Tenglamalar sistemasiga oid masalalar Saida va Nozimada 45 ta meva bor .Agar Saidaning mevalari sonidan Nozimaning mevalari sonini olsak 21 ga teng bo’ladi. Saida va Nozimada qanchadan meva bor?
Fotima va Zuxrada 32 ta daftar bor. Agar Zuxraning daftarlaridan Fotimaning daftarlar sonini ayirsan 12 ta bo’ladi. Fotima va Zuxrada qanchadan daftar bo’lgan?
Mendagi qalamlarga ukamning qalamlarini qo’shsam 56 ta ,Mendagi qalamlardan ukamnikini ayirsam 24 ta chiqyapti . Aytingchi menda va ukamda nechtadan qalam bor?
Do’konga keltirilgan Snikers va Strobar shokoladlari jami 72 ta. Ammo Snikerslardan Strobarlar sonini ayirsak 30 chiqyapti .Aytingchi do’konda qancha Snikers va Strobar bor?
Farux va menda 25 ta qog’oz bor .Agar Faruxning mevalari sonidan mening mevalarim sonini olsak 13 ga teng bo’ladi. Farux va menda qanchadan qog’oz bor?
Durdona va Sadoqaning gullari soni 50 ta . Durdonaning gullari Sadoqatnikidan 12 ta ko’p .Ularning har qaysisida qanchadan gul bor?
Ali va Gulining 5 baholari soni 54 ta . Alining 5 bahosi Gulinikidan 22 ta ko’p .Ularning har qaysisida qanchadan 5 baho bor?
Dono bilan Aziza jami 66 ta so’z yodladi . Dononing so’zlari Azizanikidan 14 ta ko’p .Ularning har qaysisi qanchadan so’z yodlagan?
Mamurjon va Charos birgalikda 86 ta misol ishlashdi. Mamurjonning ishlagan misollari Charosnikidandan 24 ta ko’p .Ularning har qaysisi qanchadan misol ishlashgan?
Diyorbek bilan Shomurod birgalikda 68 ta to’pni savatga tshurishdi . Shomurodning tshurgan toplari soni Diyorbeknikidan 8 ta ko’p .Ularning har qaysisi savatga qanchadan to’p tshurishgan?
Birinchi va ikkinchi savatda jami 40 ta non bor. Birinchi savatda ikkinchisan 8 ta kam non bo’lsa har ikkala savatda nechtadan non bor?
Ikkita brigadada jami 50 ta ishchi ishlaydi. Ikkinchi brigadadagi ishchilar birinchisidagidan 15 ta ko’p . Har qaysi brigadada qanchadan ishchi ishlaydi?
Sohiba bilan Jasur hammasi bo’lib 69 ball to’plashdi. Sohibaning to’plagan bali Jasurnikidan 15 ta kam. Jasur va Sohibaning to’plagan ballari qanchadan?
Birinchi va ikkinchi mahallada jami 120 ta oila istiqomad qiladi. Birinchi mahallada ikkinchisidagidan 30 ta kam oila yashasa har bir mahallada qancha oila istiqomad qiladi?
Ikkita bog’da jami 78 tup mevali daraxt bor. Birinchi bog’da ikkinchisiga qaraganda 24 tub kam meva bor. Har bir bog’da necha tubdan meva bor?