2.8 Qo‘llanilgan tajriba usullari namunani tayyorlash
Kompozitsion polimerlarni fizik-mexanik xossalarini takomillashtirish esa hozirgi kunda eng ilg‘or va zamonaviy laboratoriya asbob-uskuna, qurilmalarni foydalanishni taqoza qiladi. PVX esa termoplast material bo‘lganligi uchun uni qayta ishlash qulay va oson. Lekin uni qayta ishlash uchun uning tarkibiga ko‘pgina turdagi qo‘shimchalar kiritiladi. Shundan so‘ng tayyorlangan PVX kompozitsiyasidan turli xildagi qurilish materiallar ishlab chiqarish mumkin.
To‘ldiruvchilarning asosiy maqsadi u arzon modda bo‘lib, kompozitsiya xarajatini kamaytirish, zichlikni oshirish maqsadida qo‘llaniladi. Eng ko‘p tarqalgan to‘ldiruvchilardan bu qurilish mmateriali sifatida qum hisoblanadi.
Uning ishlatilishida ikki shnekli ekstruder tanlash kerakligini taqozo etadi, zero bunda yaxshi aralashish vujudga keladi. Kompozitsiya tarkibiga qumni qo‘shish uning fizik-mexanik xossalarini o‘zgartirib, zichligini oshiradi. Ularning tabiati va miqdori olinadigan mahsulotlarimizni kompozitsiyasiga texnologik ishlov berishda (qayta ishlash), hamda ekspluatatsion ishlash muddatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bo‘yoqlar ham muxim rol o‘ynaydi. Ular plastifikatga kerakli bo‘yoqni berishdan tashqari, yorug‘likka chidamlilikni oshiradi.
Eng arzon mustahkam bo‘yoqlar bular noorganik pigmentlar bo‘lib tiniq ranglanmaydi.
Organik pigmentlar kamroq ishlab chiqariladi. Noorganik pigmentlar asosan xorijdan keltiriladi. Ularni qo‘llash kompozitsiya tarkibiga sifatni yaxshilaydi, lekin kompozitsiya qimmatlashadi.
Polimerlarning molekular massasini viskozimetrik usulda aniqlash.
Ushbu tajribalar termostatda maolum bir xaroatda amalga oshiriladi. Toza quritilgan viskozimetrga naychani berkitib turgan holda rezina nok yordamida toza erituvchi sharchaning yuqori qismigacha ko‘tariladi. Naycha ochilgan vaqtda suyuqlik sharchaning pastki qismiga qarab oqa boshlaydi. Sharchaning yuqori qismidagi belgidan to pastki qismidagi belgigacha suyuqlikning oqib o‘tish vaqti o‘lchanadi. O‘lchashlar 3-4 marta takrorlanadi. O‘lchanishi lozim bo‘lgan eritmaning 4 xil konsentratsiyali eritmalari (1%; 0,5%; 0,125%; 0,25%;) tayyorlanadi. O‘lchashlar konsentratsiyasi eng kichigidan boshlanadi. Olingan natijalar quyidagi jadvalga kiritiladi.
Jadval 10
№
|
Eritmaning konsentratsiyasi
C
|
Toza erituvchining oqish vaqti, sek. τ0
|
Eritmaning oqish vaqti, sek. τ
|
ηnisb =τ1/τ0
|
ηsol = τ1/τ0 -1
|
ηkel = ηsol/C
|
|
|
|
|
|
|
|
Vazifa:1. olingan natijalardan η kel qovushqoqlikning konsentratsiyaga bog‘liq grafigi chiziladi. Grafikdan xarakteristik qovushqoqlik topiladi va polimerning molekular massasi topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |