Navoiy davlat konchilik instituti huzuridagi uchquduq sanoat texnikumi "tasdiqlayman"



Download 14,67 Mb.
bet173/190
Sana22.01.2022
Hajmi14,67 Mb.
#400871
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   190
Bog'liq
Axborot texnologiyalari

CSS vositalari. Кaskadli stillar jadvallari yoki CSS (inglizcha Cascading Style Sheets dan olingan) HTML ni yanada rivojlanishining hisoblanadi hisoblanadi va bizga axborot taqdim etishning keyingi pog’onasiga o’tishga imkon beradi. Stillar jadvallari sahifaning ichidagi narsani mazmunan bo’lishga va uning bezatilishiga imkon beradi.

HTML standartining birinchi versiyalarida axborotning tashqi ko’rinishini boshqarish uchun hech qanday vositalar ko’zda tutilmagan edi. Gipermatnning umumiy konsepsiyasi matnni aks ettirishga qodir istalgan qurilmaning axborotdan erkin foydalana olishiga qaratilgan edi. Markerlash uchun faqat mantiqiy teglar, aniqlovchi sarlavhalar, kichik sarlavhalar, ro’yxatlar, xatboshlari, sitatalar va h.k., ya’ni hujjat tuzilishidan iborat elementlarning o’zidan foydalanish tavsiya etilgan edi. Tashqi ko’rinishning talqin qilinishi esa to’lig’icha oxirgi terminalga yuklanar edi.

Biroq o’sha davrdan beri ancha narsa o’zgardi va HTML standarti birlamchi shaklini yo’qotdi. Avval Netscape taqdim etilayotgan axborotning tashqi ko’rinishini ancha kengroq boshqarishga imkon beradigan «yaxshilangan teglarni» qo’shdi. Yangilik o’rnashib qoldi va Netscape ning barcha kengaytirishlari de facto standart bo’ldi. Кeyin Microsoft ham xuddi shunday qildi. Кo’p narsa fahmlanganida esa, HTML mantiqiy va bezatish teglari bir-biriga mos tushmaydigan kengaytmalarning aralashmasidan iborat edi va birlamchi konsepsiya – axborotni uning chiqarish bo’yicha harakteristikalaridan qat’i nazar ixtiyoriy qurilmada taqdim etishga to’liq javob bermaydigan bo’lgandi.

O’shanda keng ko’lamdagi standartlashtirish qo’llanilgandi. Buning natijasida HTML 3.2 standarti dunyoga keldi. U inqilobiy bo’lmadi, faqatgina barcha yangiliklarni o’z joyiga qo’ydi va brauzerlarni ishlab chiquvchilar uchun umumiy tavsiyalar ishlab chiqdi. Inqilobiy o’zgarishlar yangi standart – HTML 4.0 yoki, uni boshqacha atashlaricha, Dynamic HTML da kiritildi. Qatlamlar, stillar jadvallari va brauzerning universal ob’ekt modeli muomalaga kiritildi.

Yangi standartda HTML konsepsiyasining manbaiga qaytishga harakat qilib ko’rildi. To’rtinchi versiya birinchi versiya kabi sahifalarni shunday qilib yaratishni tavsiya etadiki, ular ixtiyoriy qurilmada: aks etsin – xoh u 21" displeyda, xoh uyali telefonning kichkina oq-qora ekranida aks etsin.

Axborotning tashqi ko’rinishini taqdim etish muammosi qanday tarzda echildi? Yondashuvning inqilobiyligi ham aynan shundadir. Barcha bezatishni tashqi stil’ fayliga chiqarish tavsiya etiladi. Asosiy sahifa esa faqat axborotdan va zarur stillarga murojaatlardan iborat bo’ladi.

Sahifani ko’rsatishda muayyan qurilmada holatga mos stillar jadvali ishlatilishi zarur. Uyali telefon va komp’yuter displeyi uchun ular, tabiiyki, turlicha bo’lishi kerak. Birinchi holatda biz axborotni eng qulay va ixcham qilib taqdim etishga imkon beradigan minimal bezatishdan foydalanamiz. Ikkinchi holatda esa shriftli va rangli bezatishning barcha boyliklari bizning ixtiyorimizda bo’ladi.

Saytni yaratishda axborotni chiqarish mo’ljallanayotgan qurilmalarning har biri uchun stillar jadvalini faqat bir marta yozish kerak. Shuningdek, stillar jadvali butun sayt uchun yagona bo’lishi mumkin. Binobarin, sahifalarning har biri uchun stillarning bir xil tavsifini qaytarish shart emas.

Barcha stil’ axborotining bitta tashqi faylda joylashishi biz uchun boshqa foydali imkoniyatlarni ham ochib beradi – faqat bitta (!) stil’ faylining ichidagilarini o’zgartirib, biz sanoqli soniyalarda butun sayt dizaynini almashtirishimiz mumkin. Bunda hech qanday qo’shimcha o’zgartirishlar kerak bo’lmaydi. Tabiiyki, bularning barchasi sayt birlamchi to’g’ri loyihalashtirilgan holatdagina to’g’ri hisoblanadi.

CSS2 (Cascading Style Sheets, Level 2) – kaskadli stillar jadvallari bo’yicha eng so’nggi tavsiya, sahifalarni grafik va vizual bo’lmagan qurilmalar tomonidan yaxshiroq talqin qilinishi uchun mexanizmlarni taqdim etadi. Takomillashtirishlar quyidagichadir:



  • foydalanuvchi yaratgan stillar jadvali- kaskaddagi ancha yuqori pog’onadagi barcha stillar jadvallarini almashtirishi mumkin bo’lgan mexanizmlar. Bu so’nggi foydalanuvchiga aks ettirishni to’liq boshqarishga imkon beradi. Foydalanuvchi maxsus talablarga muvofiq sahifalarni chiqarish uchun sozlanadigan stillar jadvallarini yaratish imkoniyatini oladi;

  • yuklanayotgan shriftlar uchun maxsuslashtirilgan qo’llab-quvvatlash – shu tariqa sahifaning tashqi ko’rinishini yaxshilash uchun matnni grafikaga joylashtirish tendensiyasi kamayadi;

  • ichidagi narsani tashqi ko’rinishdan ajratadigan vaziyatni belgilash va tekislash mexanizmlari. Bu stillar jadvallari HTML teglaridan aks ettirishning alohida effektlarini yaratish uchun noto’g’ri foydalanishni bartaraf etishi kerak. HTML teglaridan hujjatni mantiqan tuzilishini belgilashda foydalanish mumkin va bu bilan uni vizual bo’lmagan vositachilarning talqin qilishi uchun ancha oddiyroq qilinadi.

  • Web bo’yicha etkazilgan axborotni ovozli chiqarish uchun boshqarish vositalari;

  • Mo’ljalni to’g’ri olish maqsadida hujjatga qo’shish mumkin bo’lgan raqamli markerlar kabi yaxshilangan navigasiya vositalari.


Download 14,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish