Navoiy davlat konchilik instituti elektr energetikasi kafedrasi



Download 0,93 Mb.
bet9/12
Sana13.06.2022
Hajmi0,93 Mb.
#661572
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Иссиқ.ва.масса МИ— лотин

3. Massa almashinuvi.


  • Bunday jarayonlarga adsorbstiya, desorbstiya, kristallanish, quritish, eritish, qattiq materiallardan ekstrakstiyalash kabilar kiradi. Albatta, bu noturg`un jarayonlarning o’ziga xos alohida xususiyatlari bor. «Qattiq jism-suyuqlik» sistemasida massa almashinish juda murakkab jarayon deb hisoblanadi. G`ovaksimon qattiq jismdan fazalarni ajratib turuvchi chegara orqali gaz (yoki bug`) suyuqlik muhitga yoki gaz (yoki bug`) muhitdan qattiq jismga moddaning tarqalishi, o’tkazish potenstiali gradienti mavjud bo’lgandagina ro’y beradi.

  • Boshqacha qilib aytganda, «qattiq jism – suyuqlik» sistemada massa o’tkazish jarayoni ichki va tashqi diffuziyalardan tashkil topgan bo’ladi. Bu sistemada massa almashinish jarayoniga qattiq jismning tuzilishi katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’lumki, qattiq jism murakkab, geometrik sistema bo’lib, g`ovaklilik, polidisperslik, kapillyarlar shakli va kovakchalarni o’lchami bo’yicha taqsimlanishi bilan ajralib turadi. Kapillyar-kovakli tuzilishiga qarab qattiq jismlar quyidagi sinflarga ajratiladi: yirik kovakli dкр  100nm ; o’rtacha kovakli va ultramikrokovakli materiallar bo’ladi. «Qattiq jism – suyuqlik» sistemasida massa berish jarayoni bilan massa o‟tkazuvchanlik (qattiq jismda moddaning tarqalishi) bir vaqtda o’tadi. Bu sistemada kechadigan jarayonlarning tezligi vaqt o’tishi bilan molekulyar diffuziya tezligiga qaraganda kamayib borish xosdir. Shuning uchun ushbu jarayonlarni ifodalashda “siqiq diffuziya” degan atamadan foydalaniladi. Eritmaning “siqiq diffuziya”si uchun Kadi va Vilyamslar tomonidan ushbu formula taklif etilgan:



  • bu yerda Dsi – «siqiq diffuziya» koeffistienti; D – molekulyar diffuziya koeffistienti; r – tarqalayotgan molekula o’lchami; R - qattiq jism kovakchalarining ko’ndalang o’lchami. «Siqiq diffuziya» o’rniga jarayonni har tomonlama to’liq ifodalovchi umumiy kinetik xarakteristika – massa o’tkazuvchanlikni aniqlash maqsadga muvofiqdir.

  • Unda, qattiq jismda tarqalgan moddaning uzatilishini ifodalovchi qonun sifatida qabul qilinish mumkin: qattiq jismda massa o’tkazuvchanlik hisobiga tarqalgan massa miqdori konstentrastiyalar gradienti, oqim yo’nalishiga perpendikulyar yuza va jarayon davomiyligiga to’g`ri proporstionaldir, ya’ni:



  • bu erda k – massa o’tkazuvchanlik koeffistienti, m2 /s. Ushbu koeffistient temperatura va qattiq jismda tarqalgan modda konstentrastiyalariga bog`liqdir. Boshlang`ich vaqt 0    da plastinaning butun hajmida konstentrastiya o’zgarmas bo’ladi (s=const). Qattiq jism bilan massa almashinuvchi suyuqlik fazada tarqaluvchi moddaning konstentrastiyasi o’zgarmas va uf ga tengdir. Dastlabki davrda, tarqalayotgan modda qattiq jismdan suyuqlikka qarab harakat qiladi. Qattiq materialdan erkin bog`langan namlikning chiqib ketishi bilan jismning temperaturasi o’zgarmaydi va u ho’l termometr temperaturasiga teng bo’ladi. Material ustidagi bug`bosimi esa, suyuqlikning to’yingan bug`lari bosimiga barobardir. Shu davrda materialdan namlikning bug`holatida chiqib ketishi o’zgarmas tezlikda sodir bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan jismning konstentrastiyasi uzluksiz ravishda pasayib boradi.

  • Qandaydir kritik konstentrastiya xkr dan boshlab, bug`lanish zonasi jismning ichiga suriladi. Bu hol, albatta o’tkazish potenstiali gradientining kamayishiga va jarayonni sekinlashuviga olib keladi. Namlikni bug`lanishi na faqat o’zgaruvchan koordinatali yuzalarda bo’libgina qolmasdan, balki jismning «avvalgi» qatlamlarida ham boradi. Lekin, jismning tashqi yuzasiga yaqinlashgan sari, jarayon intensivligi kamayadi. Bunday hol namlikni material bilan turli usullarda bog`langanligidan dalolat beradi. Jarayon tezligi pasayishi davrida massa almashinish jarayonining tezligi massa o’tkazuvchanlik tezligi bilan belgilanadi. O’z navbatida, massa o’tkazuvchanlik tezligi massa almashinish mexanizmiga bog`liqdir.





  • Qattiq faza ishtirok etadigan massa almashinish jarayonlarining eng murakkabi - bu quritish jarayonidir, chunki bunda massa va issiqlik almashinish jarayonlari bir vaqtda ro’y beradi.





    1. Download 0,93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish