotlari misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |