50 - yillarning oxirida Markaziy Qizilqumning qoq o`rtasida, planetaning eng katta sahrolaridan
birining markazida Navoiy kon-metallurgiya kombinati(NKMK) qurilishi boshlandi. Hozir u
dunyodagi yirik uran va oltin ishlab chiqaruvchilar o`nligidan joy olgan. Uni yuqori sifatli
mahsuloti dunyoga mashhur va xalqaro mukofot va sovrinlarning ko`piga sazovor bo`lgan.
Qirq besh yil-katta muhlat emas, ammo u muhim voqealarga boy. Kombinat tarixi katta
mamlakat fonida shakllandi va u mustaqil mamlakat - O`zbekiston Respublikasi dunyoga kelishi
Kombinat tarixi ibratli va yorqin sahifalarga boy. Bu katta ko`lamda amalga oshirilgan sahroni
o`zlashtirish, Qizilqumda hayotning haqiqiy go`shasini yaratish; zamonaviy infrastrukturali, noyob,
ertakdagidek go`zal shaharlarning qurilishi; yangi transport va konchilik texnikasini o`zlashtirish;
dunyo amaliyotida o`xshashi bo`lmagan, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish. Biz
mamlakat iqtisodiy qudratining asosini tashkil qiluvchi, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab
34
chiqaramiz. O`tish davrining qiyin sharoitlarida bu mahsulotlarni ishlab chiqarish yildan - yilga
o`smoqda. Buning sezilarli darajada amalga oshishining sababi, O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning kombinatni, uning jamoasini qo`llab-quvvatlashi va
hurmat qilishidir. Bizning barcha tashabbus va takliflarimizga I. A. Karimov va O`zbekiston
Respublikasi hukumati yo`l ochib beradi.
Bugun Navoiy kon-metallurgiya kombinati ko`p tarmoqli yirik sanoat korxonasi bo`lib, bunda
uran, oltin, qurilish materiallari, marmar mahsulotlari, fosforitlarni qidirish, qazib olish va ishlab
chiqarishdan tashqari, uning faoliyat doirasiga sulfat kislotasi, zargarlik, trikotaj va to`qimachilik
buyumlari, mashinasozlik va maishiy texnika ishlab chiqarish ham kiradi. Uning muvaffaqiyatli
rivojlanishi korxonaning zamonaviy kon-shaxta, ochiq kon ichi ekskavator transport, metallurgiya,
burg`ilash, geologiya qidiruv, qurilish, mashinasozlik, metallga ishlov berish va tahlil qilish
uskunalari, hisoblash texnikasi, nazorat o`lchash asboblari va avtomatika vositalari, ishlab
chiqariladigan mahsulot sifatini boshqarish, konchilik ishlab chiqarishini loyihalash va texnologik
tayyorlashning avtomatik tizimlari bilan doimo jihozlanishidandir.
O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan so`ng bizning respublikada oltin va uran qazib
olish sanoati, shu jumladan Navoiy KM К rivojlanishining yangi tarixiy davri boshlandi.
Bu davrda NKMKda:
- Uchquduq oltin ajratib olish majmuasi: 3-sonli gidrometallurgiya zavodi va Ko`kpatas
konidagi tarkibida oltin bo`lgan ma’danlarni qazib olish bo`yicha ochiq konlarning qurilishi
nihoyasiga yetkazildi va foydalanishga topshirildi;
- Zarafshon-Nyumont qo`shma korxonasi(muassislari NKMK, Davlat geologlya qo`mitasi,
Amerikaning Nyumont Gould Mayning kompaniyasi) barpo qilindi, Muruntov konining avvaldan
to`plangan kambag`al tarkibli ma’danlaridan uyumlab tanlab oltinni eritmaga o`tkazish (UTOEO`)
kompleksi qurildi va foydalanishga tushirildi;
- Amerikaning Evrotreyd Interneyshnl LTD firmasi bilan birgalikda zargarlik buyumlari ishlab
chiqaruvchi Zarispark qo`shma korxonasi (hozirda NKMK tarkibiga kiruvchi "zargarlik zavodi")
barpo etildi va ishga tushirildi;
- Jeroy - Sardara koni fosforitlarini sanoat usulida o`zlashtirish uchun yangi
texnologiyalar(O`zbekiston va Rossiyaning maxsuslashtirilgan tashkilotlarini jalb qilish bilan
NKMK mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan)dan foydalanish asosida Qizilqum fosforit
kompleksi qurildi va ishga tushirildi;
- Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasining quvvatlari sezilarli darajada
kengaytirildi. Xalq iste`moli mollarining yangi turlari, payvandlash elektrodlari ishlab chiqarila
boshlandi. Ehtiyot qismlar, shu jumladan chetdan keltirilgan gidravlik ekskavatorlar uchun ham
ishlab chiqarish nomenklaturasi kengaydi. Iterpolyator va raqam ko`rsatgichli NT-250I tokarlik,
keng universal NF-630 frezalash dastgohlarini ishlab chiqarish o`zlashtirildi;
- Kombinat va Respublika ehtiyoji uchun polivinilxlorid va polietilen trubalar ishlab
chiqaradigan zavod qurildi va foydalanishga topshirildi;
- Yer ostida tanlab eritmaga o`tkazish usuli bilan uranni qazib oilsh bo`yicha yangi konlar qurildi
va foydalanishga topshirildi;
- Marmar qazib olish va dekorativ plitalar ishlab chiqarish bo`yicha yangi konlar va texnologik
uskunalar qurildi va foydalanishga topshirildi;
- 1 -sonli gidrometallurgiya zavodining uran ishlab chiqarishdan bo`shagan quvvatlarida
Muruntov konining tarkibida oltin kam bo`lgan ma`danlarini qayta ishlash bo`yicha texnologik
liniya yaratildi va sanoat miqyosida suyuq shisha ishlab chiqarish uchun qurilma yasaldi;
35
- 2-sonli gidrometallurgiya zavodi qayta qurildi va buning natijasida zavodning amaldagi
maydonlarida ma’danlarni qayta ishlashning hajmi sezilarli darajada oshdi;
- Ko`kpatas konidagi tarkibida oltin bo`lgan ma’danlarni boyituvchi dastlabki ma’dan bo`yicha
unumdorligi 1200 ming tonna bo`lgan tajribaviy ma`dan saralash kompleksi qurildi;
- Emulsiyali portlatuvchi moddalar ishlab chiqarish bo`yicha zavod qurildi.
Kombinat ijtimoiy-sanoat infrastrukturasining ob’ektlari yuzlab kvadrat kilometrlarni egallagan
bo`lib, bu yerlarda sahro qumliklari orasida qurilgan xiyobonlar, yam-yashil bog`lar, havzalar va
favvoralari bo`lgan, gullatib parvarish qilingan go`shalar namoyon bo`ladi. Ellikka yaqin millat
vakillari: ruslar, o`zbeklar, ukrainlar, tatarlar, boshqirdlar, tojiklar, qozoqlar va boshqalar bu yerda
yashaydi va ijod qiladi.
Kombinatning ob’ektlari Amudaryo va Sirdaryo oralig`ida O`zbekiston hududining kattakon
tekis qismi (Qizilqum sahrosi)dagi Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Zafarobod, Krasnogorsk va
Nurobod shaharlarida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: