11.1.5. Yig’uv texnologik jarayonlarini ishlab chiqish tartibi
Yig’uv texnologik jarayoni quyidagi ketma-ket bosqichlarda ishlab chiqiladi:
1. Dasturdagi vazifaga bog’liq holda maqsadga muvofiq bo’lgan ishni tashkillashtirish shakli o’rnatiladi, uni chiqarish takti va ritmi aniqlanadi.
2. Кonstruktssiyani texnologiyaboplikka ishlab chiqish nuqtai nazaridan yig’ma chizma va detallarning ishchi chizmalari texnologik tahlil qilinadi.
3. Yig’iluvchi buyumlar konstruktsiyalarining o’lchamlari tahlil qilinadi, tegishli o’lchamlarni hisoblashlar bajarilib va talab etilgan yig’ish aniqligini ta’minlovchi ratsional usullari o’rnatiladi. O’zaroalmashinuv yig’ish uchun yaroqsiz bo’lgan detallar va qismlar ehtimol soni (to’liqsiz o’zaroalmashinuv usul bilan yig’ishda), kompensatsiyalovchi rostlash va moslashtirish o’lchamlari aniqlanadi.
4. Ishlab chiqarishning berilgan sharoiti uchun yig’uv texnologik jarayonni maqsadga muvofiq bo’lgan differentsiatsiyalash darajasi aniqlanadi.
5. Buyumni hamma yig’ilma birliklarini va detallarini birlashtirish ketma-ketligi o’rnatiladi va buyumning umumiy va qismlari bo’yicha yig’uv texnologik sxemalari tuziladi (bu mavzu yuqorida 1-bob, 2-mavzuda bayon etilgan).
6. Birlashtirishning ko’proq unumdor, iqtisodiy tejamkor va texnologik maqsadga muvofiq bo’lgan, buyumni hamma tashkil etuvchi yig’ma birliklarini va detallarini holatlarini va ma’lum turg’un holat egallashlarini (fiksatsiyalash) tekshirish usullari aniqlanadi. Yig’uv texnologik amallarning mazmuni tuziladi va buyumni nazorat qilish va tugallangan sinov usullari beriladi.
7. Yig’uv texnologik jarayonni bajarish uchun zarur bo’lgan texnologik jihozlar (moslama, kesuvchi, montaj qiluvchi, nazorat-o’lchovchi asbob va h.k.) ishlab chiqiladi.
8. Yig’ish ishlarini texnik normalash o’tkaziladi va yig’uv jarayonining iqtisodiy ko’rsatkichlari hisoblanadi.
9. Yig’uv texnologik jarayonning texnologik hujjatlari rasmiylashtiriladi.
1. Buyumni yig’ish texnologik jarayonlarini yaratishning ahamiyati?
2. Yig’ishda sifat ko’rsatkichlarga nimalar kiradi?
3. Mashina va mexanizmlarning xizmat vazifalariga nimalar kiradi?
4. Buyumni yig’ish tartibi qanday?
ADABIYOTLAR
1. Burtsev V.M. i dr. Texnologiya mashinostroeniya. V 2-x t.-M.:Izd. MGTU im. N.E. Baumana, 1998-2001.
2. Xalikberdiev T.U Mashinasozlik texnologiyasi asoslari: kursi bo`yicha “Ma`ruzalar matni”.- T.:TashGTU, 2002-2008y (lotin).
3. Alikulov D.E., Xalikberdiev T.U., Satarxanov A.I. Mashinasozlik texnologiyasi: kursi bo`yicha tajriba ishlari 1-2 qism uslubiy qo`llanma, 2007. (lotin).
4. Suslov A.G. Texnologiya mashinostroeniya. – M.: Mashinostroenie, 2004-400s.
5. Xalikberdiev T.U. Mashinasozlik texnologiyasi kursi bo`yicha masala va mashg’ulotlar to`plami. TGTU, 2008 (lotin)
6. Spravochnik texnologa mashinostroitelya. T.1-2.- M. Mashinostroenie, 1985-2001.
7. Bazarov B.M. Osnovi texnologii mashinostroeniya.–M: Mashinostroenie, 2005.-736 b.
8. Omerov A., Kayumov A.. Mashinasozlik texnologiyasi.-T.: Uzbekiston, 2003.- 382 s.
9. Matalin A.A. Texnologiya mashinostroeniya. – M: izd. Leningr. otd., 1985, - 556 s.
10. Xaliqberdiev T.U., Vlasov A. Texnologiya mashinostroeniya (Elektronniy uchebnik) – TGTU-2006.
ELEKTRON RESRUSLAR
1. http:// ihtik. 2x4 ru/ anytehnika- 8janw 2007/
2. www.ziyonte.uz
3. www.referat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |