Февраль 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
O‘QUVCHILAR ORASIDAGI ZIDDIYATLI VAZIYATLARNI BARTARAF ETISH
YO’LLARI
Matnazarova Halima Rashid qizi
Xorazm viloyati Xonqa tumani
3-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining
boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
Masharipova Boljon Madaminovna
Xorazm viloyati Xonqa tumani
3-son umumiy oʻrta taʼlim maktabining
boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
Quramboyeva Sadoqat O’ktamboy qizi
Xorazm viloyati Xonqa tumani
3-son umumiy oʻrta taʼlim
maktabining nemis tili o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktab o’quvchilari orasida yuzaga keladigan ziddiyatli vazi-
yatlar va ularni bartaraf etishning samarali yo’llari, usul va metodlari haqida fikr-mulohazalar
keltirilgan.
Kalit so’zlar:
ziddiyat, maktab, pedagog, holat, o’quvchi, fikr, o’qituvchi, ta’lim, tarbiya,
metod, usul, jaxl, muloqot.
Maktablarda o‘quvchilar o‘rtasida yuz beradigan ziddiyatlar mazmuni bo‘yicha har xil bo‘lishi
tabiIy. Maktablarda o‘quvchilar o‘quvchilar bilan bo‘lgan munosabatlarda muloqat tartibini buzib
muloqatlar yasashi mumkin. Natijada esa kelishmovchilik, bir-birini tushunmaslik vaziyatlaridan
ziddiyatlar kelib chiqadi. Maktablarda o‘quvchilar doim pedagoglar nazoratida bo‘ladi va paydo
bo‘lgan ziddiyatlar pedagoglar boshchiligida o‘z yechimini topadi.
Ba‘zan ziddiyatlar o‘qituvchilar o‘rtasida ham bo‘ladi, bu esa bir-birini tushunmaslik, biri-ik-
kinchisining psixik holatini hisobga olmasdan muloqot qilishidan kelib chiqadi. Ziddiyatlar o‘zla-
rining o‘zgachaliklariga ega bo‘lib oila a‘zolari o‘rtasida ham uchraydi. Oila a‘zolari o‘rtasidagi
ziddiyatlarning kelib chiqishining har xil sabablari bo‘lishi mumkin. Birinchi sababi er-xotinlar
oila qurishga tayyor bo‘lmasligi mumkin, ular bir-birlarining shaxsiy o‘zgachaliklarini hisobga
olmagan bo‘lishi mumkin. Oiladagi paydo bo‘lgan ziddiyatlarning bola ta‘lim tarbiyasiga salbiy
ta‘siri bor. Shuning uchun ota-onalar o‘z farzandlari o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lmaslikka harakat
qilishlari zarur. Yigit-qizlar turmush qurmasdan oldin bir-birining shaxsiy psixik holatlarini bilib,
o‘zlashtirib bo‘lib turmush qurishi ma‘qul. Ota-bobolarimiz «Uylanish oson, uy bo‘lish qiyin»
− deb bekorga aytmagan. Ba‘zi hollarda ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida ham ziddiyatlar bo‘lib
qolishi mumkin, bunday vaziyatlarda ota-onalar ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan yechishga harakat
qilishlari lozim.
Yuqoridagi aytilgan va boshqalarda uchraydigan ziddiyatlarni tadqiqot qiladigan ilm pedagogik
konfliktologiya ilmi hisoblanadi. Bu ilm ancha yosh bo‘lsa ham tez rivojlanmoqda. Sababi, peda-
gogik jarayonda uchraydigan ziddiyatning turlari anchagina. Ziddiyatlarning turlariga, mazmuni-
ga qarab, ayirib olib, uni yechish metodlari, usullari, amallari orqali hal qilish kerak.
Bolalar bilan bo‘lgan munosabatlarning maqsadi hamma vaqt nazarda bo‘lishi kerak (bilim
berish, tarbiya berish yoki shu olib borilayotgan tarbiyaviy maqsaddagi ishning asosiy ma‘nosi
amalga oshadigan bo‘lishi kerak). Ayrim pedagoglar bolalarga qiziqarli qilib gapirib beraman deb
yoki bolalarning diqqatini og‘zaki aytilayotgan fikrlarga yo‘naltirish maqsadida shug‘ullanib, u
ishning asosiy maqsadini esidan chiqarib qo‘yishlari mumkin.
Har qanday suxbatlarni olib borishda suxbatlashuv faqat bolalargagina qiziqarli bo‘lib qolmas-
dan tarbiyachigada qiziqarli bo‘lishi lozim, tarbiyachining o‘zida chin ixlos bilan berilib, qiziqib
olib borishlari kerak. Bolalar bilan suxbatlashuv borasida hamma vaqt bolalarning his-tuyg‘ularini
hisobga olib borish kerak. Masalan: Bola bilan yakka suxbatlashuvda bola xafa bo‘lib o‘tirgan
bo‘lishi mumkin, bunday vaziyatda bolani normal holatga olib borib keyin tegishli bo‘lgan sux-
batlashishni olib borish mumkin. Suxbatlashish vaqtida bolalar charchab o‘tirgan, yoki harakatli,
sho‘x o‘yinlar bilan shug‘ullanishni maqul ko‘rib o‘tirgan bo‘lishi mumkin (xullasi bolalarning
qanday his-tuyg‘ularda ekanligini hisobga olgan holda harakat qilishimiz kerak).
48
Do'stlaringiz bilan baham: |