LABORATORIYA №9
Mavzu: Gips tolali plitkalarni namunalarni mustaxkamligini oshirish usullari
9 – Ish. Gips hamirining normal quyukligini aniqlash
Ta’rif.
Narmal quyuqlik deganda, diametri 5 sm, balandligi 10 sm bo‘lgan,
latun silindri ko‘targanda ichidagi gips hamiri yoyilgandagi diametri 18 sm ni
ko‘rsatganligiga aytiladi.
Asbob va uskunalar.
Suttard viskozimetri, tarozi, suv, qorishtirgich, oyna,
chizg‘ich.
Ishlash tartibi.
Gips hamirining normal quyuqligi Suttard viskozimetri (rasmda)
yordamida aniqlanadi. Bu asbob balandligi 100 mm va ichki diametri 50 mm bo‘lgan
mis yoki jez silindrdan iborat. Silindrning ichki yuzasi va shisha plastinka tegib
turaditan cheti puxta silliqlangan bo‘lishi shart. Tajriba vaqtida silindr shisha
11
plastinkaga o‘sha tomoni bilan o‘rnatiladi. Diametri 240 mm dan kattaroq bo‘lgan
shisha plastinkaning ustiga yoki ostiga qo‘yiladigan qog‘ozga diametri 150-220 mm
bo‘lgan bir necha konsentrik aylana chiziladi. Diametri 170-190 mm bo‘lgan aylanalar
orasidagi masofa 5 mm, boshqa aylanalar orasidagi masofa esa 10 mm bo‘lishi lozim.
Tajriba o‘tkazish oldidan silindr va shisha plastinkani xo‘l latta bilan artish kerak.
SHisha plastinka aniq yotiq holda joylanadi, silindr esa konsentrik aylanalar
markaziga o‘rnatiladi. Gips hamirining normal quyuqligini aniqlash uchun tarozida
300 g gips tortib olinib, 150-220 mm suv quyilgan mahsus kosaga solinadi va sim
xalqalardan iborat dastaki chilcho‘p bilan 30 sekund davomida uzluksiz ravishda
aralashtirib turiladi. Hisoblash vaqti kosadagi suvga gips kukuni solingan paytdan
boshlanadi. 30 daqiqadan keyin shisha plastinkadagi aylanalar markaziga o‘rnatilgan
silindrga gips hamiri to‘ldiriladi, silindrdan ortib chiqib turgan hamir chizg‘ich bilan
sidirib tashlanadi. Kosadagi hamirni qorishtirish to‘xtatilganidan 15 sekund o‘tgach,
plastinka ustidagi silindrni ko‘tarib chetga olib qo‘yish kerak. SHunda shisha plastinka
ustidagi gips hamiri kulchadek yoyiladi. Gips hamirining yoyilish (kulcha) diametri
konsentrik aylanalar bo‘yicha aniqlanadi yoki bir-biriga nisbatan tik joylashgan ikki
yo‘nalishda o‘lchanadi (yo‘l qo‘yilgan xatolik 5mm dan ziyod bo‘lmasin) va o‘rtacha
arifmetik qiymat hisoblab chiqariladi. YOyilgan hamirning o‘rtacha diametri gips
hamirining quyuqligi, ya’ni konsistensiyasini ifodalaydi. YOyilgan gips hamiri
diametrining 180±5 mm ga tengligi hamirning quyuqligi normal ekanligi (standart
konsistensiya)dan darak beradi. Kulcha diametri bundan katta yoki kichik bo‘lsa,
tajriba takrorlanadi, lekin bu gal suv miqdori 1-2% o‘zgartiriladi. Gips hamirining
normal quyuqligi 100 g gipsga to‘g‘ri keladigan suvning millilitrlardagi massasi bilan
ifodalanadi.
Tajriba ko‘rsatmalari
1
2
3
4
5
Olingan gips massasi, g
Olingan suv massasi, g (ml)
Gips massasiga nisbatan suvni
hajmi, %
YOyilgan kulchaning diametri,
sm
Normal suyuqlik - …………%
1 – rasm. Viskozimetr sxemasi va u bilan ishlash uslubi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |