muxandislik psixologiyasi — avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini, odam — texnika o`rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o`rganadi;
yuridik psixologiya — huquq sistemasining amal qilishi bilan bog`liq masalalarning psixologik asoslarini o`rganadi;
harbiy psixologiya — kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo`ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o`rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o`rganadi;
savdo psixologiyasi — jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko`rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarini o`rganadi;
tibbiyot psixologiyasi — shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o`rganadi.
Shuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, sport psixologiyasi, psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi boshqa ko`plab sohalari mavjudki, ularning har biri jamiyatdagi real ehtiyojlar va ularni qondirishda psixologiyaning fan sifatidagi o`rni va maqsadidan kelib chiqadi.
Xulosa
Psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o‘n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixan, umuman psixologiyaning O‘zbekiston hududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida o‘ziga xos tarzda shakllanib kyolganini ko‘rish mumkin. Masalan, eramizning II-III asrlarida rivoj topgan manixizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o‘z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o‘ziga xosligi kabi g‘oyalarni keng tashviqot qilganlar. Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, sistematik ijtimoiy psixologik qarashlar sistemasi umuman bo‘lmagan. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan. CHunonchi, birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70- yillarning oxiri 80- yillarning boshida I. YOqubov tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini ta’minlovchi sotsial-psixologik omillarni o‘rgandi. Tadqiqot natijasida, shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari oilaviy xamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o‘zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o‘zbeklarga xos bo‘lgan yosh xususiyatlari, yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Boymurodov N. Amaliy psixologiya. -Т.: Yangi asr avlodi. 2008.
2. Maxsudova M.A. Muloqot psixologiyasi. -Т.: Yangi asr avlodi, 2006.
3. G‘oziyev E.G‘. Psixologiya fani XXI asrda. -Т.: Universitet, 2002.
4. Karimova V.M., Akramova F.A. Psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. -Т.: TDIU, 2006
5. R.N.Melibayeva. Tafakkumi rivojlantirishning interfaol usullari. Monografiya. Adabiyot uchqunlari nashriyoti, 2013.
Internet saytlari:
1. www. ziyonet. uz
2. www. pedagog. Uz
3. www. edu. Uz
4. www.psychology.uz
5. www.psychology.net.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |