Markazdan qochma nasoslar ishini muvofiqlashtirish
Markazdan qochma nasoslar ishini muvofiqlashtirish aylanish chastotasi (tezligi)ni o‘zgartirish yoki ish g‘ildiragini kesish (srezka) yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek markazdan qochma nasoslar uzatishini quvurlar
tizimi tavsifini o‘zgartirish yo‘li bilan muvofiqlashtirish usuli ham mavjud. Bu so‘nggi usul yordamida faqat nasos suv uzatishini kamaytirish mumkin. Odatda, bu bir muncha tejamkor bo‘lmagan usuldir. Ammo amaliyotda undan tez–tez foydalanib turishga to‘g‘ri keladi.
Nasos agregati ishini muvofiqlashtirishning eng tejamli usuli – ish g‘ildiragi aylanmasi (oboroti) miqdorini o‘zgartishdan iborat. Markazdan qochma nasos suv uzatishi, uning oqim kuchi va quvvati quyidagi tenglamalar yordamida ifodalanadi:
Q n H
n 2
3
H n
;
Q n H
;
n
;
H n
1 1 1
1
1 1
Bunda Q, H, Nn – ish g‘ildiragi aylanishi chastotasi n bo‘lganidagi uzatish, oqim kuchi va quvvat;
Q1, H1, Nn1 – ish g‘ildiragi aylanishi chastotasi n1 o‘zgacha bo‘lganidagi xuddi shu ko‘rsatkichlar.
Keltirilgan uch formula proporsionallik qonunini ifodalaydi.
Nasos n2 aylanish chastotasi bilan ishlaganida uning so‘rish balandligi mazkur tenglamaga ko‘ra topiladi:
n
2
Hvak1=10– 10 H
1 ,
вак n
Bunda, Nvak – ish g‘ildiragi aylanishi chastotasi n bo‘lganidagi yo‘l qo‘yiladigan so‘rilishning vakuummetrik balandligi;
Nvak1 – shuning o‘zi, aylanish chastotasi n1 bo‘lganida.
Proporsionallik qonuni birgina Q–H tavsifi bo‘yicha aylanish chastotasining keng diapazonida nasosning qator tavsiflarini qurish imkonini beradi.
Proporsionallik qonunining birinchi ikki formulasini qo‘shib echganda ayniy parabola tenglamasini olamiz:
H= H1 Q 2 constQ 2 K Q 2 ,
Q
2 1
1
Bunda K1 – proporsionallik egri chizig‘ini ifodalaydigan koeffitsient.
Ayniy (podobniy) rejimlarning bitta parabolasi uchun proporsionallik koeffitsienti doimiydir.
N aylanish chastotasi uchun nasosning Q–H tavsifiga ega bo‘lib, hamda proporsionallik qonuni formulasi Q/Q1 = n/n1 dan hamda H/H1 = (n/n1)2 foydalanib, boshqa n1 aylanish chastotasi uchun nasosning yangi tavsifi – Q1–H1 ni qurish mumkin.
–rasm. Nasosning bita aylanish chastotasidan boshqa chastotaga o‘tishidagi tasniflarini qayta hisoblashdagi grafik ko‘rinishi
Buning uchun aylanish chastotasi n bo‘lganida ma’lum Q–H egri chizig‘idagi Q va H parametrli biron–bir 1 nuqtasini olib (63–rasm), va ularni Q/Q1 = n/n1 va H/H1 = (n/n1)2 tenglamalarga qo‘yib, berilgan aylanish chastotasi n1 bo‘lgan 1 nuqta uchun Q1 va H1 larni topish kerak. Xuddi shu usulda 2, 3 va h.k.
nuqtalarining parametrlari topiladi. Bu nuqtalarni birlashtirib, Q1–H1 egri chizig‘i, n1 aylanish chastotasi uchun nasosning yangi tavsifiga ega bo‘lamiz.
FIK Q1–h1 egri chizig‘ini qurishda nasos FIK uning ish g‘ildiragi aylanish chastotasi o‘zgarganida ancha keng diapazonlarda amalda o‘zgarmas bo‘lib qolaveradi. Shuning uchun Q–H egri chizig‘idagi 1, 2, 3, 4 va h.k. nuqtalarga
muvofiq FIK o‘zgarishsiz 1, 2, 3, 4 va h.k. nuqtalariga ko‘chiradilar.
Q–H – quvvat egri chizig‘ini proporsionallikning uchinchi formulasi – NH/NH1
= (n/n1)3 ga binoan qayta hisoblaydilar.
Markazdan qochma nasos ishini muvofiqlashtirishning yana bir usuli – ish g‘ildiragini uning tashqi diametri bo‘ylab kesish (egovlash) usulidan iborat. Markazdan qochma nasosish g‘ildiragini kesishda uzatish va oqim kuchi quyidagi formulalarga binoan o‘zgaradi:
Qср
Dcp ;
H cp
D 2
cp
Do'stlaringiz bilan baham: |