Hajmiy nasoslar
Hajmiy nasoslar suyuqlikning qattq jism tomonidan mexanik siqib chiqarilishi tamoyili asosida ishlaydilar. Hajmiy nasoslarning asosiy tiplari:
ilgarilanma-buriluvchi nasoslar (tishli, vintli);
rotor-ilgarilanma nasoslar (porshenli, plunjerli, diafragmali);
rotor-aylantirma nasoslar (shiberli, rotor-porshenli).
Hajmiy nasoslar suyuqlik muhitining nisbatan kam hajmda uzatilishida bir necha yuz metrga yetishi mumkin bo’lgan suyuqlik muhiti katta damini hosil qilish uchun qo’llanadilar. Bu nasoslar yuqori darajada foydali ish koeffitsiyentiga ega
bo’lib, ba'zi hollarda o’zi so’radigan nasos sifatida ishlashi ham mumkin.
Ilgarilanma-buriluvchi nasoslar
Ilgarilanma-buriluvchi nasos - yetakchi bo’g’ini qaytarma-burilish tarzida harakatlanadigan qaytarma-ilgarilanma nasos. Bu tipdagi nasoslarga tishli va vintli nasoslar tegishli bo’ladi.
Tishli nasos - rotorli-aylantirma nasos bo’lib, unda suyuqlik muhiti ishchi organlarining aylanish o’qiga nisbatan perpendikulyar sathda harakatlanadi.
Shesternyali nasos ana shunday nasos turlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Shesternyali nasos - ishchi organlari shesternya ko’rinishida bo’lgan tishli nasos.
Shesternyali nasoslarning ikki tipi mavjud:
tashqi tomonidan ilashadigan shesternyali nasoslar (1.2-rasm);
ichki tomonidan ilashadigan shesternyali nasoslar (1.3-rasm).
1.2-rasm. Tashqi ilashadigan shesternyali nasosning tuzilishi va sxemasi:
a - suyuqlik muhiti so’rilish jarayonining boshlanishi; b - nasosning ish kamerasini suyuqlik muhiti bilan to’ldirish; v - suyuqlik muhitini haydash jarayonining boshlanishi
1.3-rasm. Ichki ilashadigan shesternyali nasosning tuzilishi va sxemasi:
a - suyuqlik muhiti so’rilish jarayonining boshlanishi; b - nasosning ish kamerasini suyuqlik muhiti bilan to’ldirish; v - suyuqlik muhitini haydash jarayonining boshlanishi
Vintli nasos - suyuqlik muhitini ishchi organlar aylanish o’qi atrofida siljitadigan rotorli-aylanma nasos.
Vintli nasoslarning quyidagi tiplari mavjud:
bir vintli nasoslar;
ikki vintli nasoslar;
uch vintli nasoslar;
ko’p vintli nasoslar.
Bir vintli nasos - vintli nasos bo’lib, unda yopiq ishchi kamera vint (rotor) va qo’zg’almas oboyma (stator) bilan hosil qilinadi (1.4-rasm).
Ikki vintli nasos - vintli nasos bo’lib, unda yopiq ishchi kamera o’zaro ishlashgan ikkita vint (rotor) va qo’zg’almas oboyma (stator) bilan hosil qilinadi.
Uch vintli nasos - vintli nasos bo’lib, unda yopiq ishchi kamera o’zaro ilashgan uchta vint (rotor), hamda qo’zg’almas oboyma (stator) bilan hosil qilinadi (1.5- rasm).
Ko’p vintli nasos - vintli nasos bo’lib, unda yopiq ishchi kamtra uchtadan ko’p vint (rotor), hamda qo’zg’almas oboyma (stator) bilan hosil qilinadi.
1.4-rasm. Bir vintli nasos qurilmasi a-umumiy ko’rinishi; b-ishchi organi.
1.5-rasm. Uch vintli nasos qurilmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |