Uychi tuman xalq ta`limi bo`limi qarashli 38-umumiy o`rta ta`lim maktabida 2022 yil yanvar,fevral, mart, oylarida bajarilgan ishlar yuzasidan
A X B O R O T
Maktabimizda o`quvchilarning darsdan keyingi bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida madaniy-ma`rifiy tadbirlar, sport musoboqalari, tanlov va loyihalar, mushoiralar tashkil etish bo`yicha grafik-rejasi tuzilib, shu asosida ish olib borildi.O`quvchilarning madaniy-ma`rifiy va huquqiy savodxonligini oshirish sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi:
She`riyat mulkining sultoni, o`zbek adabiyoti asoschisi, buyuk mutafakkir shoir mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligini keng nishonlash to`g`risida maktabning 2022- yil 1-fevraldagi 7-sonli buyrug`i asosida tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.Ertalabki saflanishda ijodkor o`quvchilar tomonidan “Ulug mutafakkirga ehtirom”mavzusida she`riyat kechasi tashkil etildi. “Yosh rassomlar” to`garagi a`zolari tomonidan Alisher Navoiy asarlari asosida rasmlar tanlovi, adabiyot ixlosmandlari orasidan “Alisher Navoiy –o`zbek tilining asoschisi” mavzusida insholar tanlovlari o`tkazildi.Boshlang`ich sinf o`quvchilari o`rtasida Navoiy bobomiz haqida yaratilgan rivoyatlar asosida sahna ko`rinishlarini namoyish etib berdilar.Bundan tashqari maktabimizning boshlang`ich sinf o`qituvchilari tomonidan “Buyuk shoir ijodini o`rganamiz” mavzusidagi tadbir bo`lib o`tdi.Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlarini ham namunali tashkil etildi.
Navoiy bobur tadbir rasmlari
20222 yil 16-fevral kuni maktabimizning 6-9 sinflari o`rtasida ingliz tili fanidan “Brain ring” Zakovat musoboqasi tashkil etildi.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019- yil 19-martda o`tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayoni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentinig “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida” 2019- yil 29-apreldagi PF- 5712 son Farmoni “ Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida” 2022 yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori ijrosini ta`minlash hamda o`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 5-muhim tashabbus doirasida turli sport musoboqalari, kitobxonlik tadbirlari,san`atga qiziqtirish va iqtidorlilarni aniqlash maqsadida o`zbek xalq ertaklaridan “Zumrad va Qimmat “ ertagi asosida tayyorlangan sahna ko`rinishlari, qizlarimizni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida “Epli qiz, sepli qiz” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.
rasmlar
O`zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri shoir Usmon Nosir tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan “Unutmas mening bog`im” mavzusidagi tadbir tashkil etildi. Oq`uvchilar o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish boyicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi.Haftaning har payshanba kuni Toshloq MFY profilaktika inspektori B.Umarov, Toshloq MFY raisi F.Mahmudovalar hamkorlikda o`quvchilarning darslarga ishtiroki o`rganildi.
rasm
.2022 yil 10-fevral kuni maktabning yuqori sinf o`quvchilari bilan oshloq MFY profilaktika inspektori B.Umarov, Toshloq MFY raisi F.Mahmudovalar “TIG`” tadbiri davomida maktabga va maktabdan tashqari vaqtlarda o`tkir tig`li vositalarni olib yurmaslik bo`yicha va ulardan foydalanmaslik haqida ,o`quvchi qizlar o`rtasida erta homoladorlik,erta turmush qurishni va huquqbuzarlikni,jinoyatchilikning oldini olish va o`quvchi qizlarni odob-ahloq –qoidalariga rioya qilishlari,muomala,kiyinish madaniyati haqida tushuntirish maqsadida yig`ilish o`tkazildi.
rasm
2022 yil 16-fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirining 2019 yil 3-oktyabrdagi o`rta ta`lim maktablarida o`quvchilar davomatini yuritish tartibini takomillashtirish to`g`risidagi 246-sonli buyrug`I ijrosini ta`minlash va buyruq talablarini ,Xalq ta`limi vazirligining 2012 yil 21-maydagi 139-sonli “ O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi” to`g`risidagi nizom” asosidagi talablarini tushuntirish.o`quvchilarga mehnat tarbiyasini berish mavzusida Otalar-onalar yig`ilishi tashkil etildi.
Rasm
Yoshlar o`rtasida giyohvandlikni oldini olish va maktabda Fevral oyi “Yoshlar o`rtasida narkotik moddalarni tarqatilishiga qarshi kurash” oyligi munosabati bilan maktabning yuqori sinf o`quvchilariga giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida tushunchalar berish maqsadida oshloq MFY profilaktika inspektori B.Umarov, Toshloq MFY raisi F.Mahmudovalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.Maktabning 8-sinflari o`rtasida “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida tadbir o`tkazildi.Bundan tasghqari 2022 yil 11-fevral kuni Uychi tuman xalq ta`limi bo`limi tomonidan taqdim etilgan voyaga yetmagan o`quvchi yoshlar o`rtasida giyohvand moddalarni tarqalishlarini oldini olish kabi holatlarni aks ettiruvchi Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan “Aldamchi lazzatlar” nomli filmini namoyish etildi.
Rasm
1-mart-Xalqaro giyohvandlik ,giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi kurash kuni munosabati bilan ertalabki saflanishlarda tushuntirish va targ`ibot ishlari olib borildi.Haftaning har seshanba kuni sinflar kesimida “Zakovat” intelektual o`yini o`tkazib borildi.
Rasm
Bundan tashqari O`zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud kunlari munosabati bilan “Bahor keldi,seni so`roqlab’ mavzusida katta tadbir tashkil etildi.
Rasm
2-mart O`zbekiston Respublikasining BMTga a`z o bo`lgan kun munosabati bilan davra suhbatlari tashkil etildi.
Rasm
8-mart ” Xalqaro xotin-qizlar kuni “ munosabati maktabimizning barcha sinflarida tadbirlar o`tkazildi.
Rasm
21 mart –“Navro`z” umumxalq bayrami munosabati bilan “Assalom Navro`z” deb nomlangan tadbir o`tkazildi.
Rasm
.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida” gi PQ 92-son qarori boyichaham bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdamiz.Bu bo`yicha turli sport musoboqalari, Yoshlar ovozi tanlovlari, mushoira kechalari muntazam otkazib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |