Sulaymonning podshohlik shon-shavkati, dabdabasining tasviri esa xuddi sarguzasht xarakteridagi ertaklarni eslatadi. Bu qissadagi syujet liniyasi Sulaymonning payg’ambar, podshoh sifatidagi obro’-e’tiborini yoritishga muvofiqlashgan bo’lib, qissa echimida esa uning oqil va odil shaxs sifatidagi fazilati namoyon bo’ladi. Bu bilan Rabg’uziy Sulaymonning payg’ambar va podshoh sifatidagi mavqeining balandligi-yu, muhimi, uning inson sifatidagi yaxshi fazilatlarini namuna sifatida tasvirlaydi, shunday kishilarning hayoti, faoliyati, portreti, hatti-harakati o’sha davr hukmronlariga o’rnak bo’lishi ko’zda tutiladi. Sulaymon Dovudning o’g’liga podshohlik otasidan meros qoladi. Xudo farmoni bilan hayvonotu parrandalar, insu jinslar, dev, parilar, shamol, bulut-hammasi Sulaymonga tobelik ko’rsatadilar. Oltindan to’qilgan beqiyos katta gilamda oltin taxt atrofida kumush kursilarda o’tirgan vaziu, fuzalolari jin-parilari, lashkarlari bilan Sulaymon istagan tomonga shamol yordamida uchib yuradi, qushlar uning boshiga soyabon bo’ladi. Bu hikoyatlardagi voqealar bayonida Sulaymon payg’ambar to’g’risida emas, birinchi navbatda, Sulaymon podshoh to’g’risida gap borayotgandek seziladi. Sulaymonning payg’ambar sifatidagi karomati ko’rinmaydi, u faqat xudoga iltijo qilish orqali turli shon-shavkatga erishib, dev-parilarni tobe qiladi. Vaholanki, payg’ambarlarga xos dinga da’vat etish bu qissalarda ko’zga tashlanmaydi. Asardagi qissalar turli mavzularda yaratilgandir.Vatan, vatanparvarlik ,erk va adolat, ota-ona farzand minosabatlari, sevgi- sadoqat , do`stlik va hamjihatlik urush va tinchlik kabi mavzular shular jumlasidandir, Bular asardagi 72 bob qissalarda o`z ifodasuni topgan. Bu qissalarning hajmi turlicha. Masalan “Qissasi Yusuf” salkam yuz sahifadan iborat bo`lsa “Lut” haqidagi qissa bir necha sahifadan iborat. Qissalarning ko`pi hayot va qahramon haqidagi muayyan xabar bilan boshlanadi. So`ng she`riy madh, keyin asosiy voqealar bayoni keladi.Ba`zi qissalar ichida yana mustaqil hikoya , rivoyat va naqllari ham bor, Masalan Yusuf qissasida bir necha hikoya, latifa, bayt , g`azal va boshqa janr namunalari uchraydi , ammo ular asarda olg`a surilgan asosiy g`oyaviy-badiiy maqsad bilan yaxlitlikni tashkil etadi. Misol sifatida “Dovud haqida” gi qissa bilan tanishish mumkin. Qissa Dovudning ta`rifi bilan boshlanadi. So`ng she`riy tavsif beriladi. Undan keyin Dovud payg`ambar haqidagi umumiy tasavvurlar bayon etiladi. “Dovud Yalavoch (payg`ambar) bani Isroildan erdi. O`n qarindosh erdilar. Otalari Isho otlig` Dovud qomug`idan (barchasidan) kichik erdi. Tun- kun yig`layur erdi ibodat ichinda1 ” Ko`rinib turganidek Rabg`uziy nasrda nihoyatda soda, lo`nda, tushunarli ta`sirchan ifodalarni topa olgan. Shuning uchun ham bu asar asrlar davomida qo`ldan tushmay o`qildi. Dovud bilan bog`liq hikoyalarda adib adolat va zulm, hunar egalari, ota-ona farzandlar munosabati singari muommolarga asosiy e`tiborni qaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |