Yuvinel suvlar yer qatlamlari ostidagi magmadan ajraluvchi mineralli issiq suv bug‘larining yer osti
suviga aylanishidan hosil bo‘ladi. yuvinel suv yerning chuqur qatlamlarida va tez-tez vulqan otilib turadigan
o‘lkalarda ko‘p uchraydi. Yer osti suvlari tog‘ jinslari orasida har xil fizik va ximik holatda bo‘ladi. Yer
ostida yuvinel suvlardan tashqari qoldik va relikt suvlari ham mavjud. Bu yer osti suvlari qadimgi geologik
davrlarda daryo, dengiz va kul suvlari chukindi jinslari orasida turib qolishidan hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |