Yallig‘ qaytaruvchi pechlarda gaz, pech devorlari va qayta ishlanayotgan materiallar o‘rtasidagi almashilayotgan issiqlikning umumiy miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi.
Fm = Fsh + Fx
bunda: Fqi - qayta ishlanayotgan materialning o‘rtacha faol sirti, m2.
Fob - pechda erigan mahsulot ustida ochiq bo‘shliqning o‘rtacha faol sirti, m2.
Bu faol sirtlar pechning geometrik o‘lchovi orqali topiladi.
Mis va nikel boyitmalarini qayta ishlaydigan yallig‘ qaytaruv-chi pechlarga shixta pechning yon tomonidan beriladi va pech de-vorlariga nisbatan konus shaklida joylashadi. Agar pechning 2/3 qismini shixta egallasa, u holda issiqlik almashuvidagi ishtirok etayotgan faol sirt yuzasi quyidagicha aniqlanadi.
bunda: L va V –pech vannasini uzunligi va eni, m;
h3- vanna ustidagi shixta balandligi, m;
α- pechdagi materialni joylashish burchagi, grad.
Mis tozalaydigan pechlarda qayta ishlanayotgan material vannaning to‘la sirtiga beriladi va qo‘shimcha sirtlarni hisobga olganda (shixta hisobidan) yuqoridagi formulani quyidagicha yozish mumkin.
(Fsh + Fx) = 1,2 Fv
Rux boyitmasining ratsional tarkibini hisoblash.
Quyidagi tarkibli rux boyitmasining rastional tarkibini hisoblaymiz, %: Zn-51; Pb-1,5; Cu-0,7; Fe-7,43; S-31,0; CaO-1,0; MgO-0,5; SiO2 -3,0; Al2O3 -1,1; boshqalar-1,44. Asosiy minerallarga sfalerit ZnS, xalkopirit CuFeS2, galenit PbS, pirit FeS2, kvarst va boshqalar kiradi. Bu misolda temir uch mineral tarkibida uchraydi: xalkopirit, pirit, pirrotin.
Xalkopirit tarkibidagi temir va oltingugurt miqdorini aniqlaymiz. Xalkopiritning kimyoviy formulasi bo’yicha uning tarkibidagi oltingugurt miqdori mis miqdoriga teng, ya’ni bizning misolimizda bu 0,7 kg bo’ladi. Xalkopirit tarkibidagi temir miqdorini topamiz:
X = 0,7 56 : 64 = 0,61 kg
Xalkopiritning umumiy miqdori: 0,7 + 0,61 + 0,7 = 2,01 kg ga teng.
Galenit tarkibidagi oltingugurt miqdori quyidagicha bo’ladi: 1,5 32 : 207 = 0,23 kg.
Galenitning umumiy miqdori 1,5 + 0,23 = 1,73 kg.
Sfalerit tarkibidagi oltingugurt miqdorini topamiz: 51 32 : 65 = 25,1 kg. Sfaleritning umumiy miqdori esa 25,1 + 51,0 = 76,1 kg.
Oltingugurt va temirning qoldiq miqdorlarini topamiz:
oltingugurt = 31,0 - 0,7 - 0,23 - 25,1 = 4,97 kg; temir = 7,43 - 0,61 = 6,82 kg.
Oddiy sulfiddagi temir miqdorini 6,82 - X bilan belgilab tenglama tuzamiz:
X 32 : 56 + (6,82 - X) 64 : 56 = 4,97 kg.
Tenglamani echib, x = 4,93 kg temir ekanligini topamiz. Bu bilan bog’langan oltingugurt miqdori 4,93 32 : 56 = 2,82 kg teng. Hammasi bo’lib temir sulfidining miqdori 2,82 + 4,97 = 7,79 kg bo’ladi. Bu miqdor sfalerit massasining 7,79 100 : 76,1 = 10,24 foizini tashkil qiladi.
Bu ko’rsatkich mineralogiya bo’yicha adabiyotlarda keltirilgan sfaleritda 20% gacha G’eS bo’lilish xaqidagi ma’lumotlarga to’g’ri keladi. Bundan kelib chiqib sfalerit tarkibida 4,93 kg temir va 2,82 kg oltingugurt bo’ladi.
Piritning boyitmadagi miqdori 1,89 + 2,15 = 4,4 kg ni tashkil qiladi. Pirit tarkibidagi temir miqdori 6,82 - 4,93 = 1,89 kg, oltingugurt miqdori 4,97 - 2,82 = 2,15 kg bo’ladi.
Boyitmadagi SaSO3 miqdori 1 100 : 56,1 = 1,78 kg ga, shu bilan birga SO2 miqdori 1,78 – 1 = 0,78 kg ga teng.
MgCO3 miqdori 0,5 84,3 : 40,3 = 1,05 kg ga, shu bilan birga SO2
miqdori 1,05 - 0,5 = 0,55 kg ga teng.
Hisob-kitob natijalaridan 2-jadvalni tuzamiz. 2 - jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |