Bekchanova Adolat Sutonmuratovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Urganch filiali akademik litseyi psixologi.
Kurbanova Shukurjon Yeldashbayevna
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Urganch filiali akademik litseyi to‘garak rahbari.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy to‘garaklar faoliyatining shaxs rivojlanishidagi
psixologik ahamiyati, ta’lim muassasalarida to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish, to‘garak rah-
bari va psixolog hamkorligi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
To‘garak, to‘garak rahbari, psixolog, to‘garak a’zosi, bilim, ko‘nikma, malaka-
lar, hamkorlik.
XXI asrda insoniyatni yangicha yashashga majbur qilayotgan koronavirus pandemiyasi butun
dunyoda ta’lim olish tarzini o‘zgartirib yubordi, desak xato bo‘lmaydi. Shu jihatdan bugungi kun-
da bolalarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etishda ta’lim muassasalarida to‘garak mashg‘ulotlari-
ga alohida e‘tibor berilmoqda.
Mazkur o‘zgarishlar, shubhasiz sizu-bizga muayyan noqulayliklarni keltirib chiqardi. Biroq,
pandemiya ta’lim sohasidagi yangi innovatsiyalarga sabab bo‘ldi. COVID-19 pandemiyasi glob-
allashgan butun dunyodagi ta’lim tizimiga ta’sir ko‘rsadi. Biroq bu maktab va sinfdan tashqari
ta’limni tashkil qilishda uzoq muddatli istiqbolda innovatsiyalar va raqamlashtirish ahamiyatini
oshirdi. Shaxsni rivojlantirishdagi psixologik yosh qonuniyatlari, zamonaviy axborot va peda-
gogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo‘lib qolmoqda.
Bunday sharoitda asosli yechimlar, muammolarni ijodkorlik yo‘li bilan hal etish, ehtimol mo-
slashuvchanlik katta ahamiyatga ega. Ana shu ko‘nikmalar barcha o‘quvchilarga ustuvor bo‘lishi
uchun ta’lim tizimida ham moslashuvchanlik bo‘lishi lozim.
Ta’limi muassasalarida zamonaviy moslashuvchan to‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilaming
ijodkorlik qobiliyatini namoyon etish imkoniyatini yaratadi. Ushbu to‘garaklar o‘quvchilarda
tashabbuskorlikni, mustaqil ishlay olishni va ijodkorlik qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi.
O‘quvchi to‘garakda o‘z qiziqishi va istagiga ko‘ra biror-bir ishni o‘rganar ekan, to‘garak rahbari
uni rag‘batlantirib turishi va to‘g‘ri ko‘rsatma berib borishi lozim.
To‘garak faoliyati davomida har bir o‘quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xusu-
siyatlar taraqqiyotining ta’minlanganligi va psixologik xizmatning to‘g‘ri tashkil etilganligi bilan
hamohang desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Umuman olganda, to‘garak - ma’lum bir bilim sohasiga qiziqishni kuchaytiradigan va amaliy
faoliyat bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan o‘quvchilarning ixtiyoriy birlashmasidir. Pedagogika
lug‘atiga ko‘ra, to‘garak ishlari bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim shakllaridan biri bo’lib, u turli xil
to‘garaklar, seksiyalar va to‘garaklarni tashkil etishdan iborat bo’ladi.
Ta’limi muassasalarida to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishda to‘garak rahbari va psixolog
hamkorligini yo‘lga qo‘yish yaxshi samara beradi. To‘garak rahbari va psixolog o‘zlarining inson
xulq-atvori va ruhiy faoliyati, ruhiy taraqqiyotning yosh qonuniyatlari haqidagi kasbiy bilimlariga,
ularning o‘quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o‘zaro mu nosabat xususiyatlariga, to‘garak
faoliyati davomida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga bog‘liqligiga tayanib, bola uchun in-
dividual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chet-
lashishlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabablarni psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo‘llarini
aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat ta’lim muassasalarida to‘garak mashg‘ulotlarining mah-
suldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
To‘garak rahbari va psixolog hamkorligi faoliyatining maqsadi o‘zlashtiriladigan faoliyat va
birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mеxanizmini yaratishdir. Ham-
77
Do'stlaringiz bilan baham: |