Metallar (o‟tkazgichlar). Metallarda valent zonadagi energetik sathlarning bir
qismigina elektronlar tomonidan ishg‘ol etilgan bo‘ladi. Yuqori sathlarda turgan
elektronlarga ularni yana ham yuqoriroq sathlarga o‘tkazish uchun uncha katta
bo‘lmagan (10-23 -10-22 eV) energiya berish yetarlidir.Metallarning solishtirma
elektr qarshiligi
=10-6
10-5Om·m Yarimo‘tkazgichlar. Yarimo‘tkazgichlarda
valent zonadagi barcha energetik sathlarni elektronlar egallagan bo‘ladi. Taqiqlangan
zonaning energetik kengligi
W uncha katta bo‘lmay (
W
3 eV) kristall harorati
yetarlicha yuqori bo‘lganda (masalan uy haroratida) issiqlik harakati energiyasi
tufayli valent zonadagi elektronlarning bir qismi bo‘sh zonadagi energetik sathlarga
ko‘tarilishga qodir bo‘ladi.