Navoiy davlat konchilik instituti kimyo-metallurgiya fakulteti «metallurgiya» kafedrasi



Download 1,78 Mb.
bet7/53
Sana25.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#410703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
Bog'liq
MJIVMA amaliyot 2021

3-Amaliy mashg’ulot

KONVEKTIV, ERKIN KONVEKSIYADA ISSIQLIK ALMASHINISHNI VA ISSIQLIK TASHUVCHILARDAGI MAJBURIY HARAKATLANAYOTGAN KONVEKTIV ISSIQLIK ALMASHUVINI HISOBLASH.
Konvektiv issiqlik almashuvi yoki issiqlik berish deb, qattiq jism bilan suyuqlik yoki gazlar orasidagi issiqlik almashuviga aytiladi. Konvektiv issiqlik almashuvi bir vaqtning o'zida ikki usul: konveksiya va issiqlik o'tkazuvchanlik yo'li bilan amalga oshiriladi. Bunda issiqlik tarqalishi harakatlanuvchi muhitga (suyuqlik yoki gazga) uzluksiz bog'liqdir.

Issiqlik berish jadalligi ko'p hollarda issiqlik tashuvchining issiqlik berish yuzasiga nisbatan harakat tezligiga bog'liq bo'ladi. Issiqlik tashuvchining harakati erkin yoki majburiy bo'lishi mumkin.

Erkin harakatlanish yoki erkin konveksiya deganda tizimda suyuqlik yoki gazning tashqi jihatdan bir xil bo'lmagan massaviy kuchlar maydoni (gravitatsion, magnit, elektryoki inersiya maydonlari kuchlari) ta'siridagi harakati tushuniladi.

Majburiy harakat yoki majburiy konveksiya tizim chegaralariga qo'yilgan tashqi yuza kuchlari yoki tizim ichidagi suyuqlikka quvilgan massaviy kuchlarning bir xil maydoni; suyuqlikka tizimdan tashqari berilgan kinetik energiya hisobiga yuzaga keluvchi harakat hisoblanadi.

Amaliyotda suyuqlik yoki gazlarda erkin konveksiya suyuqlikning issiq va sovuq zarrachalari zichliklarning farqi tufayli sodir bo'ladi.

Majburiy konveksiya esa tashqi kuch—ventilator yoki nasos ta'sirida sodir bo'ladi.

Suyuqlik oqishining tartibi konvektiv issiqlik almashuvi yuzaga kelishining asosini tashkil etadi.

1884-yilda Reynolds o'z tajribalari asosida suyuqlik harakatining laminar yoki turbulent bo'lishini ko'rsatib berdi.

Suyuqlik zarrachalarining bir tekisda aralashmagan holda yuzaga kelishiga laminar oqim deyiladi. Bunda oqish yo'nalishida normal bo'yicha issiqlikning uzatilishi asosan issiqlik o'tkazuvchanlik bilan amalga oshadi. Suyuqlikning issiqlik o'tkazuvchanligi ancha kichik bo'lganligi sababli tezlik uncha katta bo'lmaydi.

Oqish tezligi muayyan qiymatdan ortishi bilan harakat holati keskin o'zgaradi, ya'ni tartibsiz harakat yuzaga kelib, oqim butunlay aralashib ketadi. Bunday oqim turbulent oqim deb ataladi.

Turbulent oqimda issiqlik oqim ichida issiqlik o'tkazuvchanlik orqali barcha zarrachalarning aralashishi bilan issiqlik oqimi tarqaladi, shuning uchun ham turbulent oqimda issiqlik almashinishi yuqoriroq bo'ladi.


Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish