TAJRIBA ISHI №1
TEXNOLOGIK JARAYONNING STRUKTURASINI O’RGANISH
1. Ishning maqsadi:
a) Ishlab chiqarish turini texnologik jarayonning strukturasiga ta`sirini o’rganish;
b) Detallarga ishlov berish texnologik jarayonining strukturasini loyihalash bilan tanishish va berilgan detal uchun texnologik jarayon tuzish.
2. Uslubiy va ko’rgazmali vositalar:
Mazkur tajriba ishi uchun uslubiy ko’rsatma;
Detalning ishchi chizmasi;
Turli shaklidagi detallarni tayyorlash texnologik jarayonlarining turlari;
Ma`lumot uchun adabiyotlar.
Detal eskizi
3. Ishni bajarish tartibi
Ishni bajarish uchun xar bir talaba individual tarzda 2-3 xil variantda bitta detalga ishlov berish texnologik jarayonining marshrutini tuzadi.
Ko’rsatilgan detal aylana shakl ko’rinishida va o’rtacha murakkablikga ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Qabul qilingan topshiriqni talaba, chizmasini va texnik talablarini o’rganishi, detalni eskizini chizish yoki chizmaning nusxasini ko’chirib
1-rasmda ko’rsatilgani kabi ishlov berilayotgan yuzalarni raqamlar bilan belgilashi kerak.
Ishlov berish raqamlarini diametri 5-6 mm bo’lgan aylana ichiga eskizda soat ko’rsatgichi bo’yicha ketma-ketlikda belgilanadi. Ularni vertikal va gorizontal chiziqlar ko’rinishida joylashtirib, chetga chiqarilgan chiziqlarni kesishishiga ruxsat berilmaydi. Yakunlangan detal eskizi o’qituvchi tomonidan imzolanadi. Bundan keyin talaba donabay ishlab chiqarish sharoitiga mos texnologik jarayonning marshrutini tuzadi. Taklif qilingan va’riant o’qituvchi bilan muxokama qilinib lozim bo’lganda tuzatishlar kiritiladi.
Yirik seriyali ishlab chiqarish sharoitiga mos va shunga o’xshash texnologik jarayonning marshruti va’riantlarini ishlab chiqiladi.
Taklif etilgan va’riantlarni o’qituvchi ma`qullaganidan keyin talaba xisobot shaklidagi bayonnamasini to’ldiradi.
Texnologik xaritani to’ldirishdan keyingi umumiy qoidalarni ko’zda tutish lozim:
Jarayonlar rim raqamlari bilan belgilanadi.
Xar bir jarayon sifat nomi bilan aniqlanadi, masalan: frezalash, jilvirlash.
O’tish tarkibini fe`l bilan buyruq tarzida ta`riflash kerak, masalan: teshikni yo’nib kengaytirish, yon tomonni qirqish.
O’tish ta`rifi mazkur o’tishga ta`aluqli bo’lgan ishlov berilayotgan yuza raqami va barcha o’lchamlarini o’z ichiga olgan bo’lishi kerak.
masalan: diametri Ø30-0,1 uzunligi l=50 mm bo’lgan 1 yuzani yo’nish.
O’tish ta`riflari na’munalarini Dolmatovskiy G. 476-492 betlaridan ko’rilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |