1
NATURAL SONLARNI TUB KO‘PAYTUVCHILARGA AJRATISH
1.
1)
Natural
son
qanday
qilib
tub
ko‘paytuvchilarga
ajratiladi?
Misollar keltiring.
2) Har qanday natural sonni tub ko‘paytuvchilarga ajratish mumkinmi?
2. 28, 44, 64, 75, 49, 81, 345 va 648 ni tub ko‘paytuvchilarga ajrating.
3. 2 240, 2 178, 7 272, 8 049 va 9 216 ning tub bo‘luvchilarini toping.
4. 4000 va 10 400 ni tub ko‘paytuvchilarga ajrating. Bu sonlarning bo‘luvchilari
ichida qaysi tub sonlar bor va ular sonlarning tub ko‘paytuvchilarga yoyilmasida
necha marta takrorlanadi?
5. Yulduzchalar o‘rniga qanday raqam qo‘yish mumkin:
1) 225 = 3
∙ 3 ∙ * ∙5;
3) 210 = *
∙ 3 ∙ 5 ∙ 7;
2) 308 = 2
∙ *∙ 7∙11;
4) 84 = 2
∙ 2 ∙ 3 ∙ * ?
6. Agar:
1) a = 2
∙5∙7;
2) a = 2
∙ 2 ∙ 3 ∙ 7 bo‘lsa,
a sonining barcha bo‘luvchilarini yozing.
7. Agar: 1) a=2
∙ 2 ∙ 3 ∙ 5 ∙ 5 ∙ 7; b= 2 ∙ 2 ∙ 3 ∙ 5;
2 )
a= 2
∙ 3 ∙ 3 ∙ 5 ∙ 7 ∙ 7 ;
b =
490 bo‘lsa, a ni b ga bo‘lgandagi bo‘linmani toping.
8. Sonning raqamlari yig‘indisi: 1) 3 ga; 2) 9 ga karrali bo‘lsa, uning yoyilmasida
qaysi tub son albatta bo‘ladi?
9. 1) 2
2
∙ 5
2
va 2
2
∙ 5; 2) 3
2
∙ 5 va 3 ∙ 5
2
ko‘paytmalaming umumiy bo‘luvchilarini
yozing. Ulardan qaysilari tub sonlar?
10. Yoyilmasidagi tub ko‘paytuvchilaridan biri:
1) 7; 2) 17;
3) 19; 4) 31 bo‘lib, ikkinchisi bulardan farqli tub
ko‘paytuvchi bo‘lgan barcha ikki xonali sonlarni yozing.
11. 1) 43 sonini; 2) 71 sonini 3 ta tub sonning yig‘indisi ko‘rinishida bir nechta
usullarda tasvirlang.
Masalan: 11+43 + 17= ... = 71; 11 + 13 + 19 = ... = 43.
12. Tomonlari natural son, perimetri esa tub son bo‘lgan uchburchaklar bormi?
Misollar keltiring.
13. n ning qanday natural qiymatlarida: l) 50 + n; 2) 17 + n; 3) 35 + n; 4) 10 +n
2
sonlar eng kam sondagi tub ko‘paytuvchilarga ajraladi?
14. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hajmi 1 001 sm
3
bo‘lib, qirralari tub sonlarda
ifodalanadi. Shu parallelepipedning:
1) barcha qirralari; 2) sirti yizini toping.
15. Qog‘oz varag‘iga 606 soni yozilgan. Uni 1,5 marta orttirish uchun qanday ishni
amalga oshirish kerak?
16. 720 sonining barcha natural bo‘luvchilari sonini toping.
Y e c h i s h . l - q a d a m . 720 sonini tub ko‘paytuvchilar ko‘paytmasi shaklida
tasvirlanadi:
720 = 2
∙2∙2∙2∙3∙3∙5 = 2
4
∙3
2
∙5
1
.
2-qadam. Tub ko‘paytuvchilarning daraja ko‘rsatkichlariga 1 ni qo‘shib,
ko‘paytma tuziladi:
(4+1)
∙(2+1)∙(1 + 1).
3-qadam. Bu ko‘paytmaning qiymati hisoblanadi va u berilgan sonning barcha
bo‘luvchilari soni bo‘ladi:
( 4 + 1 )
∙(2+1)∙(1 + 1) = 5 ∙ 3∙2 = 30.
Javob : 720 sonning barcha natural bo‘luvchilari soni 30 ga teng.
17. Sonning barcha natural bo‘luvchilari sonini toping:
1) 28;
2) 47;
3) 100; 4) 999;
5) 1024.
18. To‘rt xonali 273* sonining oxirgi raqami o‘rnida yulduzcha turibdi. Bu son:
1) 2 ga; 2) 5 ga; 3) 3 ga; 4) 9 ga bo‘linishi uchun yulduzcha (*) o‘rnida qanday raqam
bo‘lishi kerak?
19. Tub ko‘paytuvchilarga ajrating:
1) 512; 2) 686;
3) 666; 4) 5 175;
5) 1 001.
3
20. 1) 1 248; 2) 2 235; 3) 10 002; 4) 6 040 sonlarini tub ko‘paytuvchilarga ajrating.
Ularning yoyilmasida 2, 3 va 5 tub sonlardan qaysi biri bor? Sababini tushuntiring.
21. 1) n =3
∙5∙ll;
2) n= 2
∙7∙13;
3) n= 2
∙3∙19; 4) n = 5∙7∙17 bo‘lsa, n ning
barcha bo‘luvchilarini toping.
22. Uchburchakning perimetri 59 sm. Uning tomonlari tub sonlarda ifodalanadi.
Tomonlar uzunliklari qanday bo‘lishi mumkin?
23. 56 sonining barcha natural bo‘luvchilarini toping va ular ichidan tub
bo‘luvchilarni ajratib yozing.
Sonning barcha natural bo‘luvchilari sonini toping:
24. 1) 20;
2) 31; 3) 120;
4) 333;
5) 1000.
25. Amallarni bajaring: 85 470 : 111 + 9 603 : 97 - 76.