11.1.3. Yig’ishning sifati va aniqligi to’g’risidagi tushunchalar
Sifat ko’rsatkichlari. Ishlab chiqariluvchi mashinalarning sifati katta xalq-xo’jalik ahamiyatiga ega. Sanoatning turli tarmoqlarida va xalq xo’jaligida yangi texnikani qo’llash iqtisodiy samaradorligi uning sifatiga bog’liqdir.
Sanoat mahsulotlarining sifati deb, ularning xizmat vazifalariga mos holda ishga yaroqliligini qondiruvchi xususiyatlarining yig’indisiga tushuniladi. Mashinalarning sifati, sifat ko’rsatkichlari tizimi bilan tavsiflanib, Davlat standartlari bilan qat’iy belgilab qo’yilgan. Eng asosiy ko’rsatkichlariga: mashinani ekspluatatsiya qilish ko’rsatkichlari; mashinaning texnikaviy darajasi, uning ishonchliligi, iqtisodiy va estetik tavsifnomalari kiradi.
Texnikaviy darajasi (quvvati, FIК, unumdorlik, yuk ko’taruvchanligi, aniq ishlashi, avtomatlashtirilganlik darajasi va boshq.) mashinalarning takomillashganlik darajasini aniqlaydi. Uni absolyut va nisbiy ko’rsatkichlarda baholashadi.
Ishonchlilik kompleks xususiyatlarini bildirib, bunga beto’xtov yurishi (buzilmasdan), chidamliligi, ta’mirlashga yaroqliligi va saqlanuvchanligi yoki, mashinaning ma’lum vaqt oralig’ida buzilmasdan ishlashi kiradi. Mashinaning ishonchliligi ko’p darajada uni tayyorlash texnologiyasiga bog’liq. Tayyorlash texnologiyasi, mashina estetik xarakteristikasiga (uning tashqi ko’rinishi, pardozi) va bir qancha darajada uning iqtisodiy xarakteristikalariga ta’sir ko’rsatadi.
Ekspluatatsiya qilish ko’rsatkichlaridan tashqari, mashina sifatini uning konstruktsiyasini texnologiyabopligi bilan xarakterlovchi ishlab chiqarish-texnologik ko’rsatkichlar tizimi bilan bog’laydi. Mashina sifatining iqtisodiy ko’rsatkichlari ham mashina tayyorlash texnologiyasiga bog’liq bo’ladi.
Yig’ish aniqligi. Mashinalarni yig’ishda ularning elementlarini o’zaro joylashishidan, detallarni sifatsiz birlashtirish va deformatsiyalanishidan xatoliklar sodir bo’ladi. Bu xatoliklar, mashinalarning funksional xarakteristikalarini pasaytiradi.
Ishlab chiqariluvchi mashinalarning buzilmasdan ishlashi va chidamlilik ko’rsatkichlari bo’yicha ishonchli ishlashi yig’ish sifatiga bog’liqdir.
Mashinani tez-tez to’xtashi va chidamliligining pasayishi (buziluvchanligi), mashina birikmalarining sifatsiz bajarilishi, rostlovchi va moslashtiruvchi ishlarning, mahkamlovchi detallarning bo’shab qolganligi, ishlash jarayonida sozlanganlikning buzilishi; birlashtiriluvchi detallarni sifatsiz tozalash va jihoz sabablardan kelib chiqadi.
Yig’ish aniqligi deb, materiallashtirilgan o’qlarining biriktirilgan detallar, tutashtiriluvchi yuzalarning yoki elementlarining, ularning shartli nusxalarining holatiga, chizmada aniqlanuvchi tegishli o’lchamlariga yoki texnik talablariga mos kelish darajasiga aytiladi.
Aniqlik-mashina sifatining eng muhim texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlaridan biridir. Butunlay mashina va uning konstruktiv va yig’iluvchi elementlarining aniqligini tavsiflovchi parametrlarini mahsulot xizmat vazifasiga asosan o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |