Навоий “хамса” сидаги баъзи образлар талқинига доир


SHOH BAHROMGA NISBAT BERILGAN “GO`R” SO`ZIGA DOIR MULOHAZALAR



Download 1,04 Mb.
bet7/23
Sana01.01.2022
Hajmi1,04 Mb.
#282343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
alisher navoiy xamsasini organish

2.SHOH BAHROMGA NISBAT BERILGAN “GO`R” SO`ZIGA DOIR MULOHAZALAR
Mumtoz adabiyotimizda ayrim so`zlar, tushunchalar, nomlar, obrazlar mohiyati, asarlar muallifi, ba’zi shoirlar yashagan davr, tarjimai holi, tug`ilgan yili kabi qator masalalarda bahsli jihatlar mavjud. Ana shunday mulohazalardan biri Bahrom Go`r bilan ham bog`liq. Shoh Bahrom Sharq adabiyotida eng mashhur siymolardan biri. “Bahrom Go`r yoki Varaxran V (Shohlik yillari 421-438) – Eronda hukmronlik qilgan sosoniylardan Yazdigardning o`g`li. Yaman podshohi No`mon va uning o`g`li Munzir tarbiyasida o`sgan... Uning sevgan mashg`uloti go`r (qulon) ovi bo`lganligi uchun ham u Go`r laqabini olgan”1.

Abdulqosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf, Navoiy kabi ulug` shoirlar shoh Bahrom sujeti asosida asarlar yozganlar. Biz bu o`rinda Bahrom obrazi, u haqdagi asarlar xususida emas, balki Bahromning laqabi bo`lgan “Go`r” so`zi haqida ayrim qaydlarni keltirmoqchimiz.

Ma’lumki, “Go`r” so`zi turlicha izohlangan. “Navoiy asarlari lug`ati” da shunday yozilgan: “Go`r. 1.f.1. Yovvoyi eshak; 2. Shoh Bahromning laqabi”1.

Professor N.Mallayev talqinicha esa: “Rivoyatlarga ko`ra, u go`r qulon (yovvoyi eshak) oviga o`ch bo`lgani uchun Bahrom Go`r nomi bilan shuhrat topgan ekan”2.

Bu parchada “Go`r” qulon” ekanligi aytilmoqda. Qulon nima? “O`zbek tilining izohli lug`ati”da shunday berilgan; “Qulon. Otdan kichikroq, eshakdan kattaroq, otdan ko`ra ko`proq eshakka o`xshab ketadigan yovvoyi hayvon, yovvoyi xachir”3. “Go`r” bilan “qulon” bir tushunchani anglatishi “Navoiy asarlari lug`ati”da ham ta’kidlangan: “Qulon. Tojik tilida “go`r” atalgan hayvon, yovvoyi eshak”4.

Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam” asarida quyidagi ma’lumotni keltiradi: “Va ani Bahrom Go`r dedilar. Muning jihatin ba’zi dedilarkim, go`rni sher sayd qilg`onda, aning o`qi ikisidan o`tib, yerga tegdi. Ba’zi debdurlarkim, go`r ovig`a ko`p moyil erdi...”5.

9-sinf “Adabiyot” (Q.Yo`ldoshev v.b. Adabiyot. 9-sinf uchun darslik-majmua. T., 2006. 94-bet), 10-sinf darsligi (B.Qosimov v.b. Adabiyot. 10-sinf uchun darslik. T., 2004. 224-bet) da ham “Go`r” qulon deb o`tilgan.

Umuman, ko`pchilik “Go`r” deganda “qulon”, yovvoyi eshakni anglashi ma’lum. Savol tug`iladi: Yovvoyi eshakni ov qilishdan maqsad nima? Shunchaki zavq olishmi, qon to`kishmi, merganlikni mashq qilishmi? Bizningcha, bular yetarli asos bo`lolmaydi. Kiyik, yovvoyi echki, bug`u, quyon, o`rdak, tustovuq, kaklik, bedana kabilarni sayd qilishdan ma’lum bir maqsad bor. Tanovul qilish mumkin. Yovvoyi eshak na qadimda, na bugun iste’mol qilinadi. Uning go`shti makruh.

Ayrim manbalarda “Go`r” ohu, kiyik ekanligi, qulon esa cho`l kiyigi ma’nosidaligi aytiladi. Professor H.Homidov fikricha, “Go`zal tabiatning ko`rki bo`lgan uchqur ohu-Go`rni bir o`q bilan qonga belagan Bahrom Ozodadan o`z hunarini baholashni istaydi”6. Bahrom sujetini chuqur o`rgangan, Nizomiy, Dehlaviy, Navoiy asarlarini qiyosiy tahlil qilgan adabiyotshunos S.Hasanov ham shu ma’noni qayd etib o`tadi: “Bahrom kuchli, dovyurak bo`lib voyaga yetadi. Turli qurollardan mohirlik bilan foydalanishni o`rganadi, ov qilish san’atini mukammal o`zlashtiradi, ayniqsa go`rlarni, ya’ni kiyiklarni ov qilishni juda yaxshi ko`rar edi. Shuning uchun ham keyinchalik Bahrom – Bahrom Go`r degan nomni oladi”1. 7-sinf “Adabiyot” darsligida “Ravshan” dostonidan parcha keltirilgan. Dostonda shunday misralar bor:

Qulon yurmas yerlardan

Quvib o`tib boradi.

Bulon o`tmas yerlardan

Burib o`tib boradi2.
Shu yerdagi lug`atda “qulon” so`zi “cho`l kiyigi” tarzida berilgan. Biz ham ana shu fikrlar tarafdori. “Go`r”, “qulon” so`zlari kiyik, ohu ma’nosiga ham egaligini quyidagicha asoslaymiz:

1.Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar bunga dalil.

2.Nizomiyning “Haft paykar” asarida Bahrom Fitnaga o`z mahoratini kiyik otib ko`rsatadi. Xusrav Dehlaviyda ham shunday. “Hasht bihisht”da Dilorom Bahromga ota kiyikni ona kiyikka va aksincha tarzda o`z merganligini ko`rsatishini so`raydi. Asarda yozilishicha, Bahrom may bilan kiyik sonidan bo`lgan kabobni yeyishni xush ko`rgan. Navoiyning “Sab’ai sayyor” ida ham Bahrom Diloromga kiyik otib o`z mohirligini namoyish etadi. Demak, barcha asarlarda Bahrom o`z mahoratini yovvoyi eshak emas, kiyik otib ko`rsatadi.

3.Bizni ushbu mulohazalarni yozishga undagan va eng muhim asos bo`ladigan misol Navoiyning “Sab’ai sayyor” idagi mana bu baytlar:

Lolagun go`rni shikor aylab,

Qonidin yerni lolazor aylab.

Lolazor ichra chun ichib mayi nob,

Go`r eti erdi bazmi ichra kabob3.


Bahrom “lolagun go`r”ni ov qilish uchun ko`p qon to`kadi. Kiyik loladek, yer uning qonidan lolazor. Lolazorda mayi nob ichayotgan shoh uchun “Go`r eti kabob” edi. Ohu, kiyik go`shtini kabob qilish, yeyish mumkin. To`rtinchi misra – “Go`r eti erdi bazmi ichra kabob” deyish – ko`p narsani oydinlashtiradi.

Xulosa shuki, endilikda chop etiladigan darslik, qo`llanmalarda “Go`rni” – yovvoyi eshak deb emas, kiyik yoki kiyikning bir turi deb izohlash to`g`ri bo`lardi. Shunda o`quvchilar “Go`r” so`zining turlicha talqini o`rniga mantiqqa yaqin, asosli ma’nosini anglagan bo`lardi.




Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish