Natural english



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#242415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Natural English 1-hafta(1)

SO‘ZBOSHI

Assalomu alaykum! 

Yangicha usuldagi ingliz tili darslarimizga xush kelibsiz. 

Keling, statistikadan so‘z boshlaymiz. Ko‘plab kuzatishlar 

nati jasiga ko‘ra, insonlarning faqat o‘n foizigina yangilikka tash-

na bo‘larkan. Bu kitob qo‘lingizda ekan, demak, siz o‘sha o‘n foiz-

ga mansubsiz. Qo‘llanma aynan shunday insonlar uchun yozildi. 

U sizni til o‘rganaman deya yillab mashaqqat chekishdan ozod 

etadi.

Men o‘n uch yildan buyon ingliz tilini o‘rganib kelaman. Turli 



uslublardan foydalanib ko‘rganman, ularni boshqalarga ham tavsi-

ya qil ganman. Har qaysi metod qanday natijaga olib kelishini juda 

yaxshi bilaman. Bu gaplarni o‘zim yangicha o‘rgatish tizimini yarat-

ganim uchun aytmayapman. O‘sha uslublarning ish berishiga tilak-

doshman. Men tashqaridan turib u uslublar haqida biron yomon fikr 

aytmayman. Chunki men o‘sha kitoblar, uslublarning ichidan chiqib 

kelganman. Sizni tabriklashim mumkin: ingliz tilini o‘rganishda 

eng zo‘r usulni izlash mashaqqatidan qutuldingiz. Qo‘lingizdagi ki-

tobda kuchli o‘quv sistemasi bayon etilgan. Mazza qilib o‘rganish va 

harakat qilish vaqti yetdi. 

O‘n  bir  yil  davomida  til  o‘rganib  erkin  gaplashish  darajasiga 

chiqa olmadim, ammo mazkur usul orqali ikki oyda kutgan nati-

jamga erishdim. 

Bu usul millionlab o‘rganuvchilarga ingliz tilida gapirishni qu-

lay va tez o‘rgatdi. Sizga ham yordam beradi, albatta. Siz bu kitob 

uchun sarfagan pulingizni yana topishingiz mumkin. Men uchun 

esa sizning ishonchingiz va vaqtingiz qadrli. 

Bir necha oyda erisha oladigan maqsadingizga ko‘p yillar 

sarfashi ngiz  sizning  katta  xatoingiz  bo‘ladi.  Bu  kitobda  berilgan 

aniq, oson va samarasi isbotlangan usul orqali ingliz tilini har qa-

chongidan ko‘ra tezroq va osonroq o‘rganasiz. 



4

NATURAL ENGLISH

speak english easily, fast and automatically

Qo‘llanmadagi  har  bir  fikr  mening  o‘n  uch  yillik  tajribam  va 

son-sanoqsiz  tadqiqotlarning  natijalariga  asoslanib  yozilgan.  Ki-

tobning so‘nggi sahifalariga yetib borganingizda men bilan ingliz 

tilida bemalol gaplasha boshlaysiz. Mazkur uslub mashg‘ulotla-

rimda ko‘plab o‘quvchilarga xarita vazifasini o‘tagan, endi navbat 

sizga.

Ishonamanki, ingliz tilini o‘rganish yo‘lidagi yutuqlaringiz yoki 



shaxsiy hayotingizdagi o‘zgarishlar haqida seminarlarimda bevosita 

ko‘rishib gaplashamiz. 




5

Jumanazar Khushbakov



KIRISH

Tassavur qiling, birov zinalar orqali sakkizinchi qavatga ko‘taril-

di. Agar u odam bosgan qadamlarni takrorlasangiz, siz ham xuddi 

shunday natijaga erishasiz. Osonroq tushunishingiz uchun yana bir 

misol keltiraymi? 

Siz  bir  inson  bilan  tanishib  qoldingiz,  ammo  telefon  raqamini 

olmadingiz. Keyinroq u kishiga qo‘ng‘iroq qilish uchun to‘g‘ri kel-

gan raqamlarni turli tartibda tersangiz, u bilan bog‘lanishga qancha 

vaqt ketadi? Taxminan butun umringiz, shunday emasmi? Lekin 

undan telefon raqamini olsangiz (ya’ni qaysi raqamdan keyin qay-

sinisi kelishini aniq bilsangiz) va qo‘ng‘iroq qilsangiz, bor-yo‘g‘i 

bir necha soniyalarda niyatingizga yetasiz. Demak, aziz o‘quvchim, 

nimani qachon qilishni bilsangiz, bir necha soniyalarda g‘alabaga 

erishishingiz aniq. Kitob sahifalarida bor mahoratimni ishga solib 

ingliz tilidagi g‘alabangiz uchun kerakli ma’lumotlarni ma’lum tar-

tibda va sinalgan usulda keltiryapman. Faqat ingliz tilini o‘rgatish 

bilan  cheklanmayman,  hayotingizda  asqatadigan  ko‘plab  fikrlarni 

ham berib ketaman. Chunki mening maqsadim – sizning g‘alaba-

ngiz, shunqorginam. Bular dunyoning eng muvaffaqiyatli insonlarini 

o‘rganish natijasida kelgan xulosalarimdir.

Har darsning yakunida, agar amalda qo‘llanilsa, sizni haqiqiy 

omadli insonga aylantiruvchi bitta muvaffaqiyat siri beriladi. Faqat 

bir sharti bor: men maslahatni beraman, siz esa uni amalda qo‘llay-

siz. Bor-yo‘g‘i shu.

Katta sayohat boshlanmoqda! Tayyormisiz? Unda ketdik!



6

NATURAL ENGLISH

speak english easily, fast and automatically


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish