Faollashgan platforma - tezligi va qarama-qarshiligi jixatidan burmalanish o‘lka xarakatlariga tug‘ri
keladigan jadal tektonik xarakatlar natijasida qayta jonlangan platforma yoki uning bir qismi. Turg‘un yoki
nisbatan tekislashgan platforma qurilmalarining o‘rnida burmali tog‘ inshootlari shakllanadi. Faollashgan
platformalar uchun tog‘ara cho‘kma va bukilmalar orqali ajralib turgan juda baland palaxsa tog‘ va tog‘
tizimlari ayniqsa xosdir. Cho‘kindi qoplam jinslari va tog‘ara cho‘kma molassasining burmalanishi sust va
o‘rtacha bo‘lib, faqat yoriqlar bo‘ylab kuchliroqdir. Ko‘tarilma va cho‘kmalar o‘zaro uzilma xilidagi yoriqlar
orqali bir-biridan ajragan o‘lkalarning chet qismlari bo‘ylab uzilmalar avj olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |