National researches of uzbekistan: conferences



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/98
Sana26.04.2022
Hajmi2,25 Mb.
#583254
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Адабиётлар:
1. И. Ю. Бежанова - Delphi7 самоучитель программиста. Москва-2003г
2. Савельев И. В. Курс физики. М.: Наука 1989г.
3. Рустамов Ш. Интеллектуал таълим тизимлари ва уларнинг стратегияси. ЎзМУ 
хабарлари. Тошкент. 2021. № 1/3/1.144-147-б 
4. Рустамов Ш. Ta’lim jarayonidagi vaziyatlardan samarali foydalanishning innovatsion 
pedagogik shartlari “Mug‘allim həm үzliksiz bilimlendir” Ilmiy-metodik jurnal 2020 yil 6-son. 


10
Февраль 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
YOSHLARDA OTA-ONALIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH OILA 
VA JAMIYAT OLDIDAGI VAZIFA
Shodieva Dilorom Yunusovna, 
BuxDUPI O’zbek va rus tillari 
kafedrasi o’qituvchisi
Аtоboyeva Sevinchbonu, 
BuxDUPI, O’zga tilli guruhlarda 
rus tili yo’nalishi 1-kurs talabasi
Kalit so’zlar
: Oila, Jamiyat, kelajak avlod, ota-ona, farzand, tarbiya, ichki muhit, millatiga xos, 
kompetensiya, ichki munosabatlar, mehr-muhabbat.
Annotatsiya
: maqolada zamonaviy hayotning va jamiyatning ustuni bo‘lgan oilaviy hayotni 
tashkil etuvchilari ota-ona vazifalarini to‘la-to‘kis anglash hamda uni hayotiy tajribada qo‘llay 
olish kabi masalalar yuzasidan fikr yuritiladi. Ota-onalik kompetensiyalarini shakllantirish va 
ularni rivojlantirish motivasiyalarini shakllantirish maqsadida turli o‘quv kurslarini tashkil etib, 
ularning maqsad, vazifalari bayon etiladi.
Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir. Oila hayotning abadiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf 
– odatlarni kelajak avlodga yetkazadigan, inson zotining haqiqiy inson sifatida kamol topishi
uchun xizmat qiladigan tarbiya o’chog’idir. Oilada ota, ona va farzandlar o’rtasida o’zaro hurmat, 
qattiq tartib – imtizom, oila a’zolarining bir – biriga nisbatan mehr-muhabbatli bo’lishi oila 
shakllanishi uchun muhim o’rin tutadi. Oilada bir necha kishilar birgalikda yashaydi. Xususan, 
oilada ota-ona va farzandlarning o’zaro munosabati muhim o’rin tutadi. Har bir oilaning qurilishi
mehr-muhabbat va ichki munosabatlarga asoslanadi. Oiladagi tarbiya kishilarning axloqiga, 
xulqiga o’chmas qoidalarni singdiradi.
Farzandlar tarbiyasining shakllanishida oilaning ichki muhiti ya’ni ota-onaning o’zaro 
munosabati ta’sir qiladi. Oilada tarbiya shakllanishida na’faqat ota-ona balki jamiyatning o’rni 
ham beqiyosdir. Jamiyat oilalardan iborat ekan, o’z-o’zidan ma’lumki, jamiyat mustahkamligi
oilaning mustahkamligiga bog’liq va oilaning mustahkam bo’lishidan manfaatdor. Shuning 
uchun oilani har tomonlama qo’llab-quvvatlash va himoya qilishni jamiyat o’z zimmasiga oladi. 
Jamiyat oilalarni qo’llab – quvvatlashda, ularni himoya qilishda katta imkoniyatlarga ega davlat 
xizmatidan foydalanadi. Oilani qo’llab – quvvatlash, muhofaza qilish davlatning konstitutsiyaviy 
burchidir. Davlatning oilaga g’amxo’rligi qonun asosida qurilgan. Xususan, 1998 – yilning “Oila 
yili” deb e’lon qilinishi mamlakatimizda oilani davlat tomonidan himoya choralari kuchaytirildi, 
oilalarning mustahkamlanishida katta samara berdi. «Oila yili» munosabati bilan belgilangan 
tadbirlar natijasida davlat oilalarga juda katta yordam ko’rsatdi. 
Mamlaktimizda oila tuzish asosi nikoh hisoblanadi. Nikoh oila tuzishning qonuniy sharti bo’lib, 
Konstitutsiyada belgilangan. Konstitutsiyaning 63- moddasida “Nikoh tomonlarining ixtiyoriy 
roziligiga va teng huquqligiga asoslanadi”, - degan qoida o’z ifodasini topgan. Oilaning asosi 
nikoh bo’lsa demak oila qurish uchun avvalo, ikkita tomon ham to’liq, er va xotin teng huquqqa 
ega bo’lishi lozim. O’zbekistonda nikoh munosobatlari maxsus qonun bilan tartibga solingan. 
Unga asosan, avvalo nikohlanuvchi shaxslar balog’at yoshiga yetgan bo’lishi ya’ni erkaklar 18 
yosh, ayollar esa 17 yoshda bo’lishi muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, nikoh tuzish uchun 
nikohlanuvchilar sog’lom bo’lishi talab etiladi. Chunki, nikoh natijasida qurilgan oialalar albatta 
farzand ko’rishni maqsad qilib qo’yadi. Darhaqiqat, sog’lom farzand dunyoga kelishi uchun ota 
va ona sog’lom bo’lishi lozim. Shu kabi qator masalalarni hal qilishda O’zbekiston hukumati” 
Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish to’g’risida Nizom “ ni tasdiqlagan. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, oila qurishning ijtimoiy tomonlari, nikohlanuvchilarning sog’liklari 
va ma’naviy jihatlari inobatga olingan holda qonunlar qabul qilingan, chora-tadbirlar ishlab 
chiqilgan, ammo ota-onalik kompetensiyalarini bo’lg’usi ota-onalarda shakllantirish masalalari 
anchagina nazardan chetda qolgan muammo sifatida yuzaga chiqib qolmoqda. 
Ko’pgina hollarda yigit-qizlarimiz oila hayotiga, ota-onalikka tayyor bo’lmaganliklari sabab 
yosh oilalarda mas’uliyat hissini sezmaslik, yoki bola tug’ilganda va uni ulg’ayishi jaroyinida 
o’zining vazifalarini to’kis anglamaslik hollari uchrab turadi. Buni oldini olish hamda yoshlarda 
ota-onalik kompotentsiyalarini rivojlantirish maqsadida turli “Oila maktabi”, “Ota-ona bo’lishga 
tayyormisiz?” deb nomlangan kurslar tashkil etilib, unda aynan oilada ota-onanaig vazifasi, 


11

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish