Navoiy Davlat Konchilik Instituti
Konchilik fakulteti 15a-20 KEM guruhi
Shohimardonov Adhamning
,,Geologiya’’ fanidan
<>
Nomli mavzuda bajargan mustaqil ishi
ishi REJA :
1 Yer osti suvlari va ularning xususiyatalri
2 Yer osti suvlarining kelib chiqishi
3 Yer osti suvining tasnifi
4 Yer osti suvining geologic ishi
Yer osti suvlari deb yer po`tidagi tog` jinslari orasida joylashgan qattiq , gaz holdagi suvlarga aytiladi . Rus olimi Vernadskiyni hisob kitoblariga ko`ra 16 km gacha chuqurlikda bo`lgan yer osti suvlarining umumiy hajmi 400 mln m3 ga teng ekan . Yer vosti suvlarining yer yuzasiga yaqinroqdagilari qattiq jinslar orasidagi kanalchalar orqali harakatlanadi. Bu suv tomchilario bir – biri bilan deyarli bog`liqdir . Katta chuqurlikdagi suvlar esa tog` jinslari orasidagi g`ovaklarda joylashgan bo`lib quruq qazilmalarda bosimning nisbatan o`sha chuqurlikda kamayishi natijasida bu suv kalilarlari bosim kamayishi natijasida shu quduqqa talpinadi va yer yuzasiga chiqadi.Tabiatda yer osti suvlarining paydo bo`lishi tog` jinslarining turlariga , ularning tarkibiga, xossalar xususiyatlariga bog`liq holda yuz beradi . tog` jinslari qatlamlaridagi mavjud yer osti suvlari ma’ lum hajm va yo`nalishdagi suv oqimini vujudga kelishiga qadar bir necha xolatda bo`ladi. Yer osti suvlarining bunday holati o`z vaqtida A.f . Lebedev tomonidan ko`rsatilgan . Bunda eng avvalo , jins zarralari atrofida suv molekulalarining dastlabki to`planish jarayoni yuz beradi , keyin bu to`planish tio`la holatga , so`ngra parda suvi ko`rinishiga kelishi va nihoyat , erkin oquvchan gravitatsion va kapilyar holatga o`tish jarayoni yuz beradi.
SUV BUG`LARI - tog` jinslari zarralari sirtida tutgan holatiga qarab , mustahkam bog`langan va bio`sh bog`langan suvlar vujudga keladi. Mustahkam bog`langan va gigroskopik suvlar jins zarralari bilan mustahkam bog`langan bo`lib , bu suvni faqat yuqori haroratda qizdirish yo`li bilan ajratib olish mumkin .
Gigroskoppik suv – pardasining qalinligi bir necha suv molekulalarining qalinligiga barobar bo`lib , o`lchami mm ning mingdan bir ulushini tashkil etadi.Bo`sh bog`langan suv , havoning nisbiy namligi 100% bo`lib , gigroskopik suv pardasining hajmiy jihatdan oshishi natijasida hosil bo`ladi.Bu suv pardasining qalinligi mm ning yuzdan bir ulushiga to`g`ri kelib , molecular kuchlar bilan ushlanib turadi, lekin ushlanish kuchi mustahkam bo`lgan suv pardasiga nisbatan bo`sh bo`ladi.
Pardali suv – gigroskopik suvlarga nisbatan qalinroq bo`lib , tog` jinslari uni ,mexanik kuch bilan ushlab turadi. Bu suv pardasi fanda parda suvi nomi bilan atalib , tog` jinslarini suv bilan to`la to`yingan miqdordagi holatini aks etdiradi va jinslar maksimal molecular namlik sig`imi deb yuritiladi. Mustahkam v abo`sh bog`langan suvlar birgalikda molrkular suv deb ataladi. Jinslarning Maksimal molecular namlik sig`imi 0,76(qum) , 11,82 ( qumroq tuproq ) va 33,25 ( gil tuproq ) oralig`ida o`zgaradi va ularning fizik , suvli , deformatsiyalanish va mustahkamlik xususiyatlarini qurilish nnuqtayi nazardan baholashda katta ahamiyatga ega . Jumladan , gilli jinlarda molecular suv miqdorlarining ko`p bo`lishi ularning xossa va xususiyatlarini yomonlashishiga olib keladi.
ERkin oquvchan suvlar - gravitatsion , kapillar va immobilizovan suvlar holatida bo`ladi.
Gravitatsion suvlar – tog` jinslari bo`shliqlari , g`ovaklari va yoriqlar bo`ylab harakat qiladi va yer osti suvlari oqimini vujudga keltiradi .
Kapillar suv – paydo bo`lishi va holati gravitatsion suvning qalinligi, qaysi tog` jinslari qatlamlarida mavjudligi bilan chambarchas bog`liq holda yuz beradi . Kapillar suvlari gilli , jumladan , lyoss va lyossimon jinslar tarqatgan hududlardagi mavjud ,,aeratsiya zonasini’’ , ya’ni grunt suvlari sathi bilan yer yuzasi orasidagi jins qatlamlarining namligi oshishiga , ularning mustahkamlik va diformatsiyalanish xususiyatlari o`zgarishiga katta ta’sir ko`rsatadi. Shuningdek , grunt suvlari kapillar suv holatida yer yuzasiga yaqinlashishi va bug`lanish jarayanoning vujudga kelishi oqibatida aeratsiya zonasidagi jins tarkibidagi suvda yaxcshi eruvchan tuzlarni yer yuzasiga olib chiqib yotqizishiga va sho`rlanishiga sabachi bo`ladi.
Yer osti suvlarining kelib chiqishi to`g`risida qator fikr va nazariyalar mavjud. Ulardan asosiylari kondensatsiya va infiltratsiya nazariyalari hisoblanadi.
Kondesatsiya nazariyasining to`ng`ich namoyondalaridan biri arestotel (e.a. III asr ) , nemis gidrogeologi folger (XIX asrning ikkinchi yarmi , 1878 - yillar ) , rus tuproqshunos olimi A.F. Lebedov (1907- 1919-yillar ) va boshqalar hisoblanadi . Ularning fikrlarini umumlashtirib hamda suv bug`larining yuqori bosimli hududlarda past bosimli hududlarga qarab harakat qilishini , yoz fasli mobaynida tog` jinslari va tuproq tarkibidagi suv bug`larining bosimini , atmosferadagi suv bug`lari bosimiga nisbatan past bo`lishini va chuqurlik ortishi bilan bosimining yanada o`zgarib borishini hisobga olinadigan bo`lsa va bu harakat davomida haroratning o`zgarishi , suv bug`larining tog` jinslari bo`shliqlariga kirib borishi , undagi havoning suv bug`lari bilan o`ta to`yinishi hisobiga avval suv tomchilari, so`ngra suv oqimi vujudga kelish jarayoni sodir bo`lishini ko`ramiz . Bu jarayonni , ya`ni atmosfera bosimi o`zgarishi , issiq havo oqimi sovuq havo oqimi bilan uchrashishi , havoning suv bug`lari bilan to`yinishi natijasida avval suv tomchilari , so`ngra ma`lum hajmdagi ma`lum yo`nalishdagi yer osti suv oqimining vujudga kelishi kondesasiya nazariyasining asosini tashkil qiladi . Suvning bu zaylda bo`lishini ota- bobolarimiz bundan bir necha yuz yillar avval yaxshi bilishgan . Suvsiz cho`l hududlarida quduqlar qazish piramidalar qurish yo`li bilan suv to`plaganlari , millionlab qo`y, yuz minglab tuyalarni ana shu suv hisobiga boqqanlar. Bunda quruq tog` jinsi qatlamida qazilgan quduqning chet devorlarida , atmosfera havo bosimining sutka davomida keskin o`zgarishi hamda, atmosferadagi va jinsdagi mavjud suv bug`lari bosimining va haroratning turlicha bo`lishi hisobiga avval suv tomchilari , keyin bu tomchilarning bir – birlari bilan qo`shilishi natijasida suv hosil bo`lishini ular amalda sinovdan o`tkazishgan.
Infiltratsiya nazariyasiga asoslangan yer sathiga tushayotgan yog`inning tog` jinslari g`ovaklari, yoriqlari orqali va qatlamlari bo`ylab sizib o`tib suv o`tkazmaydigan qatlamgacha yetib borishi , anna shu qatlamning ustki qismida yig`ilishi natijasida hosil bo`ladi. Bu holda paydo bo`lgan yer osti suvi infiltratsiya suvi deb ataladi.
Yer osti suvining vujudga kelishida suvlarning vujudga kelishida yerning chuqur qatlamlarida yuz bergan jarayonlar , jumladan , magma yuqoriga ko`tari;lishi vaqtida ajraladigan suv bug`larining kondensatsiyalanishi va suyilishi , vodorod va kislorod molekulalarining sintez qilinishi , minerallar tarkibidagi suvlarning yuqori bosim va haroratda ajralishi asbab bo`lishi ham mutaxasislar tomonidan ko`rsatilgan . BUnday yo`llar bilan hosil bo`ladigan suvlarni fanda yuvenil suvlar deb nomlanadi. Yer osti suvlari paydo bo`lishi tog` jinslari dastlabki yotqizish davri bilan bog`liqligi to`g`risida ham ma’lumot mavjud. Tog` jinslari yotqizilish davri bilan bog`liq bo`lgan bunday suvlarni sedimentatsipn suvlar deb ataladi.
Yer osti suvlarini ma`lum guruhlarga ajratilishida , ya`ni tasniflanishida ularning vujudga kelish sharoiti , qaysi guruhdagi tog` jinslari qatlamlarida joylashgan yoki yotishi , joylashish sharoiti va holati , paydo bo`lish davri , harorati , fizik hossalari , tarkibidagi mavjud erigan tuzlar miqdori va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi .
Yer osti suvlari paydo bo`lish sharoitiga qarab inflatsion , kondentsasion va yuvenil suvlarga ajraladi . Bu suvlar to`g`risida yuqorida ma`lumot berib o`tdik.
Yer osti suvlari tog` jinslari qatlamlarida yotish sharoitiga qarab quyidagi turlarga bo`linadi:
G`ovak suvlar – Yer qobig`ining eng yuqorigi, yuqori qismini tashkil qiluvchi tog` jinslari g`ovaklardagi suvlar. Bu suvlar asosan to`rtlamchi davrning alluvial , alluvial – prolluvial genetik guruxidagi jinslar g`ovaklarini egallab yotadi.
G`ovak- qatlamli va yoriq- qatlamli suvlar-asosan neogen , paleogen, bor, yura davrlarining g`ovak (qum , shag`al , allevrlit va boshqalar ) va yoriqlari bo`lgan yarim qoya (ohaktosh . qumtosh , va boshqalar) tog` jinslariga xos yoriq suvlar . Bu suvlar harakat qiluvchi qatlamlar ko`p holatlarda yuqori va pastki qismi bo`ylab suv o`tkazmaydigan tog` jinslari (gil va yoriqlari bo`lmagan boshqa tog` jinslar) bilan to`silgan bo`ladi .
Yoriq suvlar - qoya tog` jinslari ( grani , ohaktosh , porfir, granodiorit, tuf va boshqalar ) yoriqlari bo`ylab harakat qiluvchi suvlar.
Kars suvlari _ asosan ohaktoshlarda , gipslarda , tuzli jinslarda , ularni yuvilish oqibatida yuzaga keladigan bo`shliqlar- kars suvlari orqali harakat qiluvchi suvlar.
Yoriq tomir suvlari bo`lib , bu suvlar tektonik yoqiqlar ko`p tarqalgan Yer qobig`I qismlariga xos .
Yer osti suvlari gidravlik xususiyatlariga ko`ra bosimsiz va bosimli turlarga bo`linadi . Bosimsiz suvlar erkin sathga ega bo`lsa bosimli suvlar mavjud bo`lgan suvli qatlam yuqori qismidan suv o`tkazmaydigan suv to`sar jins qatlami bilan ajralgan bo`ladi va doimiy holatda gidrostatik bosim ostida bo`ladi.
Tabiatda Yer osti suvlari tarkibida tuzlardan tashqari gazlar ham uchraydi ,\. Bu gazlarning suvdagi miqdoriga qarab ular karbonat angidridli , oltingugurtli , radonli va boshqa suvlarga ajratiladi . Bu suvlar ko`p holatlarda davolash xususiyatiga ega bo`lganligi uchun ularni shifobaxsh suvlar deb ham ataladi . Bunday suvlar respublikamizning Toshkent viloyati ( “Toshkent mineral suvi “ , “ Zangiota “ , parkent tumanidagi “Qo`tir buloq” suvi va hokazo) , Farg`ona vodiysining deyarli hamma viloyatlarida (“ Chortoq “ , “ Chimyon” va boshqalar ) keng tarqalgan .Yer osti suvlari tarkibida u ypoki bu miqdordagi sanoat ahamiyatga ega bo`lgan kimyoviy moddalarni ajratib olish mumkin . Anna shunday suvlarni yodli, yod0- bromli, bromli suvlar deb ataladi. Bunday suvlar mamlakatimizning Farg`ona vodiysi hududlarida mavjud. Yer osti suvlarining yuqorida keltirilgan tasniflari asosan xususiy xarakterga ega bo`lib amaliyotda yer osti suvlarining umumiy tasniflari, ham mavjud . Bulardan asosiylari;F.p. soverenskiy (1939) , A.M.Ovchinikov (1949) , N.I.Tostixin (1954) , O.K.Lange (1958) ,M.B. Altovskiy (1958) ,I.K. Zaysev (1961) ,E.V.Pinneker (1979) tasniflari hisoblanadilar. Umumiy tasnifni tuzushda ularni yotish sharoitidan tortib , boshqa xossa va xususiyatlarni hisobiga olinadi.
F.P. Soverenskiy yer osti suvlarini ; tuproq (pochvennaya) , qat (verxovodka) , grunt, karst, artesian, yoriq suvlarga ; N.I. Tolstixinqat , grunt, qatlamlararo bosimsiz , qatlamlararo bosimli, issiq termal, yer qobig`I osti va magma suvlariga , M.B. Altovskiy grunt , artisan , poydevor qatlamlaridagi suvlarga , tektonik yoriqlardagi hamda karst suvlartiga ; O.K.Lange-tuproq , grunt , qatlamlararo, I.K Zaysev qatlam , yoriq – tomir ; E. V. Pinneker – quruqlik, dengiz va ocean osti suvlarga ajratishgan .
Mavjud umumiy Tasnifini tashkil qilish va ukarni hozirgi vaqtdagi o`rinini hisobga olgan holda yer osti suvlarini 6 guruhga ajratib ko`rib chiqish mumkin deb lozim topdilar.Bular’
1 Gurunt
2 Aerizatsiya zonasi
3 Artezian
4 Krast
5 Yoriq
6 Qobiq osti suvlaridir.
Yer ostida , tog` jinslarining bo`shliq va darzliklar orasida uchraydigan suvlar yer osti suvlaridir. Bunday suvlar yer qatlamlari orasida juda kop tarqalgan va bu suvlar xalq xo`jaligini rivojlantirishda , aholini , shahar hamda qishloqlarni suv bilan ta’minlashda , gidrotexnika va sanoat inshootlari qurilishlarida ; sug`orish ishlarini takomillashtirishda ; kurort va sanatoriy ishlari va boshqa sohalarda katta rol o`ynaydi.
Yer osti suvlarining geolgik ishi g`oyat katta , ular yer qatlamlari orasidagi minerallarni, turli jinslarni eritadi, ularning tarkibini o`zgartiradi va g`orlar hosil qiladi. Yer osti suvlarining paydo bo`lixshi, tarqalishi, harakati, miqdor va sifat o`zgarishi bilan maxsus fan – gidrogeologiya fani shug`lulanadi. Geologiyaning bu kursida yer osti suvlarini yemiruvchi va barpo etuvchi agent sifatida qarab chiqamiz . Ma’lumki , yog`inlar ning bir qismi yer yuzasida yig`ilib , dengizga oqib ketsa , ikkinchi qismi bug`lanib yana atmosferaga, uchinchi qismi yer ostiga singib ketadi.
Yer osti suvlarining paydo bo`lishi . yer osti suvlari yog`inlarning yer po`stidagi qum va toshlar orasiga qisman sizib o`tishi, ya’ni infiltratsiya yo`li bilan hosil bo`ladi. Yer osti suvlari suv bug`larining sovib quyuqlashuvini , ya’ni kondentatsiya vosiyasi bilan ham paydo bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar; Umumiy geologiya;B.Toshmuhamedov
Do'stlaringiz bilan baham: |