Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko’rgan hukmdorni aniqlang.(2013 DTM) A) Nuh B) Nasr С) Ismoil D) Ahmad
O’rta asrlarda Xorazm davlatining mustaqillikka erishishi qaysi hukmdor nomi bilan bog’liq? (2015) A) Anushtegin B) Qutbiddin Muhammad C) Otsiz D) Elarslon
Quyidagi hukmdorlardan qaysi biri o’z nomlaridan mis chaqalar zarb etganlar? A) Nuh va Ahmad B) Ahmad va Nasr C) Nasr va Ismoil D) Ismoil va Ahmad
O'rta asrlarda hukmronlik qilgan quyidagi davlatlarni barham topgan davriga qarab xronologik tartibda joylashtiring. 1. Somoniylar. 2. Qoraxoniylar. 3. Safforiylar. 4. G’aznaviylar. A) 3, 1, 2, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 3, 1, 4, 2 D) 1, 4, 2, 3
Kumush tangalar hukumat boshlig’i nomidan qaysi shaharlarda so’qilar edi? A) Marv, Binkat, Kesh va Axsikat B) Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Kesh C) Marv, Samarqand, Buxoro va Shosh D) Marv, Samarqand, Buxoro, Urganch, Kesh
Somoniylar hukmronlik qilgan hudud o’rnida X asr oxirida qanday davlatlar tashkil topdi? (2011) A) qoraxoniylar va qoraxitoylar B) qorluqlar va qaraxoniylar C) qoraxoniylar va g’aznaviylar D) xorazmshohlar va qoraxoniylar
Xorazmshohlar davlatining yemirilishiga nima sabab bo’ldi? A) ichki va tashqi savdoning kasodga uchrashi B) iqtisodiy inqiroz C) ichki ziddiyatlar D) ko’chmanchilarning doimiy hujumi
X asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hududlarini egallagach, ... (2012) A) O’g’uzlar davlatiga zarba berib, ularni Shimoliy Kavkaz hamda Old Osiyoga qarab siljishga majbur qilganlar B) Shosh atrofi, Farg’ona hamda Zarafshon vodiylariga kelib o’rnashganlar C) Xorazm o’lkasini egallash uchun Saljuqiylar bilan harbiy ittifoq tuzganlar D) Turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o’ynadi
Mo‘g‘ullar Movarounnahrning qaysi hudud aholisiga shahar olingach, qang‘li qo‘shinlariga omonlik va'da qiladi. A) Samarqand B) Buxoro C) Xo‘jand D) Urganch
Xorazmshohlar davlati Ma’muniylar boshqaruvi davrida qanday ma’muriy birliklarga bo’lingan? (2015 DTM)A) tuman, qishloq va uluslarga B) viloyat, shahar va qishloq (qal’a) largaC) tuman, ovul (qal’a) va uluslarga D) tuman, shahar va mahalla birliklariga
Fridrix I Barbarossa Germaniya imperatori deb e’lon qilingan yildan 42 yil o’tib ... (2013) A) Talos vodiysida qoraxitoylar mag’lubiyatga uchradi B) Samarqandliklar Xorazmshohlarga qarshi qo’zg’olon ko’tardi C) Eron Xorazmga bo’ysundirildi D) O’tror aholisi Xorazmshohlarga qarshi qo’zg’olon ko’tardi
XIII asr boshlarida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatda aylangan edi. Bu davrda Xorazm davlatining shimoliy-sharqiy chegarasi quyidagi qaysi hududlar orqali o’tar edi? (2015 DTM) A) Yettisuv va Sharqiy Turkiston orqali B) Orol va Kaspiy dengizi sohillari orqali C) Orol va Boltiq dengizi sohillari orqali D) Yettisuv va Dashti Qipchoq orqali
Somoniylar davrida kimlar hosilning faqatgina 1/10 hisobida “ushr” solig`ini to`lagan? A) aslzodalar B) mahalliy hokimlar C) oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar D) oliy martabali harbiylar
O‘zbekiston tarixida o‘n turdagi cholg‘u asbobi yasagan shahar Qutayba tomonidan bosib olingan yildan necha yil o‘tib mo‘g‘ullar tomonidan egallangan? A) 511 yil B) 509 yil C) 508 yil D) 510 yil
G‘aznaviylar davlati qaysi hukmdor davrida Somoniylar tomonidan e'tirof etilgan? A) Sobuqtegin B) Mahmud G‘aznaviy C) Ma'sud G‘aznaviy D) Alptegin
Arablar hukmronligi davrida Orol dengizi qanday nomlangan? A) Bahri Xorazm B) Xazar dengizi C) O‘kuz ko‘li D) Jand dengizi
Qaysi viloyatning yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib, ularning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan? A) Farg‘ona B) So‘g‘diyona C) Toxariston D) Choch
Qaysi davlat ma'muriy jihatdan viloyatlarga bo‘lib boshqarilgan va viloyat hokimlari uch xil nomlangan? A) Saljuqiylar B) Samoniylar C) G‘aznaviylar D) Qoraxoniylar
Do'stlaringiz bilan baham: |