Navoiy davlat konchilik instituti


Issiqlikni  almashtirib  beradigan  qurilma  o„rnatilgan  va  muzlashdan  himoyalangan



Download 7,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/176
Sana01.01.2022
Hajmi7,55 Mb.
#304513
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   176
Bog'liq
elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash

Issiqlikni  almashtirib  beradigan  qurilma  o„rnatilgan  va  muzlashdan  himoyalangan 
quyoshdan quvvat oladigan suv isitgich.
  
Quyosh fotoelektr tizimlari. 
 
Fotoelektr yacheykalari yorug‗lik nurlanish energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi va 
texnologik rivojlanish bo‗yicha uch avlodga bo‗linadi:  
•  Fotoelektr  yacheykalarining  birinchi  avlodi  mono  yoki  polikristall  kremniydan 
foydalanishga  asoslangan.  Fotoelektr  yacheykaning  bu  turi  butun  dunyoda  o‗rnatil-gan 
tizimlarning 80 foizini tashkil etadi. Fotoelektr yacheykalarining birinchi avlodi eng keng 
tarqalgan  bo‗lib,  undan  samarali  foydalanilmoqda  va  ilg‗or  texnologiya  hisoblanishi 
mumkin.  YAqin  kelajakda  aynan  shunday  fotoelektr  yacheykalar  fotoelektr  qurilmalar 
bozorida eng xaridorgir mahsulotlardan bo‗ladi. Bu yacheykalarning foydali odatdagi ish 
koeffitsenti 11-16 foizni tashkil etadi;  
•  Fotoelektr  yacheykalarining  ikkinchi  avlodi  amorf  kremniy,  kadmiy-tellurid  yoki  mis-
indiy-selindan tayyorlangan yupqa plyonkadir. Fotoelektr yacheykalarining ikkinchi avlod 
foydali  ish  koeffitsenti  qariyb  8  foizni  tashkil  etadi,  biroq  fotoelektr  yacheykalarining 
birinchi avlodiga qaraganda tayyorlanishi arzonroq;  
•  Fotoelektr  yacheykalarining  uchinchi  avlodi  foydali  ish  koeffitsentini  30-60  foizga 
oshirish  uchun  ular  ustma-ust  o‗rnatilishi  mumkin.  Odatda  bu  yacheykalar 
fotoelektrkimyoviy,  organik  yoki  plastik  yacheykalardan  iborat  bo‗ladi  va  har  birining 
foydali ish koeffitsenti 7 foizni tashkil etadi. Fotoelektr yacheykalarining uchinchi avlodi 


ham  rivojlanish  pallasida  va  hozircha  to‗liq  shakllangan  texnologiya  hisoblanmaydi. 
Taxminlarga  ko‗ra,  oddiyligi  va  arzon  materiallardan  tayyorlanganligi  tufayli  kelajakda 
bunday texnologiyalarni ishlab chiqarishda yanada kam mablag‗ talab qilinadi.  
Fotoelektr  tizimlar  (FES)  mustaqil  ishlashi  yoki  energiya  tizimi  tarmoqlariga  ulanishi 
mumkin.  Elektr  tarmoqda  ishlash  uchun  mo‗ljallangan  fotoelektr  tizimi  ko‗plab 
yacheykalardan  tayyorlanadi.  Bu  esa  qurilma  quvvatini  oshiradi  va  narxini  kamaytiradi. 
Fotoelektr  tizimida  tarmoqqa  ulangan  holda  ishlashi  uchun  fotoelektr  yacheykalaridan 
tashqari invertor, mexanik va elektrli texnik uskuna ham o‗rnatilishi lozim.  
Fotoelektr tizimi doimiy elektr tokini ishlab chiqaradi va invertor yordamida o‗zgaruvchan 
tok
ka 
ayl
anti
rila
di.  
Ele
ktr 
ene
rgi
yas
ini 
ishl
ab chiqarish hajmi quyidagi omillarga bog‗liq:  
• quyosh radiatsiyasining kuchliligi;  
• o‗rnatilgan quvvati Wr (quyosh yuqori darajada qiziganda eng baland quvvat);  
• fotoelektr panelning yo‗nalishlari;  
• panel harorati, u baland bo‗lmasa-da, fotoelektr yacheykalarining elektr quvvatiga ta‘sir 
qiladi.  
Quyosh fotoelektr tizimlaridan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega:  
• foydalanishda kam mablag‗ talab qiladi;  
• zararli chiqindilarni chiqarmaydi;  
• fotoelektr modullardan uzoq muddat foydalanish mumkin (25 yil va undan ko‗p);  
• o‗rnatish va foydalanish oson;  
•  lokal  elektr  energiya  bilan  ta‘minlashda  yuqori  sifatli  elektr  energiyasi  etkazib  beradi. 
Quyosh fotoelektr tizimlaridan foydalanishning kamchiliklari quyidagilar:  
• boshlang‗ich kapital (mablag‗) sarflashning yuqoriligi;  
• quyosh radiatsiyasiga bog‗liqligi;  
• foydali maydonning quvvat birligi uchun katta ahamiyatga ega ekanligi.  

Download 7,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish